Kompyuter (Компьютер, Computer) - ma’lumotlarni qayta ishlovchi va
saqlovchi elektron mashina. Ma’lumotlarni raqamli ko’rinishda qabul qiladi va qayta
ishlaydi. Qayta ishlashda Kompyuter dasturlari qo’llanilib, ma’lumotlar turli
ko’rinishlarga o’tkazilishi mumkin (masalan, analogli).
Login (логин, login) - 1. Foydalanuvchining Kompyuter yoki tarmoqdan erkin
foydalanish jarayoni. 2. Kompyuterdan erkin foydalanishga ega bo’lish uchun
foydalaniluvchi qayd yozuvi nomi. Maxfiy emas. 3. Kompyuterga aynanlash
ma’lumotlarini (odatda qayd yozuvi nomi va parol) uzatayotganda u bilan bog’lanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |