Bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/102
Sana13.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#173594
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
Bog'liq
Сурдопед янгиси

Tibbiy tasnif (L.VNeyman bo‘yicha). 
 
Karlar : 
I guruh- Eng past chastotalarni qabul qilish (125-250 Gs.); 
                                                           
39
  M. Marschark,  HarryG.Lang, John Albertini - Educating deaf students - Oxford University  
Press, 2006, 304p
 


65 
 
II guruh- 500 Gsgacha chastotalarni qabul qilish; 
III guruh- past va o‘rta chastotalarni qabul qilish (1000 Gsgacha) 
IV guruh- 2000 Gsgacha chastotalarni qabul qilish. 
 
Zaif eshituvchilar:   
1-daraja.  Eshitishni  50  Db.gacha  yo‘qotish.  Bunday  bola  1m.dan  ortiq  masofadagi 
nutqni farqlaydi. 
2-daraja.  Eshitishni  50-70  Db.gacha  yo‘qotish.  Bunday  bola  1m.gacha  masofadagi 
nutqni farq qiladi. 
3-daraja. Eshitishni 70 Db.dan yuqori yo‘qotish. Bunday bola quloq oldida va quloq 
suprasiga aytilgan nutqni ham farqlashi qiyin. 
Eshitish kamchiligidagi nutqiy  rivojlanishlarning  darajasi va xarakteri bir 
qator  sabablar  asosida  yuzaga  keladi.  R.M.Boskis  nutqiy  rivojlanish  darajasining 
quyidagi to‘rt omil bilan aloqadorligini ko‘rsatib o‘tgan. Zaif eshituvchi  bolalarni 
eshitish chastotasi hajmiga qarab kar bolalarnikidek guruhlash to‘g‘ri kelmaydi. 
Chunki  ko‘pchilik  zaif  eshituvchilar  keng  diapazondagi  4000Gs  va  yuqori 
chastotani  qabul  qiladilar.  Har  bir  guruh  zaif  eshituvchilar  tomonidan  ayrim 
gaplarni  eshitish  imkoniyatlari  bo‘yicha  belgilanadi.  1-darajali  zaif 
eshituvchilarda  tovush  diapazonida  eshitishning  pasayishi  50dBdan oshmaydi. 
Ularning chastotalarni qabul qilishi 125-8000Gs atrofida. 1mdan ortiqroq masofada 
so‘zli  tovush  balandligida  gaplarni  ajratish  imkoniyati  bor.  Ular  bilan 
muloqotda  bo‘lish  mumkin.  2-darajali  zaif  eshituvchilarda  tovush  diapazonida 
eshitishning  pasayishi  70dBgacha.  1mdan  kamroq  masofada  so‘zli  tovush 
balandligidagi gaplarni ajratish  imkoniyati bor. Ular bilan muloqotda bo‘lish 
birmuncha  qiyinroq.  3-guruh  tovush  dipozonida  eshitishning  pasayishi  70dBdan 
yuqori.  So‘z  tovushlari  balandligida  gaplarni  ajratish  quloq  oldida  ham 
qiyinlashadi; muloqot qilish faqat baland tovushda quloq yaqinida amalga oshiriladi. 
Zaif eshituvchilarda mustaqil nutq jarayonining qiyinlashuvi, eshitish qobiliyatining  
pasayishi  15-20dBda  hosil  bo‘ladi.  Buni  L.V.Neyman  yaxshi  eshituvchilar  bilan 


66 
 
zaif  eshituvchilar  o‘rtasidagi  taxminiy  chegara  deb  qabul  qilishni  taklif  etadi.  Zaif 
eshituvchilar  bilan  karlar  o‘rtasidagi  taxminiy  chegara  esa  80dBdir.Pedagogik 
tasniflashni  har  bir  surdopedagog  uchun  puxta  bilish,  har  bir  toifa  bolalarni  keng 
ma’noli,  maxsus  bir  maqsadga  yo‘naltirgan  ishlarni  olib  borishga  asos  bo‘lib 
xizmat  qiladi.  Ushbu  tasnif  bo‘yicha  bolalar  maxsus  muassasalarga  yo‘llanma 
oladilar. 
O‘zbekiston Respublikasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning 
 ta’lim tizimi 
Surdopedagogika  taraqqiyoti  davomida  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  shaxslar 
uchun  ta’lim-tarbiya  muassasalari  tizimi  shakllandi.  Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan 
bolalarni  tarbiyalash  va  maxsus  ta’lim  berishda  oilaga  ko‘maklashish  maqsadida 
eshitish va nutq holatiga ko‘ra ikki turdagi maktabagacha muassasalar tashkil etiladi: 
karlar  uchun  va  zaif  eshituvchilar  uchun.  Kech  kar  bo‘lgan  va  nutqini  saqlangan 
bolalar  zaif  eshituvchi  bolalar  uchun  mo‘ljallangan  bog‘chalarda  tarbiyalanadi. 
Guruhlar  yoshiga  ko‘ra  tashkil  etiladi.  Barcha  yosh  guruhlarida  10-12,  murakkab 
nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  guruhida  8  tadan  bola  tarbiyalanadi.Eshitishida  nuqsoni 
bo‘lgan bolalar uchun quyidagi maktabgacha muassasalar tashkil etiladi: 
1.Tajribada karlar  va zaif  eshituvchi, kech  kar bo‘lgan bolalar  uchun yaslilar, 
yasli-bog‘chalarga  bolalar  1,5  yosh,  bolalar  bog‘chalariga  –  3  yoshdan  qabul 
qilinadi.Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalarning  bog‘chalarda  ta’lim-tarbiyasi 
mazmuni  har  bir  turdagi  maktabgacha  muassasa  uchun  dasturlarda  o‘z  ifodasini 
topgan.  
2.  Kar,  zaif  eshituvchi  va  kech  kar  bo‘lgan  bolalar  uchun  internat  tipidagi 
bolalar bog‘chalari. Maxsus bolalar bog‘chalari bo‘lmagan qishloq va shaharlardagi 
eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. 
Tajribada  tayanch-harakat  apparatida  yoki  aqliy  nuqsonga    ega  bo‘lgan  va 
eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  bog‘chalarida  murakkab  nuqsonlilar  guruhiga 
kiritiladi. 
3.  Ommaviy  bolalar  bog‘chalari  va  bolalar  uylarida  eshitishida  nuqsoni 
bo‘lgan  bolalar  uchun  maxsus  guruhlar  bir  xil  yoki  yaqin  yoshdagi  bolalarning 


67 
 
eshitish  va  nutqidagi  kamchiligi  hisobga  olinib  tashkil  etiladi  (kar  bolalar  yoki  zaif 
eshituvchi bolalar uchun). 
4.  Kar  yoki  zaif  eshituvchi  bolalar  uchun  maktab-internatlar  qoshida  4-6 
yoshli bolalar uchun ikki yillik maktabgacha bo‘limlar shahar, viloyatlarda eshitishida 
nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha tarbiya  muassasalari bo‘lmagan 
taqdirda tashkil etilgan. 
O‘rta ta’lim 
Kar, zaif eshituvchi va kech kar bo‘lgan bolalar uchun  maxsus umumta’lim 
maktab-internatlari 
o‘quvchilarning 
ta’lim-tarbiyasini, 
maktab 
ta’limini, 
shuningdek, ularning nuqsonli rivojlanishi korreksiyasini amalga oshiradi. Maxsus 
ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarida ta’lim maxsus o‘quv reja va dasturlari 
asosida amalga oshiriladi. Sinf va tarbiya guruhlari 10-12 nafar, murakkab nuqsonli 
bolalar  uchun  5-7  kishidan  iborat  bo‘ladi.Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  bolalar  va 
kattalar  uchun  ta’lim-tarbiya  muassasalari  tizimida  mazkur  xususiyatlar  hisobga 
olinadi.Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  shaxslar  uchun  maxsus  muassasalar  tizimi 
ma’lum tamoyil asosida tashkil qilingan. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 
maxsus yasli va bog‘chalar, jumladan, internat tipida, maxsus maktablar qoshida ikki 
yillik maktabgacha bo‘limlar tashkil etiladi.Maktab yoshidagi bolalar uchun turli tipdagi 
maktablar  tashkil  etilgan.  Kattalar  uchun  ta’lim  va  kasb  tayyorgarligi  olish  uchun 
muassasalar  tarmog‘i  (kasb-hunar  kollejlari,  o‘rta  maxsus  va  oliy  o‘quv  yurtlarida 
maxsus  guruhlar)  mavjud.  Maxsus  muassasalar  tizimi  eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan 
shaxslar  rivojlanish  xususiyatlarini,  ular  hayotining  turli davrlari  hisobga  olib  tashkil 
etilgan.Karlar uchun maxsus umumta’lim maktab-internati 0-XI sinflar, maktabgacha 
ta’lim olmagan bolalar uchun tayyorlov sinfiga ega. 11- yilda o‘quvchilar ommaviy 
o‘rta  maktab  hajmida  ma’lumot  va  dastlabki  kasb-hunar  tayyorgarligini 
egallaydilar.Zaif  eshituvchi  va  kech  kar  bo‘lganlar  uchun  maxsus  umumta’lim 
maktab-internati  ikkita  bo‘limga  ega.  1-bo‘limda  10  yil  muddatli  ta’lim  (0-X  sinf). 
Eshitishida  nuqsoni  bo‘lgan  va  nutqi  to‘liq  shakllanmagan  bolalar  uchun  II-bo‘lim 
o‘qish muddati 11 yil (0-XP-sinf).Har ikki  bo‘limda o‘quvchilar ommaviy  to‘liq 
o‘rta maktab hajmida ma’lumot va dastlabki kasb-hunar tayyorgarligini oladilar. 


68 
 
Kasb ta’limi 
Maxsus o‘rta umumta’lim va kasb maktabi XIII-XV sinfini qamrab oladi: kasb-
hunar maktablaridagi maxsus guruhlar. Ushbu muassasalar tizimi eshitishida nuqsoni 
bo‘lganlar  uchun  o‘rta  ma’lumot  va  kasb  tayyorgarligini  ta’minlaydi.Maxsus 
maktablarni  bitirgan  o‘quvchilar  kasb  tayyorgarligini  hunar  maktablarida  olishi 
mumkin O‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlarining ayrimlarida  eshitishida nuqsoni bo‘lganlar 
uchun  maxsus  guruhlar  (asosiy  guruhlar  ichida)  ochilib,  ularda  yoshlar  turli 
kasblarni  egallashlari  mumkin.Shuningdek,  boshqa  kasb-hunar  kollejlarida 
eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun maxsus guruhlar (asosiy guruhlar ichida) 
tashkil etiladi. Bunday guruhlarda o‘quv davri eshitadiganlarnikidan 6-8 oy muddatga 
uzaytirilishi  mumkin  (O‘zbekiston  Respublikasi  Karlar  jamiyati  bilan  kelishilgan 
holda).  O‘quv  rejasi  va  mazmuni  esa  eshitadiganlar  o‘qiydigan  o‘quv  reja  va 
mazmuniga  muvofiq  bo‘ladi.  O‘quv  materialini  eshitmaydigan  talabalar  imo-ishora, 
daktil,  yozma  va  so‘zli  nutqdan  foydalanuvchi  (O‘zbekiston  Respublikasi  Karlar 
jamiyati tomonidan ta’minlanadigan) surdotarjimonlar yordamida o‘zlashtiradilar. 
Oliy ta’lim 
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari 
kabi oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqiga egalar. Kar va zaif eshituvchilar barcha 
kasblarni tanlash huquqiga ega. Eshitib nazorat qilish talab etiladigan kasblar bundan 
mustasno. Oliy o‘quv yurtlarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun maxsus 
guruhlar tashkil etiladi. Bunday guruhda tarjimon bo‘lib, u talabalarga o‘quv 
axborotini tushunishda ko‘maklashadi. Oliy o‘quv yurtlarida mazkur maxsus 
guruhlar o‘qish muddati o‘zgartirilmaydi 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish