Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


 IMS strukturasi va boshqaruv tizimini qatlamlarga



Download 4,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/121
Sana15.09.2021
Hajmi4,26 Mb.
#175102
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121
Bog'liq
NGN ў ув ўлланма 2016

10.4. IMS strukturasi va boshqaruv tizimini qatlamlarga 
ajratish 
 
IMS  texnologiyasining  ichki  arxitekturasini  tadqiq  qilishning  eng 
sodda  yo‗li  sodadan  murakkabga  qarab  harakatlanishdan  iborat. 
Birinchidan,  IMS  texnologiyasi  NGN  texnologiyasining  va  boshqaruv 
tizimlarini  qurish  sohasida  barcha  ishlanmalarning  vorisi  ekanligini  tan 
olamiz.  Ushbu  meros  doirasida  IMS  strukturasi  bo‗yicha  ko‗plab 
echimlar tushunarli bo‗ladi. 
IMS texnologiyasining strukturasi IMS konsepsiyasini uchta asosiy 
sathga ajratishni nazarda tutadi: 
1) kirish  sathi  –  unga  IMS  uchun  tashqi  bo‗lgan  texnologiyalar 
VoIP,  Wi-Fi,  sotali  tarmoqlar  MSC,  an‘anaviy  telefon  tarmoqlarining 
segmentlari va boshqalar kiradi; 
2) tarmoqni  boshqarish  sathi  –  unga  CSCF  boshqaruv  yadrosi, 
media-shlyuzlar va HSS tizimostisi kiradi;  
3) ilovalar  (yoki  xizmatlar)  sathi  –unga  turli  serverlar  ilovalari, 
tarmoqlarni  boshqarish  tizimli  shlyuzlar  OSS/BSS,  shuningdek,  SDP 
(Session  Description  Protocol  –  sessiyalarni  boshqarish  protokoli) 
asosidagi echimlar sinfi kiradi. 
IMS  texnologiyasining  birlamchi  uch  qatlamga  ajratilishi  NGN 
ning  bizga  tanish  bo‗lgan  qurilish  tamoyillaridan  iborat.  Birinchidan, 
bunday  ajratish  NGN  SCTA  klassifikatsion  modeliga  muvofiq  keladi, 
transport  tarmoq  sathi  bundan  istisno.  Ikkinchidan, kirish  va boshqaruv 
sathlari o‗rtasidagi bevosita aloqa sathlararo konvergensiyaning keyingi 
avlodi  bo‗lib,  u  haqda  2.3.4  bo‗limda  to‗xtalib  o‗tildi.  Uchinchidan, 
tarmoqni  boshqarish  va  ilovalar  sathlarini  ajratish  IN  konsepsiyasining 
keyin  avlodi  bo‗lib,  AS  echimlarining  alohida  sinfi  sifatida  ajratish  esa 


 
 
 
 
Softswitch texnologiyasining zamonaviy rivojlanish bosqichiga muvofiq 
keladi.  
Umumiy  ko‗rinishda  IMS  texnologiyasi  kirish  sathini  o‗z  ichiga 
olmaydi, ammo IMS an‘anaviy va zamonaviy kirishning barcha turlarini 
xizmatlar 
bilan 
ta‘minlashi  kerak  bo‗lganligi  sababli,  IMS 
texnologiyasiga  kirish  tarmoqlarini  moslashtirish  sath  osti  kiritilgan. 
SHu  tarzda,  uch  sathli  IMS  modeli  haqida  gap  borganida  kirish 
tarmoqlarini  adaptatsiya  qilish  echimi  nazarda  tutiladi.  Odatda,  kirish 
tarmoqlarini 
adaptatsiya 
qilish 
sathi 
echimlari 
Softswitch 
texnologiyasidan kanal shlyuzlari (TG) va kirish shlyuzlari (AG) asosida 
quriladi. 
Tarmoqni boshqarish odatda ikki sath ostiga ajratiladi: sessiyalarni 
boshqarish  va  sifatni  boshqarish.  Birinchi  navbatda  bunday  ajratish  o‗z 
vaqtida  SDC  ning  paydo  bo‗lishiga  olib  kelgan  xizmatlarning  sifatini 
ta‘minlash  masalasini  hisobga  olish  zaruriyati  bilan  bog‗liq.  Natijada, 
IMS  ning  zamonaviy  qatlamlariga  sifatni  boshqarish  sath  ostini 
shakllantirgan  SBC  va  unga  ekvivalent  bo‗lgan  qurilmalar  kiritildi. 
Qolgan  barcha  qurilmalar  sessiyalarni  boshqarish  sath  ostiga 
chiqarilgan. 
Ta‘kidlash joizki, keltirilgan strukturaviy qurilishlar faqatgina IMS 
ning  g‗oyasini  aks  ettirib,  qonuniy  tarzda  o‗rnatilgan  struktura  bo‗lib 
hisoblanmaydi.  Shu  bilan  IMS  texnologiyasini  ishlab  chiqaruvchilar 
demokratik 
tendensiyalarni 
texnologiyani 
rivojlantirishdan 
chegaralamaydilar. Oxir oqibatda, bunday tizimlarning g‗oyasi saqlanib 
qolishi  uchun  IMS  tizimini  qurishning  har  qanday  strukturaviy 
variantlari taklif qilinishi mumkin. 
IMS  texnologiyasining  eng  ahamiyatli  aspekti  uning  turli 
tarmoqlarni  boshqarishning  gorizontal  strukturasidan  farqli  ravishda 
vertikal strukturasidir.  
IMS  texnologiyasining  g‗oyasi  simli  va  simsiz  tarmoqlarni,  turli 
xizmatlar  va  ilovalarni  birlashtirish  va  ushbu  simbiozni  klient  uchun 
maksimal  ravishda  egiluvchan,  personallashtirilgan  va  operator  uchun 
tarmoqni  nazorat  qilish  uchun  qulay  qilishdir.  Ushbu  konsepsiya 
tarmoqlarning  zamonaviy  bosqichdagi  unikal  rolini  aniqlaydi  –  bu 
hozirda  tarmoqlarni  konvergensiya  qilish  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  barcha 
jarayonlar  uchun  tayanchdir.  Konvergent  kirish  tarmog‗i  har  qanday 
foydalanuvchilar  bir  necha  texnologiyalar,  operatorlar  va  tarmoqlarni 
tanlashi  mumkin  bo‗lganida  tarmoq  va  uning  xizmatlarini  boshqarishni 
ta‘minlovchi boshqaruv tizimi mavjudligini anglatadi. 


 
 
 
 
Kelajakda  kirish  tarmoqlari  o‗zaro  konvergensiya  qilinib,  kirish 
texnologiyalari  ob‘ektiv  tarzda  unifikatsiya  qilinadi.  Ushbu  bosqichda 
IMS platformasining mavjudligi, shuningdek, kirishni adaptatsiya qilish 
vositalarini 
birlashtirish 
va 
tarmoqlarni 
xizmatlar 
bosqichida 
konvergensiya qilish imkonini beradi va kirish turidan mustaqil ravishda 
foydalanuvchi o‗ziga kerak bo‗lgan xizmatlar paketini qabul qiladi. 
IMS platformasining keltirilgan konsepsiya va strukturaviy modeli 
sodda  bo‗lib  tuyuladi,  ammo  IMS  etarlicha  murakkab  tizimdir.  IMS 
tizimining  ichki  qurilishiga  nazar  solinsa,  bevosita  texnik  echimlar 
haqida  gap  borganida  global  konvergensiya  g‗oyasi  unchalik  sodda 
emasligi aniqdir. 
Signalizatsiya tizimini yanada murakkablashtirish. IMS ning yana 
bir 
xususiyati–bu 
signalizatsiya 
tizimlarini 
yanada 
murakkablashtirishdir. 
Bir tomondan, IMS tizimida signalli almashinuvning murakkabligi 
sezilarli ravishda ortdi. Bu erda NGN ning ko‗plab protokollar etarlicha 
sodda  tizimdar  iborat.  NGN  signalizatsiya  protokollarini  bir  necha 
harflar foydalaniladigan til bilan taqqoslash mumkin. Shuningdek, NGN 
tizimlarida  eng  tarqalgan  SIP  protokoli  ma‘lumotlar  almashinuvining 
umumiy qoidalarini tashuvchi bo‗lib qoladi. 
Bu  IMS  texnologiyasining  oldingi  texnologiyalar  xususiyatlarini 
qabul  qilishi  bilan  aniqlanadi,  chunki  IMS  barcha  ishlab  chiqilgan 
konsepsiyalarni  o‗z  ichiga  oladi.  Bundan  tashqari,  lokal  qurilmalardan 
taqsimlangan  ma‘lumotlar  texnologiyasiga  o‗tish  IMS  da  signalizatsiya 
tizimini murakkablashtirishi kerak. Murakkablashishning yana bir omili 
NGN  da  xizmatlarning    simli  va  simsiz  tarmoqlarning  konvergensiyasi 
natijasida  ortishidan  iborat.  Har  bir  yangi  xizmat  yangi  protokollar 
ssenariyini yaratishni talab qiladi. 
Hozirgi  vaqtda  IMS  signalizatsiya  tizimining  murakkabligi  shu 
darajaga etdiki, bu alohida tadqiqot o‗tkazishni talab qiladi. Zamonaviy 
signalizatsiya  konsepsiyasining  murakkabligini  ko‗rsatish  uchun  Acme 
Packets  kompaniyasi  tadqiqotlarining  natijalari  keltirilgan,  ushbu  firma 
birinchilardan  bo‗lib  zamonaviy  signalizatsiya  tizimlarini  chuqur  tahlil 
qilgan. 
 

Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish