Kirish
Mazkur o’quv- uslubiy majmua "O’zbekistonning foydali o’simliklari" fanidan
"5140101-biologiya " yo’nalishi bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan.
"O’zbekistonning foydali o’simliklari" fani o’quv rejasiga asosan 2-
semetrda mos ravishda 20 ma'ruza va 26 soat amaliyot soatlarda o’qitiladi. Fanni
o’qitishdan asosiy maqsad Biologiya mutaxassisligi bo’yicha ta'lim olayotgan
talabalarga O’zbekistonning foydali o’simliklari, floramizning naqadar boy ekanligi
haqida ma'lumot berish bilan birgalikda foydali o’simliklarning guruhlari, turkum va
turlari haqida, madaniy va tabiiy holda uchraydigan foydali o’simliklar ekologiyasi,
ularning inson xayotidagi roli, ishlatilishi, ahamiyati hamda O’zbekiston
Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan foydali o’simliklarning turlari haqida
tushuncha berishdir.
O’zbekistonning foydali o’simliklari fani bo’yicha bakalavr: O’zbekiston
florasi, O’zbekistonda keng tarqalgan foydali o’simliklar, foydali o’simliklar
klassifikatsiyasi, foydali o’simliklarning inson hayotida tutgan o’rni, ularning
o’simliklar qoplamidagi roli haqidagi tasavvurga ega bo’ladi. Foydali o’simliklarni
sistematik jihatdan aniqlay olishni, foydali o’simliklarning xayotiy shakillarini,
foydali o’simliklar
ekologiyasini, ularning kimyoviy tarkibini, foydali o’simliklarning
zaharli o’simliklardan farqini, o’simliklardan gerbariylar tayyorlashni, foydali
o’simliklar xom ashyosini yig’ish uslublarini bilishi va ulardan foydalana oladi.
Ushbu o’quv -uslubiy qo’llanma beshta qismdan iborat bo’lib, sillabus,
namunaviy va ishchi o’quv dastur, modulni o’qitishda foydalaniladigan interfaol
ta'lim metodlari, ma'ruza materiallari (ma'ruza matni, adabiyotlar ro’yxati, mustaqil
ta'lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va
amaliy mashg’ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro’yxati,
tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari)dan tashkil topgan. Ma'ruza va
amaliy mashg’ulotlar materiallari bo’limlarga ajratilgan holda berilgan.
"O’zbekistonning foydali o’simliklari" fani o’quv uslubiy majmuasini yaratishda
etakchi xorijiy OTM lar o’quv dasturlariga ro’yxatiga kiritilgan asosiy adabiyotlar
hamda James D.Mauseth “Botany an introduction to Plant Biology” USA, 2014.
adabiyotlaridan foydalanildi.
Ўқув-услубий мажмуа “Доривор ўсимликлар ва ботаника”
кафедраси
умумий йиғилишиида куриб чиқилиб, таълим жараёнида қўллашга
тавсия
этилди (1-баённома 2020 йил 27 –август).