3.3.2.Chuqurlashtirilgan sport ixtisoslashuvi bosqichi
Ushbu bosqichning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: kurashchining xar
tomonlama jismoniy tayyorgarligi, sog’lig’ni mustahkamlash, umumiy chidamlilik va
tezkor-kuch sifatlarini tarbiyalash, bellashuvni kombinatsiyali usulda olib borish asoslarini
egallash, maxsus chidamlilikni rivojlantirish, musobaqa tajribasiga ega bo’lish.
Trenirovkaning asosiy uslublari: o’yin, bir tekis, o’zgaruvchan, takroriy, musobaqa,
aylanma.
Trenirovka vositalari: sport o’yinlari, kross yugurish, kurashchining maxsus
mashqlari, akrobatika mashqlari, kichik og’irliklar bilan mashqlar, musobaqa
xususiyatidagi o’quv-trenirovka bellashuvlari.
Ko’rgina mutaxassislar tomonidan shu narsa isbotlanganki, chuqurlashtirilgan sport
ixtisoslashuvi bosqichida kurashchining har tomonlama trenirovkasi katta samara beradi.
Sport kurashida trenirovka jarayonini rejalashtirishda texnik-taktik tayyorgarlikka
ko’r vaqt ajartish lozim, chunki kurashchi katta hajmda hujum harakatlarini o’zlashtirishi
kerak.
Ushbu davrda texnik harakatning to’g’ri biodinamikaviy tuzilmasiga o’rgatishga
harakat qilish zarur. Biroq texnik tayyorgarlikda muvaffaqiyatga erishish ko’p hollarda
kurashchi jismoniy sifatlari rivojlanishining optimal nisbatlariga bog’liq. Ushbu davrda
trenirovka jarayoniga harakatli va sport o’yinlari, shuningdek sport kurashida muhim
ahamiyatga ega bo’lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan kurashchining maxsus
mashqlarini kiritish hisobiga tezkorlikni tarbiyalashni davom ettirishi kerak. Mazkur
davrda o’smir kurashchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga katta e’tibor
beriladi. Bu bosqichda kurashchining egiluvchanligini tarbiyalashni davom ettirish lozim.
Harakat amplitudasini oshirishga yordam beradigan cho’ziltirish mashqlari
egiluvchanlikni rivojlantirishda asosiy bo’lib hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, trenirovkaning ushbu davrida chidamlilikni tarbiyalashga
alohida e’tibor qaratish lozim. Umumiy chidamlilikni tarbiyalash vositalariga kross
yugurish, sport o’yinlari, suzish kiradi.
V.R.Filin va N.A.Fomin (1980) fikricha, srrot mashqlarida chaqqonlikni tarbiyalash,
ya’ni harakat malakalari, ko’nikmalarini egallash, vaziyat o’zgargan paytda harakat
faoliyatini samarali qayta qurish qobiliyatini takomillashtirishga katta o’rin ajratilishi
zarur. Shuning uchun chaqqonlikni tarbiyalash koordinatsion murakkab harakatlarni
egallash hamda to’satdan o’zgargan vaziyat talablariga muvofiq holda harakat faoliyatini
qayta tashkil qilish qobiliyatlarini takomillashtirishni ko’zda tutadi.
Ushbu tavsiyalar sport kurashi turlariga taalluqlidir, bu erda sportchi faoliyati
variantli - to’qnashuvli vaziyatlarda o’tadi.
Kurashchi chaqqonligini tarbiyalashning asosiy vositalari - bu sport o’yinlari,
akrobatika va gimnastika mashqlaridir.
Tiklanish tadbirlari o’smirning kundalik faoliyatida trenirovka mashg’ulotlari va dam
olishning optimal tartibiga erishishga qaratilgan.
Massaj, basseynda suzish, bug’li hammom (haftada bir marta), vitaminlar va
oqsillarga boy ovqatlanish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |