Umurtqalilar zoologiyasi


Natijada ko'krak tojning ikki yonidagi katta muskul ko‘rinadi



Download 9,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/296
Sana13.09.2021
Hajmi9,82 Mb.
#172920
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   296
Bog'liq
Umurtqalilar zoologiyasi S Dadayev [uzsmart.uz]

Natijada ko'krak tojning ikki yonidagi katta muskul ko‘rinadi. 
Bu muskul qanotni pastga tushirish uchun xizmat qiladi.  Endi 
ko'krak  tojdan  yon  tomonga  1  sm  joy  qoldirib,  ko'krak 
muskulini  o'rtasidan  taxminan  1,5  sm  chuqurlikda  skalpel 
bilan  uzunasiga  kesing,  kesishni  ko'krak  muskuli  tagidagi 
yaltiroq qatlam ko'ringuncha davom ettiring,  natijada o'mrov 
m uskulini 
ko'rasiz  (81-B  rasm).  Bu  muskul  qush  uchganda 
qanotni yuqoriga ko'tarish vazifasini bajaradi.  Uchish vaqtida 
qanotni pastga  tushirishga  nisbatan  yuqoriga ko'tarish uchun 
kam kuch talab qilinadi, shuning uchun ham bu muskul kichik 
bo'ladi.  Ko'krak muskuli kaptarda qush umumiy og'irligining 
1/5  qismiga to'g'ri keladi.  Endi qaychi bilan ko'krak qafasin- 
ing o'ng va chap yonidagi qovurg'alarini hamda ko'krak kama-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lining suyaklarini  kesib,  ko'krak qafasini ajratib  oling  (81-V 
rasm).
Odatda yuqoridagi ishlami bajarganda o'mrov osti arteriyasi 
va boshqa qon tomirlari kesilganligi uchun ulardan oqqan qon 
preparatni ifloslaydi. Shuning uchun quyilgan qonni yuvib tash- 
lang. Tana bo'shlig'ini ochish uchun uning devorini o'rtasidan 
kesib, hosil bo'lgan parchalami yon tomonlarga ag'darib qo'ying. 
Bu  va  bundan  keyingi  operatsiyalarda  albatta  yupqa  devorli 
havo xaltachalariga zarar yetadi. Shuning uchun havo xaltacha­
larining o'pka bilan bog'liqligini in’eksiya qilingan preparatda- 
gina ko'rish mumkin.
Ichi  yorilgan  kaptarda  ichki  organlarining  umumiy joyla­
shishi bilan tanishgach, quyidagi tartibda ayrim organlar siste­
masi o'rganiladi  (82-rasm).
Ovqat  hazm  qilish  sistemasi.  Kaptarda  ko'pgina  qushlar- 
dagidek, ovqat hazm qilish sistemasida og'iz bo'shlig'i va halqumi- 
dan  keyin  uzun  qizilo'ngachi  kelib,  u  keng jig'ildonni  hosil 
qiladi (83-rasm).
Jig'ildon  tomoq  tagiga  o'rnashgan  bo'lib,  ovqatni  o'zida 
vaqtincha  saqlaydi.  Shu  bilan birga  ovqat bu  yerda dastlabki 
kimyoviy  ta’sirga  uchraydi.  Kaptar jig'ildonining  devori  tu­
xum ochish davrida “sut” deb ataladigan maxsus zardobsimon 
suyuqlik ajratadi,  kaptar shu suyuqlik bilan bolalarini boqadi. 
U  ko'pchilik hollarda bo'yin terisini kesishda  zararlanadi.

Download 9,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish