Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan


Zaif eshituvchi bolalar maktabida o‘quv jarayonini tashkil etish



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

5.3.Zaif eshituvchi bolalar maktabida o‘quv jarayonini tashkil etish 
shakllari 
Maxsus  maktablarda  o‘quv  mashg‘ulotlari  dars  shaklida  olib  boriladi.  Dars 
shaklini  qo‘llash  uchun  qo‘yilgan  barcha  umumiy  talablar  zaif  eshituvchi  bolalar 


95 
 
maktabidagi  o‘quv  jarayoni  uchun  dolzarb  hisoblanadi.  Har  bir  dars  bolalarning 
bilimlarini  rivojlantiradi,  yangi  bilimlarni  o‘zlashtirishda  mustaqillikka 
o‘rgatadi,  tarbiyaviy  masalalarni  hal  qiladi.  U  yoki  bu  chora-tadbirlarni  o‘z  ichiga 
oluvchi  barcha  darslar  bolalarda  mehnatga  bo‘lgan  sevgini,  odamlar  mehnatiga 
hurmatni tarbiyalaydi. 
Zaif  eshituvchi  bolalar  maktabida  o‘tiladigan  dars  maxsus  ta’limga  mos 
keluvchi  xususiy  talablar  bilan  belgilangan  xususiyatlarga  ega.  Bu  xususiyatlar, 
birinchi  navbatda,  maxsus  ta’limning  bosh  muammosi,  ya’ni  o‘quvchilarning 
nutqiy  rivojlanmaganligini  bartaraf  qilish  bilan  bog‘liq.  Barcha  darslar  va 
mashg‘ulotlarning  boshqa  shakllari  qaysi  fan  o‘tilishidan  qat’i  nazar  o‘quvchilar 
nutqini rivojlantirish, ularning nutqiy muloqotini kengaytirish uchun xizmat qiladi. 
O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda quyidagi masalalar hal qilinadi:  
1)  ta’limning  tashkillashtirilgan  shakllarini  tanlash,  ularning  o‘quv 
jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash; 
2) darsdagi yoppasiga, guruhli, yakka ishlarning o‘zaro aloqadorligi; 
3) o‘quvchilarning nutqiy faolligini rivojlantirish bilan bog‘liq faoliyatning turli 
ko‘rinishlari aloqasi; 
4) bolalarning mustaqil ish va mashg‘ulotlari orasidagi optimal munosabatlarni 
o‘rnatish. 
Birinchi  masalaning  hal  qilinishida  mashg‘ulotlarning  mavjud  shakllaridan 
foydalanish  samarali  natija  beradi.  (dars,  yakka  mashg‘ulotlar,  uy  vazifalarini 
bajarish, o‘quv-tarbiya ishlari, sinfdan tashqari ishlar) . 
Zaif  eshituvchilarning  maktabi  boshlang‘ich  sinflarda  eshituv  qobiliyati  va 
talaffuzni rivojlantirish ustida olib boriladigan yakka mashg‘ulotlar muhim ahamiyat 
kasb  etadi.  Maxsus  maktab  o‘quvchilarining  uy  vazifalarini bajarishlari nafaqat dars 
materialini mustahkamlashda maqsad qilib oladi, balki nutqiy amaliyotni kengaytirish 
uchun  ekskursiyalar,  qo‘shimcha  darslar  barchasi  muloqotga  o‘rgatsa,  ikkinchi 
tomondan  nutqni  rivojlantirish  mustahkamlashni  o‘z  ichiga  oladi.  Bunda  nutqni 
shakllantirish bo‘yicha tashkil etilgan ishlar turlicha bo‘lishi mumkin. 
Nutqiy  material  bilan  birinchi  bor  tanishganda,  ekskursiya,  ob’ektlarni 


96 
 
kuzatish, o‘yinlarda leksika va frazeologiyani qo‘llash samarali natija beradi. 
Maxsus  maktablarda  mashg‘ulotlarni  yakkalashtirish,  qatnashuvchilarga  yordam 
ko‘rsatish  ommaviy  maktab  bilan  solishtirganda,  bir  muncha  yuqoridir.  Darsdagi 
ishning  guruhli  shakllari  o‘quvchilar  nutqining  tuzilishini,  shuningdek,  ularning 
muloqotini tashkil etish, o‘rganish imkoniyatini beradi. Yoppasiga, yakka, guruhli ish 
shakllarida darsda o‘zaro tekshirish va o‘zaro yordam munosabatlarini shakllantiradi. 
Bolalar faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchi va tarbiyachi zaif eshituvchilarda 
og‘zaki va yozma mustaqil ishlar olib boradi. Boshlang‘ich bosqichlarda bu masalani 
hal  qilishda  bir  muncha  qiyinchiliklar  duch  keladi.  Bolalarning  mustaqil  ishlari 
ko‘p  xato  va  noaniqliklarni  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Bu  noaniqliklarni 
bartaraf  qilish  o‘qituvchidan  qat’i  yondashishni  talab  qiladi.  Bunday  vaziyatda 
nutqni  takomillashtirish  uchun  zarur  bo‘lgan  nutq  tuzilishi  jarayonining 
qiyinchiliklarini eslash lozim. 
Eng  katta  talab  maxsus  maktablarda  o‘qituvchi  va  tarbiyachining  nutqiga 
qo‘yiladi.  Ularning  nutqi,  deyarli  baland,  intonatsiyasi  saqlanib,  pauzalar  bilan 
ajratilgan bo‘lishi shart. Bunda barcha fikriy va hissiy ifoda vositalari qo‘llanilgan 
bo‘lishi  shart  (mantiqiy  urg‘u,  ritm,  tembr).  O‘qituvchining  nutqi  yaxshi  tushunarli 
bo‘lish  uchun  unda  nutqdan  tashqari  komponentlarning  qo‘llanilishini  talab  qiladi: 
yuzning  mimika  ifodasi  va  tabiiy  imo-ishoralar.  Barcha  mashg‘ulotlarda  o‘qituvchi 
muloqotning og‘zaki shakllari bilan birga yozma va daktil shakllarini qo‘llaydi. Bular 
talaffuz  xatolarini  korreksiyalash,  yangi  leksikani  kiritish,  grammatik  xatolarni 
tuzatish uchun qo‘llaniladi. 
Aytib 
o‘tilgan  vositalar  o‘rganilayotgan  materialning  o‘zlashtirilishi 
bosqichlari, o‘quvchilar nutqiy rivojlanishining darajasiga bog‘liq.  

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish