Xitoy tilida frazeologiya
Ushbu bobda xiitoy tilida frazeologiyalar turlari, chengyular, guangyunyular va
ular o‟rtasidagi o‟hshashlik va farqlar haqida so‟z yuritiladi.
Xitoy tili frazeologik fondining boyligi, unda rang-barang birliklarning
mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‟plab frazeologik birliklar qadimda paydo bo‟lib,
bizning kungacha yetib kelgan. Zamonaviy xitoy tili yangi frazeologik birliklar
bilan to‟lib borishda davom etmoqda.
Frazeologik birliklarni quyidagi turlarga bo‟lamiz:
1. Mustaqil ma‟noli, ko‟chma ma‟no bilan bog‟liq bo‟lmagan,
metaforik qo‟llanilmaydigan, lekin shunga qaramay hissiy-qadrli va
ta‟sirchan ma‟no va bo‟yoqlarga ega bo‟lgan birliklar.
骇人听闻 hairentingwen-dahshatli
不可名状 bukemingzhuang-ta‟rifga sig‟maydigan
2. Tasviriy-ma‟noli vositalar. Frazeologizmlar aniq, ma‟noli, ular
ko‟rish mumkin bo‟lgan qahramonlarni yaratadi. Ular o‟z asl
ma‟nosida tushunilmaydi, metaforik tarzda, ya‟ni o‟zgacha timsol
qilib qo‟llaniladi. Ularni to‟rt turga ajratamiz:
1. Chengyu 成语 tayyor ifoda-xitoy frazeologiyasi tizimida ( rus tiliga
idioma deb tarjima qilinadi ) ahamiyatli o‟ringa ega.成语 chengyu tayyor
turg‟un so‟z birikmasi bo‟lib, qadimgi xitoy odatlariga mos ravishda qurilgan.
Umum-ko‟chma ma‟noga ega bo‟lgan yahlit semantik birlikni ifodalab, u gap
bo‟lagi hisoblanib, ta‟sirchan hususiyatga egadir.
Chengyuni parallel va parallel bo‟lmagan konstruktsiyalarga bo‟lamiz. Parallel:
1) fonetik-tonlarning almashinuvi.
2) semantik-o‟hshashlik, qarama-qarshilik va bir hillikda quriladi.
3) grammatik-o‟hshash sintaktik tuzilish.
Chengyuning parallel turi morfem ko‟rsatkichlari, yordamchi so‟zlar
bo‟lmagan bir bo‟g‟inli so‟zlardan tuzilgan to‟rt so‟zli tuzilishga ega.
苦尽甘来 ku jing an lai-omadsizlik o‟rniga omad keladi ( achchiq tugaydi,
quriydi, shirinlik keladi )
朝三暮四 zhaosanmusi-yuzaki, tez, o‟tkinchi ( ertalab tug‟ilmoq, kechqurun
o‟lmoq )
金 口 玉 牙 jinkouyuya-o‟z so‟zlari qadrini bilmoq ( oltin og‟iz, yashma
toshidan qilingan tish )
Chengyuning parallel bo‟lmagan konstruktsiyalarida cheklangan leksik
grammatik hususiyatlarga bo‟ysunmaydi, yordamchi so‟z ham qo‟llaniladi
( bog‟lovchi, predlog, inkor qo‟shimchalar )
名不符实 ming bu fus hi-nomj mundarijasiga mos kelmaydi ( bo‟sh, haqiqiy
emas )
狼狈为奸 lang bei wei jian-bo‟ri va shoqol jinoyat qiladi ( sheriklik, qo‟l-
qo‟lni yuvadi )
2. Xalq notiqligi 谚 语 yanyu-xalq orasidagi sodda so‟zlar bilan chuqur
haqiqatni bayon etadigan hayotiy turg‟un aytishuvlar ( rus tilidagi maqol va
matallar bilan teng keladi )
Maqol nasihat xarakteridagi qisqa obrazli hikmatli so‟zdir. ( qari bo‟ri ilmni
biladi ). Matal ko‟p uchraydigan, tarqalgan, keng tushunchadir. ( tushunishga
yengil )
Xalq aytishuvlarida barcha hukmlar huquqlari ishtirok etib, ular sintaktik
tugallanganligi bilan xarakterlanadi. Gap sifatida vazifaga kiradi, odatda ikki
sintagmaga bo‟linadi. Ularning tarkibida kishilik olmoshi ishtirok etmaydi, ba‟zida
leksik takrorlar uchrab turib, ular doim ta‟sirchan bo‟ladi, so‟zlovchining sub‟ektiv
munosabatini ifodalaydi.
人不气地皮,地皮不气肚皮 ren bu qi di pi, di pi bu qi du pi-inson yerni hafa
qilmasa, yer ham insonni hafa qilmaydi.
活到老,学到老 huo dao lao,xue dao lao-100yil yasha, 100yil o‟qi.
种豆得豆,种瓜得瓜 zhong dou de dou,zhong gua de gua-nima eksang shuni
o‟rasan
3. O‟tkir jumlalar 警句 jingju-lo‟nda, charhlangan aytishuvlar bo‟lib, chuqur
ma‟no, mazmun mundarijasiga va badiiy mundarijaning keng kuchiga egadirlar.
Rus tilidagi “ qochiriq ( uchiriq ) so‟zlarga qisman teng keladi. O‟zlashtirmalar,
tsitatalar tez-tez qo‟llanilib, uchiriq so‟zlarga aylanadi va ular odatda ko‟p
qo‟llaniladigan tsitatalar deb ataladi.
Bu turdagi frazeologik birliklarning ikki asosiy turi bor:
1 格言 geyan-namunali ifodalar-aforizmlar. Ular maqollardan o‟zining kelib
chiqishi bilan farq qiladi. Maqollar-xalq aytishuvlari, aforizmlar esa adabiy
asarlardan kelgan.
Aforizmlar odatda falsafiy xarakterdagi hikmatli so‟zlar hisoblanadi. Ular
insonlarni o‟qitadilar, yig‟ilgan hayotiy tajribalarni avloddan avlodga o‟tkazadilar.
Mazmunli tarkibning to‟liqligi, tugallanganligi, so‟z ifodasining qisqaligi va
charhlanganligi ( o‟tkirligi ) ularga xosdir.
已 所 不 欲 , 勿 施 于 人 yi suo bu yu , wu shi yu ren-o‟zinga ravo
ko‟rmaganingni birovlarga tilamagin
言者无罪,闻者足戒 yan zhe wu zui,wen zhe zu jie-so‟zlovchiga ta‟na
qilma,eshituvchiga nasihat
2. 奇 说
qishuo-g‟alati aytishuvlar-paradokslar-haqiqiy borliqqa chuqur
ziddiyatni aks ettirgan, oddiy tasavvurga zid bo‟lgan hukmlar. Ular qisqa shaklga
ega bo‟lib, ravshan, aniq stilistik o‟ziga xos fikrni ko‟rsatuvchi ta‟sirga ega.
会浮水的淹死,会骑马的摔死 hui fu shui de yan se, hui qi ma de shuai se.
Suzishni bilganlar cho‟kadi, otda minishni bilgan yiqiladi. (o‟zini xavf xatarga
qo‟ymoq)
不要目的是一种目的 bu yao mudi shi yi zhong mudi-maqsadni rad etish ham
bu o‟z holicha maqsad.
3. To‟liq bo‟lmagan fikrlar, kesik ohirga ega aytishuvlar 歇后语
xiehouyu ikki qismdan iborat.
a) birinchi qismi taqqoslash, kinoya, kesatish, topishmoqdan iborat
b) ikkinchi
qismitaqqoslashni
oydinlashtirish,
kesatishni,topishmoqni ochish, topish. Hissiy-qadrli mazmunga ega,
so‟zlovchining fikrga nisbatan sub‟ektiv munosabatini ifodalaydi.
Bu turning ikki hadli hususiyati uning ikki shaklda qo‟llanilishini aniqlaydi:
to‟liq va kesik holda. Zero o‟z nomiga qaramasdan ( kesik ohirli aytishuv ) asosan
to‟liq shaklda qo‟llaniladi.
泥菩萨过河一自身难保 ni pu sa guo he zi shen nan bao-sopol bodhisatva
daryodan suzib o‟tdi-o‟ziga omon qolish
千里送鹅毛-礼轻情意重 qian li song e mao-li qing qing yi zhong-g‟oz patini
1000li masofaga yuborish-yengil sovg‟a, inson e‟tibori muhim ( ruscha sovg‟a
qadrli emas, sevgi qadrli )
秀才推磨-不得已而为之 xiu cai tui mo-bu de yi er wei zhi.-Tsui yuan
tegirmon toshini aylantiradi- majbur bo‟lganidan qilyapti ( ma‟nosi: biror ishni o‟z
hohishiga ko‟ra qilmaslik, balki talab qilgan shart-sharoitga ko‟ra majburan qilish,
bajarish )
Do'stlaringiz bilan baham: |