49
2.2.Texnik qurilmalarda baxtsizlik ro’y berganida jarohatlanish va unda
birinchi yordam ko`rsatish yo’llari.
Jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan
bog`liq bo`ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir
bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalari, texnik inshootlarda, tashkilotlarida tsexlarda,
bo`limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa
ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4
kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina
dorilar va bog`lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: