82
Oʻlchash natijalari olingan namunalarda sezilarli manfiy magnit qarshilik
mavjuligini koʻrsatdi. Maginit maydon induksiyasi oshishi bilan dastlab magnit
qarshilik iduksiya qiymati B = 1500 mTl yetgunga qadar keskin oshar ekan.
Magnit induksiyasining keyingi oshilarida magnit qarshilik toʻyinar ekan. Tokning
oqish yoʻnalishi va magnit maydoni yoʻnalishlarining oʻzgarishlari bu bogʻlanish
xarakteriga sezilarli ta’sir qilmaydi. Olingan natijalar ferromagnitga tashqi maydon
ta’sirida ionlar magnit momentlarining tartiblashuvi bilan tushintirish mumkin.
Jumladan, magnit maydoni induksiyasining ortishi bilan namunada magnit tartib
yuzaga kela boshlaydi bu esa elektronlarning magnit ionlaridan sochilishini
koʻpaytiradi va musbat magnit qarshilik yuzaga keladi. Magnit qarshilikning
toʻyinishi esa magnit maydoni ta’sirida barcha magnit ionlaring tartiblanib
boʻlganligi bilan tushintiriladi.
83
XULOSA.
Ushbu MDda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar asosida quyidagi
xulosalarga kelindi:
1. Olingan namunalar sirti tasvirlari doimiy magnit maydoni parda
sirtining nisbatan bir jinsli bo’lishini ta’minlar ekan. Bunday fikrga magnit
maydonisiz olingan parda sirtida katta sondagi yorugʻ dogʻlarning mavjudligi olib
keladi.
2. Sitall sirtiga magnit maydonisiz va magnit maydoni bor bo’lgandan
o’tqazilgan mis moddasi yupqa qatlamlari tasvirlari doimiy magnit maydoni parda
sirtining nisbatan bir jinsli bo’lishini ta’minlar ekan. Bu holda gʻadir budurliklar
kattaligi temir moddasi yupqa pardasidagiga qaraganda ancha kichik boʻlar ekan.
3. Sitall sirtiga temir, mis va temir moddalari ketma-ket magnit
maydonisiz va magnit maydoni bor bo’lgandan o’tqazilgan yupqa qatlamlarning
eng ustining tasvirlari ham doimiy magnit maydoni parda sirtining nisbatan bir
jinsli bo’lishini ta’minlar ekan.
4.
Olingan
natijalar
zamonaviy
adabiyotlarda
[1,4,7]keltirilgan
ma’lumotlar bilan yaxshi mos keladi va yupqa qatlamlar hosil bo’lishi
(o’sishining) mavjud mexanizmlaridan Stranskiy-Krastanov mexanizmiga to’gʻri
kelishini ko’rsatadi.
5. Olingan Fe, Cu va Fe/Cu/Fe namunalariga berilgan kuchlanishning
toʻgʻri va teskari qutblarida undan oʻtayotgan tok bilan kuchlanish orasidagi
bogʻlanish chiziqli, ya’ni kontaktlar omik ekan.
6. Namunaga qoʻyilgan kuchlanishning turli fiksirlangan qiymatlari va
qutblarida Cu va Fe/Cu/Fe yupqa pardali namunalar xona va suyuq azot
haroratlarida oʻlchangan magnit qarshiligi ularda manfiy magnit qarshilikka ega
boʻlar ekan. Temperaturaning kamayishi bilan magnit qarshilik kattaligi sezilarli
ortar ekan.
Cu yupqa qatlami namunalarnig VATlariga doimiy magnit maydonining
ta’siri sezilarsiz boʻlar ekan.