TAYANCh IBORALAR
1. Fonema.
2. Tovush.
3. Fonemalar tizimi.
4. Nutq tovushi.
5. Artikulyatsiya.
6. Akustika.
7. Unlilar.
8. Undoshlar.
ADABIYOTLAR
1. Kamenskiy N.S., Kratkiy vvodn’y kurs fonetiki arabskogo literaturnogo yaz’ka,
Moskva, 1946, str. 10-15.
2. Abdurahmonov ., Rustamov A., Navoiy tilining grammatik xususiyatlari,
Toshkent, 1984, 13-b.
3. Reshetov V.V., Osnov’ fonetiki i grammatiki uzbekskogo yaz’ka,
Toshkent, 1965, str. 12-14.
9
UNLILAR TASNIFI
REJA
1.
Arab tilidagi unli tovushlar tizimi.
2.
Unlilarning akustik xususiyati.
3.
Unlilarning sifat belgilariga ko’ra tasnifi.
4.
Unlilarning miqdor belgilariga ko’ra tasnifi.
Aritulyatsion-akustik va eshitib his etilishi hamda tildagi funktsional hizmati
jihatidan unli va undosh tovushlar o’rtasida katta farq bor.
Artikulyatsion jihatdan unli tovushlarning hosil bo’lishida o’pkadan chiqib
kelayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramaydi. Akustik
xususiyatiga ko’ra unlilar talaffuzida havo oqimi kuchsiz tebranadi. Unlilar musiqa
ohangiga jo’r bo’la oluvchi mayin ohangga egadir.
Unlilarning bir-biridan farqi rezonator vazifasini o’tovchi og’iz bo’shlig’ining
shakliga bog’liq. Og’iz bo’shlig’ining shakli esa til, lab va pastki jag’ning holatiga
bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, unli tovushlar: 1) tilning muayyan tovushni hosil
qiladigan qismi (gorizontal harakatiga); 2) tilning tovush hosil qiladigan qismining
ko’tarilish darajasi (vertikal harakatiga); 3) labning holatiga qarab bir-biridan farq
qiladi.
1.
Tilning gorizontal harakatiga ko’ra unlilar tiloldi, tilo’rta, tilorqa qator unlilarga
bo’linadi. Masalan, tiloldi unlisi i.
2.
Tilning vertikal harakatiga ko’ra yuqori, o’rta, quyi ko’tarilish yoki yopiq, yarim
yopiq, yarim ochiq, ochiq unlilari bilan farqlanadi. Masalan, yuqori ko’tarilish
unlisi u:.
3.
Unlilarning talaffuzida lab ishtirok etsa, lablangan, ishtirok etmasa, lablanmagan
unlilar deyiladi. Masalan, lablangan u.
Unlilarning yuqoridagi klassifikatsiyasi ularning sifat belgilaridir. Unlilar yana
miqdor belgisi bilan, ya’ni unlilarning talaffuz vaqti bilan o’lchanadigan qisqalik va
cho’ziqlik belgilari bilan ham farqlanadi. Bunday unlilar arab tili uchun harakterli
hisoblanadi va ular ma’no farqlash uchun hizmat qiladi.
Arab tilida 6 ta unli fonema bor bo’lib, ularning uchtasi qisqa: (a, i, u) va
uchtasi cho’ziq (a:, i:, u: ) unlilardir.
Arab tilidagi qisqa unlilar a, i, u o’zbek tilidagi a, i, u fonemalariga o’hshashdir.
Cho’ziq fonemalar esa qisqalariga sifat jihatdan mos keladi, ulardan artikulyatsiyani
ko’proq cho’zish bilan farq qiladi.
Arab tilida undoshlar unli tovushlarning talaffuziga ta’sir qiladi. Shuning uchun
unli fonemalar undoshlarning xususiyatiga qarab, yoki o’zgarishsiz, ya’ni fonema
sifatida, yoki vaziyatga qarab fonemaning varianti sifatida talaffuz qilinadi.
SAVOLLAR
1. Arab tilida nechta unli fonema bor?
10
2. Unli tovushlar qanday hosil bo’ladi?
3. Unlilar tilning harakati bo’yicha qanday unlilarga bo’linadi?
4. Unlilar miqdor belgilariga ko’ra qanday unlilarga ajratiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |