Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda 
foydalaniladigan  adreslar  (IP,  telefon  nomerlari)  o‗zgartirishini 
ta‘minlaydigan qurilmadir. 
RADIUS 
serveri 
foydalanuvchilarning 
autentifikatsiyasi 
va 
xizmatlar  doirasida  o‗tuvchi  tovush  va  ma‘lumotlarni  uzatish  seanslari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar qayd etilishini ta‘minlaydi. 
 
1.2. Infokommunikatsiya xizmatlariga bo„lgan talablar 
 
Hozirgi  kunda  infokommunikatsiya  tarmoqlarining  rivojlanishi, 
xizmatlarga  ulanish,  asosan  odatdagi  aloqa  tarmoqlari  orqali  o‗tuvchi 
kompyuter  tarmoqlari  ramkasida  amalga  oshadi.  Xuddi  shu  vaqtda  bir 
qator  hollarda  Internet  xizmatlari,  ularni  transport  infrotuzilmasida 
cheklangan  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda,  axborot  jamiyatining 
xizmatlariga  bo‗lgan  zamonaviy  talablariga  javob  bermaydi.  SHunga 
bog‗liq  holda  infokommunikatsiya  xizmatlarini  rivojlantirish,  aloqa 
tarmoqlarining  fuksionalligini  bir  vaqtda  kengaytirish  bilan  birgalikda 
axborot  resurslarini  samarali  boshqarish  masalarini  samarali  hal  etishni 
talab  qiladi.  O‗z  navbatida  bu  Internetning  va  aloqa  tarmoqlarining 
integratsiyalash jarayonini jadallashtiradi.  
Odatdagi  aloqa  tarmoqlari  xizmatlaridan  infokommunikatsiya 
xizmatlarining  farq  qiluvchi  asosiy  texnologik  xususiyatlariga  
quyidagilar kiradi:  


 
 
 
 
-  infokommunikatsiya xizmatlari tarmoqni boshqarish modelining eng 
yuqorisida joylashadi;  
-    ko‗pgina  infokommunikatsiya  xizmatlari  mijoz  va  server  qismlarni 
mavjudligini  taxmin  qilishadi: 
mijoz  qismi  foydalanuvchi 
qurilmalarida  qo‗llaniladi,  server  qismi  esa    xizmat  tugani  deb 
ataladigan maxsus ajratilgan aloqa tugunida qo‗llaniladi;  
-    infokommunikatsiya  xizmatlari,  yuqori  uzatish  tezligi,  kiruvchi  va 
chiquvchi axborot oqimlarini nosimmetrikligi bilan xarakterlanuvchi 
multimediali axborotlarni uzatishni taxmin qiladi;  
-    infokommunikatsiya  xizmatlarini  etkazish  uchun,  ulanishning 
murakkab ko‗p nuqtali konfiguratsiyasi zarur;  
-  abonentlarga xizmat qiluvchi infokommunikatsiya xizmatlari, xizmat 
chegarasida qo‗shimcha manzillardan foydalanishi mumkin. 
Infokommunikatsiya  xizmatlari  quyidagi  talablarga  javob  berishi 
kerak: 
1. Xizmat mobilligi; 
2. YAngi xizmatlarni tez va moslashgan holda uzatish; 
3. Kafolatlangan sifatli xizmat. 
Infokommunikatsiya  xizmatlarining  talablariga  konvergensiya 
jarayoni  katta  ta‘sir  qiladi.  Konvergensiya  holatida  barcha  xizmatlar 
ulanish usulidan qat‘iy nazar foydalanuvchi uchun ochiq hisoblanadi.  
Infokommunikatsiya  xizmatlarining  yuqoridagi  xususiyatlarini 
inobatga  olgan  holda  kelgusidagi  aloqa  tarmoqlariga  quyidagi  talablar 
qo‗yiladi: 
1.  Multiservislik ya‘ni transport texnologiyalari etkazadigan   
    xizmatlarga texnologiyalarning bog‗liq emasligi; 
2. Keng polasalik ya‘ni  mijozlarning talabidan kelib chiqqan holda 
moslashuvchan  va  dinamik  o‗zgaruvchan  keng  polasali 
axborotlarni uzatish tezligi; 
3. Multimedialik  ya‘ni  tarmoqning  ko‗p  koponentli  axborotlarini 
uzatish  qobiliyati  (ovoz,  video  ma‘lumotlari,  audio).  Bunda  real 
vaqtda  shu  komponentlar  uchun  lozim  bo‗lgan    sinxronizatsiya 
murakkab konfiguratsiyali ulanishni qo‗llash amalga oshadi;  
4. Intelektuallik  ya‘ni  xizmatlarni,  chaqiriqlarni  va  foydalanuvchi 
yoki 
xizmatlarni 
yaratuvchilar 
tomonidan 
boshqarish 
imkoniyatlari;  
5. Invariantlik 
ya‘ni 
xizmatlarga 
ulanish 
qo‗llaniladigan 
texnologiyalarga bog‗liq bo‗lmagan holda amalga oshadi; 


 
 
 
 
6. Ko‗p  operatorlik  ya‘ni  xizmatlarni  etkazish  jarayonida  kshp 
operatorlarning  qatnashishi  va  faoliyat  sohasiga  mos  holda 
ularning javobgarligini ajratish. 
Bundan  tashqari  kelajakdagi  aloqa  tarmoqlarini  talablarini 
shakllantirish  uchun  xizmatlarni  ishlab  chiqaruvchilarning  faoliyat 
xususiyatlarini  hisobga  olish  zarur.    Bunda  tarmoq  xizmatlarini  ishlab 
chiqaruvchilariga bo‗lgan asosiy talablarga quyidagilar kiradi: 
-  ―Multioperator‖  muhitida  qurilmalar  ishini  ta‘minlash  imkoni 
ya‘ni  tarmoqqa  ulanish  uchun  bir  necha  aloqa  operatorlariga  darxol 
ulanish, shu jumladan ulanuvchi satxga ham; 
-  hamkorlikda  xizmatlarni  etkazish  uchun,  xizmatlarni  ishlab 
chiqaruvchilar tugunlarning o‗zaro bog‗lanishini ta‘minlash. 
Kanallar  kommutatsiyasiga  va  paketlar  kommutatsiyaga  ega 
bo‗lgan,  mavjud  umumiy  foydalanuvchilar  tarmog‗i  hozirgi  paytda 
yuqorida  takidlab  o‗tilgan  talablarga  javob  bermaydi.  Odatdagi 
tarmoqlarning  chegaralangan  imkoniyatlari,  yangi  infokommunikatsiya 
xizmatlarini  takomillashtirish  yo‗lida  saqlanadigan  faktorlardan  biridir. 
Boshqa  tomondan  etkaziladigan  xizmatlarning  hajmini  oshishi,  mavjud 
aloqa  tarmoqlarining  bazaviy  xizmatlarini  chaqiruvchi  sifatli  xizmat 
ko‗rsatkichlariga  yomon  ta‘sir  qilishi  mumkin.  Bularning  barchasi 
keyingi  avlod  aloqa  tarmoqlarini  yaratish  yo‗nalishida,  odatdagi  aloqa 
tarmoqlarini  rivojlantirish  rejalarida  infokommunikatsiya  xizmatlarini 
mavjudligini hisobga olishga majbur qiladi.  

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish