engil, dumaloq; o’rtacha – suyak relefi ko’zga tashlanmaydi. CHegaraviy,
patalogiyaga yaqin turlarni alohida qayd etib o’tish lozim – o’ta ozg’in va semiz.
Suyak: tor (ingichka), o’rtacha, keng (og’ir).
Qopqoq shakli: normal, bukri, to’g’ri. Umutqaning oldi va orqa
y’nalishlarga qiyoshayishi kuzatiladi (kifoz va lordoz).
Ko’krak qafasi shakli: yassi, tsilindsimon, qonik va oraliq (tsilindrsimon-
yassi, tsilindsimon-qonik va h.k). ko’krak qafasi shakli oldidan va ynboshdan
aniqlanadi. Ayniqsa deformatsiya va assimetriya kuzatiladi (tovuqsimon,
chuqursimon va h.k).
Oyqlar shakli: normal, X-simon, O-simon.
Oyq kafti shakli: normal, yassi, tarvaqaylagan.
Samotip turni baholashni yuqorida keltirilgan bir necha sxemalar bilan
amalga oshirish mumkin. Alohida qayd etish lozimki, bular hammasi tahminiy
sxemalar, chunki toza holda samotip kam uchraydi. Samotipni vizal baholash y’li
bilan aniqlash tajribasi amaliyt bilan birga to’planadi.
Tabiiyoki, samotipni vizual baholashdan tashqari
o’lchovli baholash usuli
mavjud bo’lib, bunda maxsus antropometrik asboblar qo’llaniladi (tsirkullar, bo’y
o’lchagich, antropomer, lentali santimetr).
Samotip aniqlangandan so’ng, sport qobiliyatlarini baholash lozim. Buning
uchun bir nechta klassifikatsiyalarni qo’llab xulosalar chiqarish mumkin. Masalan,
ektomorf yaxshi tezlik imkoniyatlari va harakatlar orientatsiyasi, qisqa muddatli
yuklamalarni yaxshi ko’taradi va kam hollarda ortiqcha trenirovka qiladi –
Shulardan kelib chiqqan holda unga tezlik va koordinatsiya sifatlarini namoyn
qilish mumkin bo’lgan sport turlari mos keladi. Endomorf mushaklari katta kuchga
ega, lekin jussasining kengligi (semizligi) tufayli undan samarali foydalanmaydi,
demak unga og’irlik ko’tarish va ehtimol kurash kati ixtisosliklar ko’proq mos.
Mezomorf bardoshli, gavda tuzilishi baquvvat, ta’sirchanligi tez, Chaqqonlik va
katta
jismoniykuchga ega; uning sport ixtisosligi miqysi keng.
Albatta, somatik turni baholash – sport ixtisosligini tanlash masalasini
boshlang’ich hal qilishdan boshqa narsa emas. Rivojlanish xususiyatlarini o’rganib
Bolalar va o’smirlarning sport imkoniyatlarini antropometrik usullar
yrdamida baholash uchun nazariy va amaliy tayyrgarlik zarur. Ushbu
yondashuvning katta ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olib jahonning turli
mamlakatlarining olimlari bolalar va o’smirlarning sport imkoniyatlarini baholash
va o’lchashning samotometrik usullarini takomillashtirish ustida ish olib
bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: