Ishning mazmum: qushni yorish.
Ishni yangi jonsiz
lantirilgan kaptar yoki tovuqning ko'krak, qorin va bo‘ynidagi
patlarni yuiib, tozalash bilan boshlash lozim. So'ngra qushni
chalqanchasiga vannachaga yotqizib, avvalo ko'kragidan va
bo'ynidan terisini shilib, ko'krak muskullarini oching. Buning
uchun te-rini pinset bilan ushlab yuqoriga ko'taring va qaychi
bilan uni bo'yiga kesib chiqing (kesikning oldingi uchi tumshuq
asosigacha, keyingi uchi kloaka teshigigacha bo'lsin). So'ngra
terini yon tomonidagi muskullardan ajrating. Ajralgan teri par
chalarini yon tomoniga ag‘darib qo'ying (81-A rasm).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |