Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


 Softswitch ni etalon arxitekturasi



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

9.2. Softswitch ni etalon arxitekturasi 
 
IPCC 
(International 
Packet 
Communication 
Consortium) 
konsorsiumi ishlab chiqqan Softswitch ni etalon arxitekturasiga muvofiq 
unda 9.2 – rasmda berilgan to‗rtta  funksional tekisliklar ko‗zda tutilgan: 

 transport;  

 chaqiriqlarga xizmat ko‗rsatishni va signalizatsiyani boshqarish;  

 xizmatlar va ilovalar;  

ekspluatatsion boshqarish. 
Transport  tekisligi.  Transport  tekisligi  (Transport  Plane)  aloqa 
tarmog‗i bo‗yicha xabarni transportirovkasiga javob beradi. Bu xabarlar 
signalizatsiya 
xabarlari, 
axborotni 
yoki 
to‗g‗ridan 
to‗g‗ri 
foydalanuvchining  nutqini  va  ma‘lumotlarini  uzatish  traktini  tashkil 
qilish  uchun  marshrutlash  xabari  bo‗lishi  mumkin.  Bu  tekislik  tagida 
joylashgan  xabarni  olib  o‗tuvchi  fizik  daraja  xohlagan  texnologiyaga 
asoslanishi  mumkin,  u  shu  turdagi  trafikani  olib  o‗tish  uchun 
o‗tkazuvchanlik qobiliyati talablariga mos tushadi. 
Transport  tekisligi  IP-telefoniya  tarmog‗iga  boshqa  tarmoqlar  yoki 
terminallar  tomonidan  tushayotgan  signal  va/yoki  foydalanuvchining 
axboroti  kirishini  ham  ta‘minlaydi.  Qoidaga  ko‗ra,  transport  tekisligi 
funksiyalarini  va  qurilmalarini    chaqiriqlarga  xizmat  ko‗rsatishni  va 
signalizatsiyani boshqarish tekislik funksiyalari boshqaradi. 
Transport tekisligini o‗zi uchta domenga bo‗linadi: 

 IP protokoli bo‗yicha transportirovka domeni;  

 o‗zaro hamkorlik domeni;  

 IP dan farqli kirish domeni. 


 
 
 
 
 
 
9.2 - rasm.  Softswitch ni etalon arxitekturasi 
 
IP protokoli bo‗yicha transportirovka domeni (IP transport domain) 
magistral  tarmoqni  va  IP-telefoniya  orqali  paketlarni  transportirovka 
uchun    marshrutlashni  quvvatlaydi.  Bu  domenga  kommutatorlar, 
marshrutizatorlar,  hamda  xizmat  ko‗rsatish  sifatini  ta‘minlovchi 
vositalar (QoS) kabi qurilmalar tegishli.  
 O‗zarohamkorlik  domeni  (Interworking  Domain)  tashqi  tarmoq 
tomonidan  tushayotgan  signal  yoki  foydalanuvchining  axborotini  IP-
telefoniya 
tarmog‗i 
bo‗yicha 
uzatishga 
yaroqli 
ko‗rinishga 
o‗zgartiruvchi,  hamda  teskari  o‗zgartirishni  bajaruvchi  qurilmalarni  o‗z 
ichiga  oladi.  Bu  domenga  har  xil  transport  darajalari  orasida  signal 
axborotini 
o‗zgartirishni  ta‘minlovchi  signalizatsiya  shlyuzlari 
(Signaling Gateways); har xil transport tarmoqlari va/yoki har xil turdagi 
multimediali 
ma‘lumotlar  orasida  foydalanuvchining  axborotini 
o‗zgartirish  funksiyasini  bajaruvchi  transport  shlyuzlari,  yoki 
mediashlyuzlar  (Media  Gateways);  bitta  transport  darajada  har  xil 
signalizatsiya 
protokollarini 
o‗zarohamkorlikgini 
ta‘minlovchi 
o‗zarohamkorlik  shlyuzlari  (Interworking  Gateways)  kabi  qurilmalar 
kiradilar. 
IP dan farqli kirish domeni (Non-IP Access Domain), har xil IP-zid 
terminallarni  IP-telefoniya  tarmog‗iga  kirish  imkoniyatini  tashkil  qilish 
uchun  belgilangan.  U  muassasa  ATSni,  analogli  kabelli  modemlarini, 


 
 
 
 
xDSL liniyalarini ulash uchun Access Gateways shlyuzlaridan; GSM/3G 
standarti  radio  kirishli  mobil  tarmog‗i  uchun  transport  shlyuzlaridan; 
shuningdek  integrallangan  abonent  kirish  qurilmasi  IAD  (Integrated 
Access  Devices)  va  boshqa  kirish  qurilmalaridan  tashkil  topgan.  IP-
terminallar Access Gateway ishtirokisiz IP protokoli bo‗yicha to‗g‗ridan 
to‗g‗ri transportirovka domeniga ulanadi.  
CHaqiriqlarga  xizmat  ko‘rsatishni  va  signalizatsiyani  boshqarish 
tekisligi.   (Call  Control  &  Signaling  Plane)  IP-telefoniya  tarmog‗ining 
asosiy  elementlarini  va  birinchi  navbatda  transport  tekisligiga 
tegishlilarini  boshqaradi.  U  transport  tekisligidan  tushayotgan  signal 
xabarlari  asosida  chaqiriqga  xizmat  ko‗rsatishni  boshqaradi,  tarmoq 
bo‗yicha  foydalanuvchining  axborotini  uzatish  uchun  ulashni  o‗rnatadi 
va  buzadi.  Bu  tekislik  mediashlyuzlar  kontrolleri  MGC  (Media 
Gateways  Controller),  chaqiruvga  xizmat  ko‗rsatish  serveri  Call  Agent, 
dorbozabon  (privratnik)  Gatekeeper  va  LDAP-server  kabi  qurilmalarni 
o‗z ichiga oladi. 
Xizmatlar  va  ilovalar  tekisligi.  Xizmatlar  va  ilovalar  tekisligi 
(Service  &  Application  Plane)  IP-telefoniya  tarmog‗idagi  xizmatlar 
va/yoki  ilovalarni  bajarish  mantiqiga  ega  va  chaqiruvlarga  xizmat 
ko‗rsatishni  va  signalizatsiyani  boshqarish  tekisligida  joylashgan 
qurilmalar bilan o‗zarohamkorlik yo‗li bilan shu xizmatlarni boshqaradi. 
Xizmatlar  va  ilovalar  tekisligi  ilova  serverlari  Application  Servers  va 
qo‗shimcha xizmat serverlari Feature Servers kabi qurilmalardan tashkil 
topgan.  U  foydalanuvchining  axborotini  uzatish  ixtisoslashgan 
komponentlarini, 
masalan, 
konferens-aloqa, 
IVR 
va 
hokazo 
funksiyalarni bajaruvchi mediaserverlarini ham boshqarishi mumkin. 
Ekspluatatsion  boshqarish  tekisligi.  Ekspluatatsion  boshqarish 
tekisligi 
(Management 
Plane) 
abonentlarni 
va 
xizmatlarni 
yoqish/o‗chirish  funksiyalarini,  ekspluatatsion  qo‗llash  funksiyalarini, 
billing  va  tarmoqni  texnik  ekspluatatsiyaning  boshqa  funksiyalarni 
ta‘minlaydi. Ekspluatatsion boshqarish tekisligi, tekisliklarning ba‘zi biri 
yoki  hammasi  bilan  yoki  standar  protokoli  bo‗yicha    (masalan  SNMP 
protokoli bo‗yicha), yoki ichki protokollar bo‗yicha va API interfeyslari 
orqali o‗zarohamkorlik qilishi mumkin. 
 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish