34
laboratoriya asbob-uskunalari tartibga solinadi, shisha idishlar belgilangan talablar
asosida yuviladi va quritish moslamasiga joylashtiriladi. SHisha idishlar
qurigandan so‘ng tartib bilan shkaflarga taxlab qo‘yiladi.
2.10.
O‘qituvchi va laborantdan o‘quv-laboratoriya jihozlari, asbob-
uskunalari va kimyoviy moddalardan samarali foydalanishda ularning texnik
pasportlari va amaldagi me’yoriy talablarga qat’iy rioya etishlari talab etiladi.
3.
Biologiya o‘quv-laboratoriya xonalaridagi o‘quv jihozlari va o‘quv-
laboratoriya asbob-uskunalaridan samarali foydalanish va ularni saqlashga qo‘yilgan
talablar:
3.1.
Biologiya faniga taaluqli bo‘lgan o‘quv reja va dasturga muvofiq
mavjud jihozlardan foydalangan holda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil
etish;
3.2.
Biologiya o‘quv-laboratoriya xonasiga etkazilgan va mavjud barcha
jihozlardan o‘quv dasturi asosida belgilangan mavzu bo‘yicha amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlarini jihozlardan optimal foydalanilgan holda tashkil etish
talab etiladi.
3.3.
O‘quv-laboratoriya xonasini amaliy mashg‘ulot o‘tkazilganda 2-3
marta havosini almashtirish kerak. Zaharli, uchuvchan moddalar bilan ishlab
bo‘lgandan so‘ng tezlikda idishlar og‘zi tiqinlar bilan zich berkitilishi va parafinlab
qo‘yilishi lozim.
3.4.
Quruq moddalar solingan idishlar shkaf tokchalariga faqat og‘zi
berkitilgan holda qo‘yiladi. O‘quv-laboratoriya jihozlari - shisha idishlar, asboblar
shunday joylashtirish kerakki, har bir jihoz o‘quv yili davomida reja asosida
foydalanish muddatini e’tiborga olingan holda saqlanadi.
3.5.
SHisha va polipropilen idishlar (kolbalar, stakanlar, o‘lchov
menzurkalari,), katta-kichikligiga, turi hamda ishlatish ketma-ketligi va olib turish,
foydalanish uchun qulay bo‘lgan holda doimiy aniq joyda joylattttirilittti talab
etiladi.
3.6.
Suyuq, uchuvchan moddalar, konsentrlangan kislotalar va eritmalarni
quruq moddalar bilan bir tokchada saqlat mumkin emas.
35
3.7.
O‘quv-laboratoriya xonasida yonuvchan moddalar ko‘p miqdorda
saqlat mumkin emas.
3.8.
O‘quv-laboratoriya xonasi uchun ajratilgan barelef modellar qutidan
chiqarilib, quti ustiga va barelef modelning orqa qismiga inventar raqamlari
qo‘yiladi va mashg‘ulotlar vaqtida foydalanilgandan so‘ng tegishli raqamlangan
qutisida (tik holatda) saqlanadi.
3.9.
Namoyish stoli pastki qismi tokchasida kundalik dars davomida zarur
bo‘ladigan buyumlar (filtr va oddiy qog‘ozlar, qisqichlar, qaychi, va boshqalar)
tartib bilan joylashtiriladi.
3.10.
Ko‘rgazmali qurollarni saqlashda proeksion ko‘rgazmali slaydlar,
elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-laboratoriya xonasining salqin
joyida saqlanadi. Yoz vaqtida (ta’tilda) ularni namligi o‘zgarmas holda bir
me’yorda turuvchi metall qutilarda saqlanadi.
3.11.
Mavjud jihozlardan samarali foydalanish va ularni saqlash holatini
ta’lim muassasasining pedagogik kengashida o‘quv yilida kamida bir marta
atroflicha muhokama qilish va samarali foydalanish bo‘yicha berilgan takliflarni
inobatga olish.
3.12.
Mas’uliyatsizlik tufayli xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, mebel va
jihozlarining ishlash muddatlarining qisqarishiga, qismlarining ishdan chiqishga
olib kelgan javobgar shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy va
intizomiy choralar ko‘riladi.
3.13.
Biologiya xonasidagi o‘qituvchi, laborant va o‘quvchilar stollari,
stullari, shkaflar va boshqa turdagi jihozlarni qirilishi chizilishi kabi holatlari va
uning tozaligi uchun o‘qituvchi, o‘quvchining ota-onasi, o‘quvchi hamda ta’lim
muassasining rahbariyati shaxsan javobgar hisoblanadi.
Umumta’lim maktablarining biologiya o‘quv-laboratoriya xonalaridagi
o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali va to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish
maqsadida Respublika ta’lim markazi va tegishli idoralar mutaxassislari
tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmadan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi
36
vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi. Ta’lim muassasalaridagi mebel,
o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va
boshqa inventarlardan samarali foydalanish hamda ularni saqlash to‘g‘risida
yo‘riqnoma (qo‘llanma), Toshkent, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: