Baxtsiz hodisani tekshirish (taftish qilish): guvoh ko’rsatmasi va baxtsiz
hodisa yuz bergan joydagi tekshirishlar asosida baxtsiz hodisa bilan bog’liq
bo’lgan fakt va sabablarni aniqlash.
Shoshilinch (favqulodda) yordam komandasi bilan ishlash:yong’in, baxtsiz
hodisa va boshqa ofatlarda tez yordam beradigan yuqori malakali xodimlarni
tashkil qilish, o’rgatish va muvofiqlashtirish.
Atrof- muhitni muhofaza qilish: zararli moddalarning havoga suvga va
tuproqqa o’rinsiz (yoqimsiz) chiqishiga olib keladigan xavf-xatarni tan olish
baholash va boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |