WWW (Всемирная Паутина, World Wide Web) - Internetning xizmat turi
bo’lib, dunyo bo’ylab joylashgan Web-serverlardagi ma’lumotlardan foydalanish
imkoniyatini beradi; Internetda mavjud bo’lgan elektron hujjatlar orasida
gipermurojatlarni tashkillashtiruvchi xizmat.
Xavfsizlik (Безопасность, Safety) - Kompyuter va tarmoqdagi ma’lumotlarni
buzilish va yo’qolishdan saqlash hamda foydalanuvchilar uchun chegaralangan
foydalanish huquqini belgilash.
Xavfsizlik (безопасность, security) - 1. Tizim yoki tarmoq axboroti
muhofazasini, saqlanishi, ishonchliligini va puxtaligini ta’minlash qobiliyati. 2.
Obektning tasodifiy va ataylab qilingan tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyati.
Xavfsizlik ma’muri (администратор безопасности, security administrator)
- ma’sul mansabdor shaxs. U o’rnatilgan ish maromi doirasida ikki davrda o’z
vakolatlariga muvofiq belgilangan tartibda axborot bo’yicha ish olib boradi. Ya’ni, u
ham axborot muhofazasi bilan muntazam shug’ullanadi, ham axborotlashtirish obekti
(ma’lumotlarni uzatish tarmog’i) ni sanoat miqyosida ishga solish va uni ishlatish
bosqichlari davrida zarur muhofaza darajasini ta’minlash bo’yicha ish olib boradi.
Xavfsizlik obekti (объект безопасности, security object) - tizimning passiv
tizimlashgan tashkil qiluvchisi. Unga xavfsizlik uslubiyati qo’llaniladi.
11
Xost (Хост, Host) - maxsus Kompyuter yoki ularning guruhi bo’lib, Internetga
to’g’ridan-to’g’ri ulanadi. Tarmoqdagi boshqa Kompyuterlarga o’z resurslaridan
foydalanish imkoniyatini beradi.
Xosting (Хостинг, Hosting) - mijozlarning Web-saytlarini Web-serverlarda
joylashtirish va doimiy ravishda faoliyat yuritishini ta’minlash xizmati.
Yo’ldosh aloqa liniyasi (Спутниковая линия связи, Satellite
communication line) - axborot manbalari sun’iy yo’ldosh orqali ulanish. Markazdan
yiroqdagi, ya’ni kommunikatsion infratuzilmalar rivojlanmagan hududlarda
foydalanish uchun qulay hisoblanadi.
Yordam liniyasi (Помощь-линия, Help-line) - telefon, kompьyuter tarmog’i
yoki faks orqali beriladigan yordam, konsulьtatsiya.
Zahiraviy nusxalar (резервное копирование, backup procedure) -
kompьyuter disklari, ma’lumotlar bazalari, web- serverlari mazmunidan davriy ravishda
to’la yoki qisman nusxa ko’chirish. Bu axborot yo’qotishdan xalos bo’lishga yordam
beradi. Zahiraviy nusxa ko’chirish operatsion tizim buyruqlari yordamida ham, buning
uchun maxsus yaratilgan qurilmalardan foydalanib ham amalga oshiriladi. Zahiraviy
nusxa ko’chirish paytida band disk makonini kamaytirish maqsadida, ma’lumotlarni
zichlashtirish ham amalga oshiriladi.