Maktabgacha ta`lim


 Guruxning xaftalik kalendar ish rejasi va unga qo’yiladiga talablar



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

 
4.3. Guruxning xaftalik kalendar ish rejasi va unga qo’yiladiga talablar 
 
 
Turli  yoshdagi  bolalar  guruxidagi  ish  rejasi  umumiy  talab  va  chizma 
bo’yicha  tashkil  qilinadi.  Ammo  uning  turli  yoshdagi  bolalarni  birgalikda 
tarbiyalash  xususiyatlaridan  kelib  chiquvchi  ayrim  o’ziga  xosliklari  bor.  Bolalar 
faoliyatining  har  xil  turlarini  tashkil  etish  alohida  e`tiborni  talab  qiladi,  chunki 
bolalarning  yosh  imkoniyatlari  aynan  faoliyatda  yorqin  namoyon  bo’ladi:  turli 
yoshdagi  bolalar  turli  bilim  hajmiga,  zarur  ko’nikma,  malakalarga  egadirlar, 
ularning  mustaqillik  va  uyushganlik,  ishlash  qobiliyatlari,  chidamliliklari  va  shu 
kabilar turlichadir. 
Bolalarning  bu  xususiyatlari  kundalik  hayotini  qaror  toptirishda  hisobga 
olinadi.  Ular  bolalar  faoliyatining  mazmuni,  tashkil  etish  shakllari,  bolalar  bilan 
bo’ladigan barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllarini belgilaydi. Turli yosh 
guruhlarda  ta`lim  -  tarbiyaviy  ishning  xilma  -  xil  shakllari:  yalpisiga  kichik 
guruxlar bilan (yoshlarga oid) va yakka tartibdagi shakllardan foydalaniladi. 
Ish yalpisiga tashkil etilganda faoliyatning barcha uchun yagona bo’lgan tur 
aniqlanadi,  ammo  uning  aniq  mazmuni,  bolalarga  tushadigan  yuklama,  raxbarlik 
usullari  yosh  guruxlariga  tatbiqan  tabaqalanadi.  Bunda  turli  yoshdagi  bolalarning 
o’zaro munosabatlariga katta e`tibor beriladi. 


 
44 
Ish kichik guruhlar bilan tashkil etilganda guruxlar turli yoshdagi yoki bir xil 
yoshdagi  bolalardan  tuzilishi  mumkin.  Birinchi  holatda  bolalar  faoliyatiga  ishni 
yalpisiga  tashkil  etishga  qo’yiladigan  talablar  bilan  bir  xil  talablar  qo’yiladi. 
Ikkinchi holatda bolalarning faoliyatlari yagona mazmunda tashkil etiladi va unga 
rahbarlik umumiy talablardan kelib chiqadi. 
Yakka  tartibdagi  ish  yoshidan  qat`iy  nazar  tashkil  etiladi.  Uning  mazmuni. 
metodi va usullari bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning bilim, malaka va 
ko’nikmalarni egallash darajalaridan kelib chiqib aniqlanadi. 
Bolalar  faoliyatini  tashkil  etishning  xilma  -  xil  shakllaridan  foydalanish 
tarbiyaviy  ishda  bolalarning  yosh  imkoniyatlari  va  xususiyatlarini  to’liqroq 
xisobga olishni, ularni tarbiyalash va rivojlantirishni qulaylashtirishni ta`minlaydi. 
Turli yosh guruxlaridagi ishning kalendar rejasi bolalar bilan vaqtning asosiy 
bo’laklarida olib boriladigan ta`lim - tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini 
qamrab oladi.  
Ertalab.  Ertalabki  gimnastika  rejalashtiriladi  (10  -  12  kunga  bir  marta). 
Muayyan  sharoitlarga  ko’ra  u har  bir  yosh  guruhiga  yoki  barcha  bolalar  bilan  bir 
xil  bo’lishi  nazarda  to’tiladi.  Birinchi  holatda  har  bir  kichik  yosh  guruhi  uchun 
alohida  mashqlar  majmui  tuziladi.  Ikkinchi  holatda  mashqlar  majmui  umumiy 
bo’lishi  mumkin,  ammo  ayrim  mashqlarni  har  bir  yosh  guruhida  takrorlash 
miqdori  aytib  o’tiladi.  Kichkintoylar  uchun  mashqlar  ro’yxati  ham  qisqartirilishi 
mumkin.  Bundan  tashqari,  katta  bolalar  uchun  mashqlarni  murakkablashtirish  va 
yuklamani oshirish maqsadlarida gimnastika tayoqchalari, obruch, jismoniy tarbiya 
jihozlaridan foydalanish nazarda to’tiladi. 
Ertalabki vaqt bo’lagida bolalar bilan yakka tartibda bo’ladigan, shuningdek, 
bir  yoshdagi  kichik  guruhdagi  bolalar  bilan  ishlash  (dasto’rning  turli  bo’limlari 
bo’yicha:  nutqni  o’stirish,  matematik  tasavvurlarni  shakllantirish  va  boshqalar) 
rejalashtiriladi.  Ertalab  tabiat  burchagida  yashovchilarni  yakka  tartibda  va  kichik 
guruxlar  bo’lib  kuzatish  o’tkaziladi.  Navbatchilar  ishiga  (katta  bolalar)  rahbarligi 
rejalashtiriladi.  Ayni  shu  bilan  birga  katta  bolalarga  yordam  berish  yoki  ularning 
mehnatini kuzatishga kichkintoylardan qaysi birini jalb qilish ko’rsatiladi. Xo’jalik 
- turmush ishlari ham xuddi shunday tashkil etiladi. 
Ertalab bolalarga didaktik o’yinlarni taklif etish mumkin. Tarbiyachi rejada 
bolalarni  u  yoki  bu  o’yinlarga  jalb  qilish  usullarini,  o’yinlarni  boyitish  usullarini 
ko’rsatadi  (kichkintoylar  uchun  didaktik  o’yinchoqlar  bilan  o’ynashning  yangi 
usullarini  ko’rsatish,  katta  yoshdagi  bolalarni  stol  -  bosma  o’yinning  yangi  turi 
bilan tanishtirish va shu kabilar) . 
Mashg’ulotlarni  rejalashtirish:  Rejada  mashg’ulotni  o’tkazish  shakli 
ko’rsatiladi.  Yalpisiga  shaklidan  dasto’rning  ayni bir bo’limidagi  mashg’ulotlarni 
rejalashtirishda  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  dastur  mazmuni  yosh 
guruhlari asosida tabaqalashtiriladi. Agarda mashg’ulot boshi yoki yakunida kichik 
bolalar ishtirok etmasalar, bu rejada ko’rsatib o’tiladi (masalan, rasm tahliliga faqat 
katta  bolalar  jalb  qilinadi).  U  yoki  bu  kichik  guruhlarga  nisbatan  qo’llaniladigan 
asosiy  metod  va  usullar  ko’rsatib  o’tiladi.  Masalan,  jonivorlarni  kuzatishda 
tadqiqotchilik  xarakatlariga  ko’proq  kichik  bolalar  jalb  qilinadi,  kattaroq  bolalar 
uni  ko’rib  ancha  tushunadigan  bo’lib  qolgan  bo’ladi.  Kichkintoylarga  idrokni 


 
45 
aniqlashtirishga  kattalariga  qiyoslash  va  umumlashtirishga  yo’llangan  savollar 
beriladi.  Rejada  mashg’ulotlarning  turlicha  davomiyligi  nazarda  to’tiladi;  Katta 
yoshdagi bolalar uchun zaruriyat bo’lsa, beriladigan ish oldindan nazarda to’tiladi 
(masalan, suxbat oldidan kuzatish yoki tasviriy faoliyat oldidan). 
Alohida  kichik  guruhlarga  o’tkaziladigan  mashg’ulotlar  odatdagidek 
rejalashtiriladi.  Shningdek,  topshiriqlar  izchilligi  va  mashg’ulotlarni  yakunlash 
ko’rsatib o’tilishi kerak. 
Sayr  jarayonini  rejalashtirish:  Bu  jarayonda  sayrlarda  tabiat  va  ijtimoiy 
hayot  hodisalari  kuzatiladi.  Rejada  ularning  mazmuni  va  asosiy  usullari  qisqacha 
bayon  kilinadi.  Ko’pincha  ular  mazmuni  tabaqalashtirilgan  yalpi  kuzatishlar 
tarzida  rejalashtiriladi.  Ayrim  kichik  yosh  guruhlari  bilan  kuzatishlar  qo’shimcha 
rejalashtirilishi  mumkin.  Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  bolalar  mehnatini 
tashkil  etishda  sayr  jarayonidan  unumli  foydalanish  lozim.  Chunki  bunda  bolalar 
maydonchalari  va  gulzorlarda  jamoa  mehnatni  (tozalash,  gul  va  ko’chatlar ekish, 
parvarishlar kabilar) tashkil etadi. 
Tarbiyachi  harakatli  o’yinlarni  mavsumga,  ob  -  havoga  qarab,  oldingi 
mashg’ulotlardan  kelib  chiqib  tanlaydi  va  ish  rejasiga  kiritadi.  Sayrlarning 
davomiyligi  harakatli  o’yinlarni  turli  yosh  guruhlaridagi  bolalar  bilan  alohida 
o’tkazish  imkonini  beradi,  bu  ularning  harakatlarini  rivojlantirishda  muhimdir. 
Ammo  ba`zan  birgalikdagi  harakatli  o’yinlarni  ham  rejalashtirish  kerak:  ular 
bolalarni  birlashtirishga,  do’stlik  his  -  tuyg’ularini  tarbiyalashga  yordam  beradi. 
Ayniqsa xalq milliy o’yinlaridan keng foydalaniladi. 
Rejada  bolalarning  mustaqil  o’yinlari,  ayniqsa  tabiiy  materiallar  bilan 
o’ynaladigan  o’yinlariga  rahbarlik  nazarda  to’tiladi.  Sayrlar  vaqtida  dasto’rning 
barcha bo’limlariga doir bolalar bilan yakka tartibda ishlash albatta rejalashtiriladi. 
Harakatlarni  rivojlantirishga  doir  yakka  tartibdagi  ishga  alohida  e`tibor  beriladi. 
Uni har kuni (turli bolalar bilan o’tkazish) nazarda to’tiladi. 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish