20.2. Aholi o’rtasida pedagogik tashviqot va pedagogik bilimlar universiteti
Hozirgi zamon bosqichida keng aholi orasida pedagogik bilimlarni tashviqot
qilish muhim papkaga kirib bormoqda.
Oilaviy tarbiyami yaxshilash uchun ota-onalarshshg umumiy pedagogik
ta`limi tizimini takomillashtirish zarur. Hamma katta yoshdagi aholi, dastavval ota-
onalar, bolalarni va yoshlarni tarbiyalashga tayyorlangan bo’lishlari kerak.
Bu odat ishlarini radio va televidenie orqali chiqishlarva ma`ruzalar qilish
pedagogik tashviqot vositalaridan biri hisoblanadi.
Pedagogik tashviqotni yanada tor doirada bevosita maktabgacha ta`lim
muassasasilari amalga oshirishlari .ham mumkin.
Pedagogik bilimlarni tashviqot qilishda kichik mintaqa doirasida tashkil
etiluvchi ota-onalar anjumanlari amalda sinalgan usullardandir.
Bu ishni ma`lum tizim asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Anjumanlarni o’tkazishdan avval oilaviy tarbiya tajribasini, maktabgacha ta`lim
muassasasilari bilan ota-onalar orasidagi o’zaro ta`sirni o’rganish bo’yicha har
tomonlama tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak. Bunda jamoatchilik,
224
maktabgacha ta`lim muassasalari pedagoglarining yo’naltiruvchi ishtirokida ota-
onalarning o’zlari faol ishtirok etishlari kerak.
Anjuman mavzusi xalq ta`limi bo’limlari bilan hamkorlikda tanlanishiga
e`tibor beriladi. Anjumanlarning mazmunini, ko’pincha, hayotning o’zi belgilaydi
va eng dolzarb masalalar aks ettiriladi.
Anjumanni tayyorlashda, ayniqsa, maktabgacha ta`lim muassasalarining
tibbiy xodimlari faol ishtirok etadilar, ular tibbiybyulleten, tibbiyot mavzusiga oid
savol va javoblar taxtalari tashkil etishlari, bolalarni chiniqtirishning usul va
uslublarini amaliy ko’rsatishni hamda bolalarning sog’lig’iga taalluqli masalalar
bo’yicha ota-onalarga «maslahatlar burchaklari»ni tashkil etishadi. Bunday
burchaklarga «Biz chiniqamiz», «Uyda dam olish kunlari badantarbiyasi», «Otam,
onam va men - sportchilar oilasi» va hokazo mavzularni tanlash mumkin.
Tuman anjumanlarini tayyorlashda va tashknl etishda xalq ta`limi
bo’limlariga ota-onalar faollari, tuman pedagogika jamiyati, maktabgacha ta`lim
bo’limlari katta yordam beradi. Bu anjumanlarda shaharning eng yaxshi
tarbiyachilari, mudiralarn, olimlar, metodist va hokazolar so’zga chiqishlari
mumkin. Bo’lar maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni maktabga
tayyorlashning turli masalalari bo’yncha chiqishlar va ma`ruzalar bilan ishtirok
etadilar.
Ota-onalar anjumanlarining materiallari rasmiylashtiriladi va tuman
maktabgacha ta`lim uslubiy kabinetlariga topshirilib, keyinchalik ular amaliy ishga
tadbiq etiladi.
Ota-onalar pedagogik ta`limotining shakl va usullarini kengaytirish, oilaga u
orqali va u bilan birga bolaga ta`sir ko’rsatishning yanada natijali usullarini izlash -
bularning hammasi tarbiyachilarni o’zining nazariy saviyasini oshirishga, jamoat
tashkilotlari, maktablar bilan aloqa izlash va topishga majbur qiladi. Pedagogik
targ’ibotda lektoriylar va pedagogik bilimlar universitetlari katta o’rin egallaydi.
Ota-onalar universitetlarining o’quv dasturlari hamda rejalariga pedagogika va
psixologiya, bolalar anatomshyasi va fiziologiyasi, oilaviy tarbiya nazariyasi va
amaliyoti, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni yoshi bo’yicha davrga ajratish,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning individual psixologik xususiyatlari,
bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasida va oilada tarbiyalash bo’yicha
ma`ruzalar tsikli va hokazo masalalar kiradi. Unga, shuningdek, xalqaro vaziyat,
adabiyot va san`at, fan va texnikani rivojlantirish, gigiena va tibbiyot haqidagi
ma`ruzalar, O’zbekiston Respublikasi hukumatining onalarga va bolalarga
g’amxo’rligi haqidagi qarorlarini ham kiritish mumkin. Ma`ruzalar bilan birga
seminar mashg’ulotlari o’tkaziladi, kinofilm, hayotga bag’ishlangan spektakllarni
ko’rish tashkil etiladi. Universitetlarning ishi 1-2 yilga mo’ljallanadi.
Mashg’ulotlar oyiga 1-2 marta o’tkaziladi. Tinglovchilar turli mutaxassislikdagi va
kasbdagi ota-onalardan iborat bo’ladi. Mashg’ulotlarni bilimlarning turli sohalari
bo’yicha yuqori malakali ma`ruzachilar va mutaxassislar olib borishadi. Ota-onalar
universiteti sirtqi ham bo’lishk mumkin.
Sirtqi universitet tinglovchilari uchun radio va televidenie orqali «Ota-onalar,
sizlar uchun», «Onalar maktabi», «Kattalar uchun nazorat ish» sarlavhasi bilan
225
eshittirishlar, shuningdek, ota-onalarga mo’ljallangan adabiyotlardan foydalanish
ko’zda tutiladi.
Ota-onalar
universitetlari
dasturiga
bolalarni
respublikamiz
milliy
xususiyatlari, milliy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash
vazifalarini ochib beruvchi ma`ruzalar, amalny seminar mashg’ulotlari, «Oilaning
axloqiy asoslari», «Oila - kichik jamoa», «Milliy urf-odatlarimiz», «Buyuk o’zbek
va sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi to’g’risida», «Maktabgacha ta`lim
muassasasisi va oilaning bolalarni tarbiyalash maqsadlari hamda vazifalariga
yagopa talab», «Ota-onalarning pedagogik odobi», «Bolalarni axloqshy tarbiya
vositasi sifatida ota-onalar mehnati bilan tanishtirish», «Bolalarni tarbiyalash bu -
tun jamoatchilikning va har birimizning ishimizdir», «Milliy axloq nima?» va
hokazo mavzudagi ma`ruzalar tinglovchilarga yoqadi.
Ma`ruzachilar ro’yxati shahar, tuman hokimiyatlari yoki xalq ta`limi
bo’limlari tasdiqlashi zarur.
Oilada o’zaro munosabatlardi aniqlab olish uchun «Bolalarni tushunish uchun
kattalarga nima xalaqit beradi», «Siz har doim ham bolaga xushmuomala, e`tiborli
va sabr-toqatlimisiz?», «Siz bolalaringizga o’z ishingiz haqida va mehnatingizning
foydasi haqida gapirib berasizmi?», «Uyingizda bolangizning o’rtoqlari
bo’lishadimi?, «Siz ularning vaqtini qanday tashkil etasiz?» kabi savollarni taklif
etish mumkin.
Univsrsitet tinglovchilarinikg asosiy qismi maktabgacha ta`lim muassasasiga
qatnovchi bolalarning ota-onalari bo’ladi. Ular pedagogik bilimlarni o’zlashtirib,
bu bilimlarini ommaga eltishadi, ota-onalar majlislarida, anjumanlarda faol
qatnashib, ota-onalar qo’mitasida va ota-onalar orasida maslahatchilar bo’lishadi.
Bolani tarbiyalash uchun uni juda yaxshi bilish kerak. Buning uchun biz bola
xulqidagi endi paydo bo’layotgan hislatlarga ta`sir ko’rsatuvchi mayda narsalarni
sezishimiz, fikrndagi o’zgarishlarni sezib, ilib olishimiz, bola kayfiyatidagi nozik
o’zgarishlarni tushunishimiz kerak. Ota-onalarga esa bolani gumonsirab kuzatishni
emas, balki pedagogik kuzatuvchanlikni o’rgatish kerak. Agar ota-onalar
bolalardan o’zlari qilmagan narsalarni talab qilishsa, ularning talabi o’g’il yoki
qizining yuragiga joylashmaydi. Va, aksincha, agar otaning yoki onaning xulqi
axloqiy namunaga yaqin bo’lsa, u holda ularning har bir so’zi, maqtovi yoki
tanbehi bolalari uchun alohida ahamiyatga ega bo’ladi, ularning har bir talabi ota-
onalarga muhabbat va hurmat yuzasidan darhol bajariladi.
Ma`ruzalar tushunarli bo’lishi uchun universitetlarning rahbarlari
ma`ruzalarning mavzui bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etadilar.
Ma`ruzalarni kinofilmlar ko’rish bilan qo’shib olib borish mumkin, buni
tinglovchilar katta qiziqish bilan qabul qilishadi. Tomoshadan so’ng ota-onalar o’z
oilalaridagi tarbiya haqida bosh qotiradilar va ko’pgnna savollar berishadi. Ba`zan
film ustida tortishuvlar, munozaralar vujudga keladi.
Mashg’ulotlarga birinchi marta kelgan ota-onalar shaxsning shakllanishi
muammolari bilan emas, balki bolaning jismoniy rivojlanishi bilan qiziqadilar,
shuning uchun ma`ruzalarda bolaning har tomonlama rivojlanishida oilaning
ahamiyatiga asosiy e`tibor berilmoqda, bolaga jismoniy qarovgina, jismoniy
226
rivojlanishgina emas, balki aqliy va axloqiy rivojlanish hamda estetik tarbiya ham
kerakligi ko’rsatiladi.
Pedagogik bilimlar universitetining ishi ota-onalar orasida pedagogik
tashviqotni yaxshilashga katta ta`sir ko’rsatadi. Bunday universitetlar asosan
nohiya xalq ta`limi bo’limlari qoshida, ba`zan esa korxonalarning madaniyat
saroylari qoshida tashkil etiladi. Ular bir idoraga tegishli bir necha maktabgacha
ta`lim muassasalarining ota-onalarini birlashtirshshi mumkin.
Universitet rahbari ma`ruzachilarni tanlaydi, o’quv rejasini tuzadi. (Ota-onalar
dorilfununi rejalarini tuzish namunasi ushbu qo’llanmaning ilova qismida
keltirilgan.)
Universitetdagi hamma ish jamoatchilik asosida olib boriladi. Pedagogika
institutlari o’qituvchilari, viloyatlardagi universitet olimlari, shahar yoki tumandagi
eng yaxshi mudirlar, uslubchilar, vrachlar, pedagoglar, psixologlar ma`ruzachi
bo’lishi mumkin 3 soat ma`ruzadan 1 soati tinglovchilarning savollariga javob
berish va munozaralar uchun ajratiladi.
«Bolalar taqdiri uchun hamma javobgar» degan jurnal chiqarishni amalga
oshirish mumkin. Bu jurnalda oilaviy tarbiyaning eng yaxshi tajribasi bayon
qilinadi, vrach, psixolog, pedagogning maslahatlari yoritiladi. Jurnalga, ota-onalar
va bolalar uchun uncha murakkab bo’lmagan boshqotirmalar, topishmoqlar,
psixolo-pedagogik masalalar, bolalar hayotidan olingan fotosuratlar joylashtirish
mumkin. Jurnal chiqarishda pedagoglar, tibbiyot xodimlari, ota-onalar ishtirok
etishadi. Jurnalga ota-onalar qiziqib qarashadi, jurnal ularni tarbiya muammolari
haqida o’ylashga majbur qiladi.
Nazorat savollari:
1. Ota – onadarni MTM ishiga jalb qilish usul va yo’llari qaysilar. Misollar
keltiring.
2. Ochiq eshiklar kunini tashkil etish metodikasini tushuntiring.
3. Bolalarni MTM ga jalb etish yo’llari namalarda deb bilasiz va bo’lar
qaysilar?
4. Nima uchun ayrim bolalar MTM ga o’z xoxishi bilan kelmaydi? Buning
sababini namada deb o’ylaysiz?
Adabiyotlar:
11. I.A. Karimov ―YUksak ma`naviyat engilmas kuch‖. Toshkent ―Ma`naviyat‖
2008 y.
12. Otamurodov S va boshqalar. ―Ma`naviyat asoslari‖. Toshkent 2002 y.
13. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y
14. O.U.Xasanboeva va boshqalar. ―Oila pedagogikasi‖ Toshkent ―Aloqachi‖
2007 y.
15. O.U.Xasanboeva ―Oilada barkamol avlod tarbiyasi‖. T.., «Fan va
texnologiyalar» 2010 y.
227
16. U.Otavalieva ―Bola tarbiyasida bog’cha va oila hamkorligi‖ Toshkent
―O’qituvchi‖ 1994 y.
17. M.Inomova. Oilada bolalarni ma`naviy axloqiy tarbiyasi. T.: ―O’qituvchi‖,
1999 y.
18. R.To’raqulova Oilada sog’lom muhit va reproduktiv madaniyat. T.:
―O’qituvchi‖ 2005 y.
19. A.K.Munavvarov Oila pedagogikasi. T.: ―O’qituvchi‖, 1994 y.
228
XXI BOB. Pedagogik kabinetning ishi va pedagogi jarayonni jihozlash
Reja:
1. Maktabgacha ta`limga metodik raxbarlik ishining tashkiliy
tuzilishi va vazifalari
2. Pedagogik kabinetning ishi va vazifalari.
3. Metodik ishlarni tashkil etishning shakl va usullari.
4. Metodik ishlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.
Darsning maqsadi: Maktabgacha ta`limga metodik jihatdan raxbarlik qilish
bo’yicha nazariy bilim berish.
Darsning vazifalari: Metodik kabinet ishi, vazifalari uni jihozlash, pedagogik
texnologiya asosida metodik ishlarni tashkil etishning shakl va usullari haqida
ma`lumotga ega qilish.
Tayanch tushunchalar:
XTB – Xalq ta`limi bo’limi.
Metodik birlashma – maktabgacha ta`lim xodimlarining malaka oshirish shaklsi.
Ko’chirma-papka – yig’ma papka, ota-onalar va bolalar muassasalarda biror-bir
mavzu bo’yicha jihozlangan ko’rgazmali vositadir.
Metodiko-pedagogik yig’ilish – bu maktabgacha ta`lim muassasalarning ilk yosh
guruhlarida o’tkaziladigan tibbiy pedagogik kengash.
Ochiq tadbirlar – jamoa bo’lib pedagogik jarayonlarni kuzatish.
Metodik adabiyotlar obzori – bu yangi nashr qilingan o’quv pedagogik adabiyotlar
tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |