8.3. Marshrutizatsiya va signalizitsiya protokollari: RIP, OSPF,
IGRP, EIGRP, EGP, BGP.
Tarmoq satxining ishini marshrutizatsiya va signalizatsiyaning bir
qator protokollari bajaradi: RIP (Routing Internet Protocol), OSPF
(Open Shortest Path First), IGRP (Interior Gateway Routing Protocol),
EIGRP (Enhanced IGRP), BGP (Border Gateway Protocol), RAP
(Routing Access Protocol), RSVP (Resource Reservation Protocol) va
b.q.
TCP/IP protokollar steki kanal satxida protokollarning katta soni
va
IP
protokol
paketlarini
inkapsulyasiyalaydigan
tarmoq
texnologiyalari bilan o‗zaro bog‗lanadi.
Marshrutizatsiyalash usullari. Marshturizatsiyalash protokollari
o‗zida dinamik tarzda rivojlanayotgan Internet protokollarini murakkab
guruxini ifodalaydi. Marshrutizatsiya deb – jo‗natuvchidan qabul
qiluvchiga axborotni uzatishni optimal yo‗lini qidirish masalasini echish
tushuniladi. Bu masalani echuvchi qurilma marshrutizator (router)
deyiladi. IP tarmoqlarda marshrutizatsiyalashni asosiy parametri IP –
protokoldagi adres xisoblanadi. Internet tarmog‗i domenlar (domains)
yoki o‗zaro bog‗langan o‗zaro avtonom tizimlarni yig‗indisi sifatida
tashkil etilgan. Avtonom tizim yagona adminstrativ boshqarish va
umumiy marshrutizatsiyalash strategiyasiga (policy routing) ega IP
tarmoqdan iborat. Domenlar chegarasida ichki protokollar qo‗llaniladi
(Interior
Gateway
Protocol,
IGP),
ular
orasida
tashqi
marshrutizatsiyalash protokollari (Exterior Gateway Protocol, EGP)
qo‗llaniladi.
8.1-rasm. TCP/IP protokollar steki tuzilishi
RIP protokoli. RIP protokoli – bu katta bo‗lmagan domenlar uchun
mo‗ljallangan ichki marshrutizatsiyalash protokoli. RIP protokolini
birinchi versiyasi RFC 1058, ikkinchisi - RFC 1722 standartlashtirilgan.
RIP axborotni uzatish uchun UDP (520 port) protokoli qo‗llaydi. RIP
axboroti
tarmoqni
IP
– adresidan va qadamlar sonidan
(marshrutizatorlardan) iborat. Qadamlarning maksimal soni 15. RIPni
bitta axborotida 25 ta tarmoqlar xaqida axborot bo‗lishi mumkin. RIP
ishlaydigan marshrutizator boshqa marshrutizatorlardan RIP axborotini
olib,
boshqa
tarmoqlarga
yo‗nalishlari
yozilgan,
o‗zining
marshrutizatsiyalash jadvalini yangilaydi va ular yordamida tarmoq
bo‗ylab paketlarni xarakatlanishini amalga oshiradi.
Protokolning kamchiligi:
- xar doim eng samarali marshrutni tanlamaydi;
- sekin moslashishi tufayli logik ilmoqlar xosil bo‗ladi va
marshrutizator ishida to‗xtab qolishdan keyin jadval sekin qayta
yangilanadi;
- tarmoqqa yuklanadigan katta sondagi xizmat axborotlarini
(marshrutizatsiyalash jadvali) keng eshittirishli jo‗natmalari
qo‗llaniladi;
- marshrutizatsiyalash domenini o‗lchash chegaralangan (15
o‗tishlar);
- tarmoq tagi adreslari bilan ishlamaydi va avtonom tizimlarni
farqlamaydi.
OSPF prtokoli RFC 1370, 1578, 1793, 1850, 2328 larda
standartlashtirilgan. Kanallar holati algoritmini ichki va tashqi
marshrutizatsiyalash uchun qo‗llaniladi. Bir nechta zonadan iborat
avtonom tizimga xizmat ko‗rsatishi mumkin. OSPF protokoli RIP
protokolidan
etarli
darajada
samaralidir.
OSPF
ishlaydigan
marshrutizator xizmat ko‗rsatish sifatini xarakterlaydigan metrikali
tarmoq
grafasini
taxlil
etib,
yo‗nalishlarni
optimallashtirish
muammolarini echadi.
Metrikalarni asosiy parametrlari quyidagilar xisoblanadi: o‗tkazish
qobiliyati, ushlanib qolish, ishonchlilik, qo‗shimcha parametrlarga –
kanalni yuklanishi va xavfsizlik. Faqat tarmoq topologiyalari
o‗zgarganda marshrutizator axborotlar bilan almashadi. RIPga
qaraganda OSPF tez yo‗nalish jadvalini qayta tuzadi.
OSPFni asosiy afzalliklariga quyidagilar kiradi:
- tarmoq topologiyasi o‗zgarganda qisqa axborotlarni guruxli
uzatishni
qo‗llash. Bu tarmoqni samarasiz yuklanishini
kamaytiradi;
- o‗tkazish qobiliyatiga bog‗liq xolda axborotlarni parallel kanallar
bo‗yicha taqsimlashni ushlab turish. Bu butunlay tarmoq ishini
yaxshilaydi.
IGRP va EIGRP protokollari. Bu protokollar Cisco Systems
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va ichki marshrutizatsiyalash uchun
qo‗llaniladi. IGRP ―vektor-masofa‖ algoritmini qo‗llaydi, RIP
protokolga qaraganda qisman yaxshi xarakteristikalarga ega:
- murakkab topologiyali tarmoqlarda ishonchli ishlaydi;
- RIPga qaraganda eng yaxshi o‗xshashlikka ega;
- xizmat axborotlarini uzatish xajmini qisman kamaytiradi;
- bir xil metrikali kanallar orasida axborotni taqsimlaydi.
Protokol metrikasiga kanalning quyidagi parametrlari kiradi:
o‗tkazish qobiliyati, ushlanib qolish, yuklama, ishonchlilik. Bu
parametrlar keng oraliqlarda o‗zgarishi mumkin. Masalan, o‗tkazish
qobiliyati 1200 bit/s dan 10 Gbit/s gacha o‗zgarishi mumkin.
EIGRP
protokoli
―vektor-masofa‖ va ―kanallar xolati‖
algoritmlarini barcha afzalliklarini birlashtiradi. Protokol – tarmoq
topologiyasi o‗zgarganidan so‗ng marshrutizatorga ishini tez qayta
yangilash imkonini beruvchi – taqsimlangan yangilanish algoritmi
bazasida (Distributed Update Algorithm, DUAL) amalga oshirilgan.
Protokol quyidagilarga ega:
- qo‗shnini topish imkoni;
- DUAL algoritmi;
- axborotni IP ga mukammal kiritish mexanizmi.
EGP
va
BGP
protokollari.
Internet
tarmog‗ini tashqi
marshrutizatsiyalash
protokollari
kiradi.
EGP
yordamida
marshrutizatsiyalashni ichki protokollari yordamida tizim xaqidagi
axborotni
yig‗uvchi,
turli
avtonom
tizimlarni
ajratilgan
marshrutizatorlari o‗zaro bog‗lanadi.
EGP ni kamchiliklariga quyidagilar kiradi: metrika qo‗llanilmaydi,
ya‘ni intellektual marshrutizatsiyalash bajarilmaydi, yo‗nalishlar
ilmog‗ini xosil bo‗lishi kuzatilmaydi, xizmat axborotlari katta o‗lchamga
ega. Oxirgi vaqtlarda EGP o‗rniga mukammalroq BGP protokoli
qo‗llanilmoqda, o‗z navbatida xizmat axborotlarini uzatish uchun TSR
protokoli qo‗llaniladi. TSR protokoli marshrutli axborotni etkazishni
kafolatlaydi. BGP to‗liq EGP protokolini kamchiliklarini bartaraf etadi.
Metrika sifatida kanalda uzatish tezligi uni ishonchliligi qo‗llaniladi.
Hozirda BGP (3-tur) – bu oxirgi avtonom tizimlarga yo‗nalishni
aniqlaydigan Internet tarmoqni asosiy protokoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |