Mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati
“Yuk ko’tarish va tashish mashina-mexanizmlaridan foydalanishda hayot
faoliyati xavfsizligini ta’minlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligini oshirish va uni hayotda to’g’ri tadbiq etish asosiy vazifalardan
hisoblanadi, bu soxada yo’l qo’yilayotgan ayrim kamchiliklar inson taqdiri bilan
bog’liqligini hisobga olganda o’ta jiddiydir.
Mazkur sohasidagi asosiy dolzarb masala malakali kadrlarni tayyorlashdan
iborat bo’lib kelmoqda. Jahon andazalariga mos, yuqori malakali, har tomonlama
yetuk, barkamol kadr bo’lish uchun, ham ijodkor, o’z ishini ustasi bo’lib
tarbiyalanmog’i lozim.
Bugungi kunning talabi, barcha sohalarda zamonga, hozirgi texnologiya
taraqqiyotiga mos holda rivojlanishni, takomillashishni, moslashishni taqazo etadi.
Bu esa har bir shaxsdan doimo o’z ustida ishlashni, o’zi faoliyat ko’rsatayotgan
sohasida doimo yangiliklar yaratishga, uni takomillashishi yo’lida ijodkorlik
jihatlarini tarbiyalashi lozim. Har bir insonda o’ziga xos xislatlarini
tarbiyalanmasa, imkoniyatlarini ishga solishga intilish bo’lmas ekan, taraqqiyot va
rivojlanish darajasi past bo’laveradi.
Aholini “Yuk ko’tarish va tashish mashina-mexanizmlaridan foydalanishda
hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash” ni amalga oshirish orqali aholi muhofazasi
borasidagi ishlarni jadallashtirish va aholini bugungi kun talabiga moslashadigan
holda favqulodda vaziyatlarda o’z-o’zini himoyalashga tarbiyalash masalasi asosiy
maqsaddir.
Respublikamiz mustaqil bo’lgandan so’ng muhofaza sohasidagi islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan bugungi kunda unga qo’yilgan
talablaridan kelib chiqib, soxa bo’yicha tashkil etiladigan ishlar sifati va
samaradorligini yanada oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni
amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.
7
Ushbu bitiruv malakaviy ish doirasida olib borilgan izlanishlar aholini
muxofaza qilishga oid amaliy ishlarda belgilangan tartib va qoidalarga o’rgatish
masalalari yechimini topishga qaratilgan.
Ushbu tadqiqot ishida asosiy e’tibor “Yuk ko’tarish va tashish mashina-
mexanizmlaridan foydalanishda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash” da
mutaxassisga ko’zda tutilgan ishlar mazmunini tushuntirish va zarur paytda kerakli
bilimlarni egallash hamda bu boradagi bilimlarni takomillashtirish vazifalarini hal
qilishga qaratildi.
Mazkur muammoni tadqiq qilish jarayonida ilmiy izlanish ob’ekti va
predmeti, ishchi faraz va izlanish vazifalari aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |