Umurtqalilar zoologiyasi


-mashg‘ulot.  SUDRALIB  YURUVCHILAR-



Download 9,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/296
Sana13.09.2021
Hajmi9,82 Mb.
#172920
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   296
Bog'liq
Umurtqalilar zoologiyasi S Dadayev [uzsmart.uz]

12-mashg‘ulot.  SUDRALIB  YURUVCHILAR- 
NING  TASHQI  VA  ICHKI  TUZILISHI
Ob’ektning  sistematik  holati
Tip. 
Xordalilar  —  Chordata
Kenja  tip. 
Umurtqalilar  —  Vertebrata  yoki
Bosh  skeletlilar 
—  Craniata
Katta  sinf. 
To‘rt  oyoqlilar  —  Tetrapoda
Sinf. 
Sudralib yuruvchilar  -  Reptiha
Turkum. 
Tangachalilar  -  Squamata
Kenja  turkum. 
Kaltakesaklar  -  Sauria  (Lacertilia)
Vakil.  Ildam  kaltakesak  -  Lacerta  agilis  L.
Kerakli  materiallar  va  jihozlar:  kaltakesak,  suv  iloni 
yoki  toshbaqa  (iloji  bo'lsa  mashg'ulot  oldidan  endigina 
o'ldirilgan  kaltakesak),  vannachalar,  skalpel,  qaychi,  pinset, 
preparo-val ninalar, to'g'nog'ich ninalar, paxta, doka ro'molcha, 
qo'l lupasi. Tayyor fiksatsiya qilingan ho'l va quruq material­
lar (kaltakesak, suv iloni va toshbaqaning tashqi ko'rinishi va 
ichi  yorilgan  holdagilari),  sudralib  yuruvchilar turli vakillari­
ning tulumlari hamda  ulaming tashqi ko'rinishi,  ichki tuzili­
shi,  qon aylanish sistemasi sxemasi va siydik-tanosil sistemasi 
aks  ettirilgan jadvallar.
M ashg'ulotning  maqsadi:  ildam  kaltakesak  misolida 
sudra-lib  yuruvchilar  sinfi  vakillarining  tashqi  va  ichki  tuzil­
ishini o'rganish.
Ishning  mazmuni:  dars  o'tish  uchun  ilova  qilingan  ildam 
kaltakesak bo'lmagan  taqdirda  kaltakesaklaming  boshqa  tur­
laridan ham foydalanish mumkin.
Kaltakesakni jonsizlantirish  uchun  usti  mahkam  yopiladi- 
gan shisha idish solib, ichiga efir yoki xloroformda ho'llangan 
paxta bo'lagi tashlanadi.  15—20 minut ichida shisha idishdagi 
kaltakesak jonsizlanadi  va o'rganishga  tayyor bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali 
hayvonlarning  birinchi  sinfi  hisoblanadi.  Ular  quruqlikda 
yashashga  moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususi­
yatlari  borligi  bilan  suvda  ham  quruqlikda  yashovchilardan 
farq  qiladi.
Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv 
sistemasi,  ayniqsa  bosh  miyasi  va  sezgi  organlari yaxshi  rivoj­
langan.  Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo'lib, kulrang 
miya  moddasidan  iborat  po'stlog'i  bor.  Shuning  uchun  ham 
reptiliyalarda  nerv-reflektor  faoliyati  ancha  murakkablashgan. 
Sudralib yuruvchilaming progressiv xususiyatlari ulaming  ske­
leti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Yer ustida harakat 
qilishi tufayli ulaming  tanasi  amfibiyalarnikiga  nisbatan qism­
larga aniq bo'lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sez­
gi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin 
umurtqalarining ko'payishi va ayniqsa birinchi bo'yin umurtqa­
si — atlant,  ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi 
rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim.  Ulaming ko'p- 
chiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan.  Bu esa reptiliyalar nafas 
olishining  ancha  takomillashganligidan  dalolat  beradi.  Sudra­
lib  yuruvchilar  faqat  o'pka  orqali  nafas  oladi,  yaxshi  rivojlan­
gan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor.  Ulaming terisi 
quruq,  teri  bezlari  bo‘lmaydi,  leiisi  muguz  tangachalar  yoki 
qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilaming yuragi am- 
fibiyalamikiga  o'xshab  uch  kamerali  bo'lsada,  lekin  ular-ning 
yurak  bo'lmalari  orasida  to'siq  va  yurak  qorinchasida  chala 
to'siq paydo bo'lgan.  Shuningdek,  reptiliyalaming arterial oqi­
mi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mus­
taqil  qon tomirga bo'lingan.
Sudralib  yuruvchilaming  ayirish  organlari  ham  ancha  ta- 
komillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. 
Amfibiyalardan farq qilib,  sudralib yuruvchilaming barchasida 
otalanish  ichki.  Ular asosan  pergament  yoki  ohak  moddadan
www.ziyouz.com kutubxonasi


iborat, qattiq po‘st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlik- 
ka  qo‘yadi.  Tuxumda  sariqlik  moddasi  ko‘p  bo'ladi.  Shuning 
uchun  ham  ulaming  rivojlanishi  o'zgarishsiz  boradi,  ya’ni  tu- 
xumdan  chiqqan  bolasi  voyaga  yetgan  ota-onasiga  o'xshaydi. 
Ayrim  turlarigina  suvda  yoki  quruqlikda  tirik  tug adi.  Yuqori 
umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudra­
lib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat — 
murtak pardasi hosil bo'ladi.  Murtak pardalarining biri — am- 
niotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruv­
chilar,  qushlar  va  sutemizuvchilar)  amniotalar  deb  ataladi, 
embrional  rivojlanish  davrida  murtak  pardasini  hosil  qilmay- 
digan tuban umurtqalilar (to'garak og'izlilar, baliqlar va suvda 
ham  quruqlikda  yashovchilar)  esa  anamniyalar  deb  ataladi.
Laboratoriya  mashg'ulotida  o'rganish  uchun tayyorlangan 
kaltakesakni  yorib,  ichki  tuzilishini  kuzatishdan  oldin  tashqi 
tuzilishi  bilan  tanishib,  gavdasining  bo'limlarga  bo'linishiga, 
ya’ni bosh,  bo'yin,  tana,  dum va oldingi hamda orqa oyoqla- 
riga e’tibor bering. Terisini tekshirganda unga xarakterli belgi- 
laridan bo'lgan muguz tangachalarini ko'zdan kechiring.  Bo­
shida  ko'zlarini  joylashishi,  ularni  tashqi  tuzilishiga  hamda 
burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering. Pinset 
bilan kaltakesakning og'zini  ochib,  tishlari,  uchi  ikkiga  ajral­
gan yupqa tilini qarab o'rganing.  Kaltakesak tilini pinset bilan 
oldingi tomonga cho'zib torting va uning tubidagi nafas teshi­
gi  —  xoanalarni,  hiqildoqni,  orqarog'ida  esa  qizilo'ngach 
teshigini toping.  Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida 
joylashgan kloaka teshigini toping.  Kaltakesakning oyoqlarini 
ko'zdan kechiring va uning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa 
umurtqali  hayvonlar oyog'i singari  tuzilganligiga,  barmoqlari 
uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering.  Son qismining ostki 
tomonidagi shoxsimon bo'rtmachalarga o'rnashgan qator teshik- 
chalarni  qorin  tomondan  izlab  toping,  bu  teshiklar  —  son 
teshiklaridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 9,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish