Adabiyotlar ro‗yxati
215
KIRISH
Insoniyat sivilizatsiyasi o‗z taraqqiyotining navbatdagi bosqichini
boshidan kechirmoqda. Bu bosqich sanoatlashgan jamiyatdan
axborotlashgan jamiyatga o‗tishi bilan tavsiflanadi. O‗zgarishlarga boy
bo‗lgan ushbu jarayonda turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan
ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy
axborot vositalari, ta‘lim, sog‗liqni saqlash kabi sohalarda sezilarli
o‗zgarishlarning sodir bo‗lishi kutilmoqda. O‗zbekiston uchun ham
axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida olg‗a
qadam qo‗yish katta axamiyatga ega. O‗zbekiston Respublikasi
hukumatining keyingi yillarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarni ommaviy joriy qilish va ulardan foydalanishni
ta‘minlovchi strategiyalarini ishlab chiqishga katta kuch sarflayotgani
bejiz emas. O‗zbekiston jahon axborotlashgan hamjamiyatiga kirar ekan,
bu hamjamiyatdagi o‗z o‗rnini aniqlab olishi, ichki muammolari va
Respublikaning
axborotlashgan
salohiyatini
tushunishi
va
axborotlashgan jamiyat qurish borasida shu nuqtai nazarga mos keluvchi
takliflarni tayyorlashi kerak.
Hozirgi
kunda
turli
darajalardagi
telekommunikatsiya
tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma‘lumot
almashishga bo‗lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. SHuning
uchun mavjud bo‗lgan an‘anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning
yangi
xizmatlari
talablarini
hisobga
oluvchi
axborotlashgan
infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‗lib
qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari,
mamlakatdagi
aloqa
operatorlari
tarmoqlariga
yangi
transport
texnologiyalarini muvofiqlashtirgan xolda joriy etish, yangi xizmat
turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan
tizimga qo‗shilishdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot
texnologiyalari soxasida isloxatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy
o‗zgarishlarga ega bo‗lib, bu soxa eng tezkor rivojlanayotgan uzoq
muddatli iqtisodiy o‗sish potensialiga ega bo‗lgan soxaga aylandi va
zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz xayotiga kiritish,
ijtimoiy ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish
vazifalarini echishga yo‗naltirilgan Respublika xukumati faoliyatining
ustuvor vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining tez rivojlanishi va o‗zaro birgalikda ishlashi
natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga
telekommunikatsiya
tarmoqlarida
texnologiyalar
konvergensiyasi
tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global
kompyuter tarmog‗i ko‗plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni
tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish
xajmining oshishi, mavjud bo‗lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik
qobiliyatini etishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video,
video konferensiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo
bo‗lishi bilan bog‗liq.
Yaqin kelajakda telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni uzatish
tezligi shunday katta hamda ma‘lumotlarni ifodalash usuli shunchalik
ommabop bo‗ladiki, yagona paket bilan bir vaqtning o‗zida ovozni,
tasvirni, matnni, teledasturni uzatish mumkin bo‗ladi. Bunga qisman
bo‗lsa ham erishilgan.
Bunday axborot texnologiyalari rivoji, xayotimizga kirib
kelayotgan yangi texnologiyalarni qulay, sifatli va bir-biriga moslashgan
xolda ishlashini talab qiladi.
O‗quv qo‗llanma birinchi marta davlat tilida nashr etishga
tayyorlandi. SHuning uchun ayrim kamchilik va xatolardan xoli emas.
Muallif, ushbu o‗quv qo‗llanma bo‗yicha taqrizchilarning va barcha
o‗quvchilarning bergan ko‗rsatmalari va maslaxatlari uchun ularga
oldindan minnatdorchilik bildirgan holda, keyingi nashrda bu
kamchiliklar bartaraf etiladi, degan umidda.
1. KEYINGI AVLOD TARMOQLARIGA O„TISH
Do'stlaringiz bilan baham: |