8-Ma‟ruza. Avtomatlashtirilgan sistemalarni , qurilmalarni , bloklarni ichki
bog„lanishlari (aloqalari).
Reja:
1. Umumiy tushuncha
2. Avtomatlashtiriladigan sistemalarda ishlatiladigan ichki razyomlar va o„tkazgichlar
1 Umumiy tushuncha
Mikroprotsessorlar, kontrollerlar, mikrokontrollerlar asosida tuzilgan avtomatik yoki
avtomatlashtirilgan
nazorat qiluvchi,
boshqaruvchi sistemalarini
ichki
bog„lanishlarini,
konstruksiyalarini tuzilishlarini qanday bloklardan tuzilganliklarini,u bloklarni joylashishlari xamda
ularni ta‟minot bloklari, mikroprotsessor, kontroller, ona plata,operativ va doimiy xotira
kurilmalari, diskovod va shunga o„xshagan bloklar bilan qanday simlar, kabellar razyomlar orqali
bog„lanishga ega ekanliklarini bilish qurilmalarni ta‟mirlashda juda qo„l keladi.
Bilamizki shaxsiy kompyuterlar,mikro EXM kontrollerlar, funksional bloklar modulli
ko„rinishda tuzilgan bo„lib ularning kirish va chiqishlari yagona talab buyicha tuzilgan, ya‟ni
ularning
kirish/ chiqishlari past qarshilikli, yuqori qarshilikli, xamda yuqori impendansli xolatlarni
olish imkoniyatiga ega. Bu elektron bloklar bir-biri bilan yagona ma‟lumotalr shinasi (magistrali)
orqali bog„lanishadi.
SHuning uchun xam ona platalar va boshka modullarni bir-biri bilan boglash uchun slotlar,
shinalar o„rnatilgan.
Har xil vazifalarni bajaruvchi modullarga kerakli mikrosxemalar, mikroprotsessorlar,
tranzistorlar joylashtirilgan bo„lib, bu funksional elementlar murakkabligiga va qanday darajada
integratsiyalangan mikrosxemaga (kichik, o„rta, katta va juda katta darajada integratsiyalangan)
bog„liq xolda, mikrosxemalar o„rnatiladigan maxsus podstavkaga (kolodkalarga) olinadigan
(almashtiriladigan) qilib yoki shundayligicha plataga o„rnatiladi. Tez-tez ishdan chiqish xavfi bor
xamda programmalashtiriladigan mikrosxemalar, odatda, maxsus podstavkalarga o„rnatiladi, lekin
ularni oyoqchalarini kolodkalarni bargchalari (lepistoklari) bilan doimo yaxshi kontaktda bo„lishga
kafolat yo„q. SHuning uchun xam modullarni ishlash ishonchligini oshirish va unga etarli kafolat
berish uchun mikrosxemalarni chiqishlari platalarga payvand qilinadi.
Agarda, bunday sharoitda shu platada (modulda) nosozlik chiksa,bu nosozlik katta
mikrosxemaga bog„lik bo„lsa, u xolda uning o„rniga yangi ishchi modul qo„yib nosoz modul
maxsuslangan laboratoriyada ta‟mirlanadi.
Bulardan tashqari avtomatlashtirilgan qurilmalarni bloklarida ma‟lumotlar almashinuvidan
tashqari, ular kuchlanish ta‟minotlariga ulanishlari kerak.
SHu kunlarda deyarli, xamma mikroprotsesorlar, kontrollerlar va boshqa elementlar standart
bo„lgan stabillashgan ta‟minot blokining kuchlanishlaridan ishlaydi. Bu kuchlanishlar ta‟minot
blokining chiqishidan standart ko„rinishdagi raz‟yomlar, adapterlar orqali diskovodlarga, sistemali
platalarga, xotira qurilmalariga xamda tashqi periferiya yoki qo„shimcha qurilmalariga beriladi.
Quyida avtomatlashtirilgan mikroprotsessorli qurilmalarida, shaxsiy kompyuterlarda xamda
programmalashtiriladigan logik kontrollerlarda ishlatiladigan ichki modullarni, platalarni bir-biri
bilan ma‟lumotlar almashinuvini tashkil etadigan turli razyomlarni tuzilishlari, kontaktlarini
vazifalari, kabellar va ularni ko„rinishlari keltirilgan [3,9,10,12].
Do'stlaringiz bilan baham: |