Nutqni rivojlantirish. Bu bo‘lim ona tili darslaridagi nutqiy muloqotning
maxsus tashkil etilgan amaliyoti asosiy qismining bajarilishini talab qiladi. Bu
bo‘limda o‘quvchilar nutqiga kiritilishi kerak bo‘lgan so‘zlarning leksik-semantik
guruhlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bo‘limda o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikma va
malakalariga qo‘yilgan talablar murakkablashib boradi. Dasturda ko‘rsatilgan
nutqiy ko‘nikma va malakalar, til materiallari orasida bo‘lim mavzulari alohida o‘rin
tutadi. “Yozish va nutqni rivojlantirish”, “Tevarak olam bilan tanishtirish”. Sinflar
bo‘yicha mavzular taqsimlanishi turlichadir.
Yozma nutqqa o‘rgatish ta’limida o‘quvchilar gap tuzishga, rasmlarni ta’riflashga,
xat yozishga, insho yozishga, badiiy adabiyot qahramoniga xarakteristika berishga
o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |