Turkum - Salix L. - Tol
Tur - S. babulonica L. - Majnuntol
Bo’yi 8-12 m shox-shabbasi juda chiroyli, manzarali novdalari uzun,
ingichka pastga osilib turadi. Sariq-yashil yoki qizg’ish yaltiroq rangli.
Kurtaklari mayda o’tkir uchli, barglari ensiz lantsetsimon. Majnuntol chiroyli va
tez o’suvchi manzarali daraxt sifatida o’stiriladi.
Oila - Oleaceae - Zaytundoshlar
Turkum - Syringa. L - Siren
Tur - S. vulgaris L. - Oddiy siren
Buta o’simlik bo’yi 3-6 m, gullari oq, pushti yoki qoramtir binafsha rang
ko’sakchasi cho’ziq. May oyida gullab iyunda urug’laydi. Manzarali o’simlik
sifatida ko’plab ekiladi. Hozirgi vaqtda sirenning rang-barang navlari ko’p gul
rangiga ko’ra oqgulli, pushti, havorang gulli navlari bor. Chiroyli manzarali
beruvchi butadir
Do'stlaringiz bilan baham: |