12-BOB.
PARRANDACHILIK FERMALARIDA TEXNIKA
VOSITALARIGA SERVIS XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMI
12.1. Parrandachilik fermalarida texnika
vositalariga servis xizmati ko‘rsatishning
ahamiyati va tarkibiy qismlari
Parrandachilik fermalaridagi texnologik jaryonlarning yil davomida
bir xilda davom etishi ulami bajarish uchun ishlatiladigan texnika
vositalarining yil davomida to‘xtovsiz ishlashini ta’minlaydi. Bu esa o‘z
navbatida texnika vositalarining ishga yaroqlilik koeffitsiyentining yuqori
boiishini talab etadi. Shuning uchun parrandachilik fermalarda uning tu-
ri, hajmi va mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishidan qat’y nazar ishonchli
faoliyat ko‘rsatadigan texnika vositalariga qarov ko‘rsatish tizimi bo‘lishi
lozim ( 12.1-rasm).
Texnika vositalariga qarov o ‘tkazish, ya’ni servis xizmatini tashkil
etishning hozirgi vaqtda juda ko‘p usullari mavjud. Lekin bizning
Respublikamizda azaldan xalq xo‘jaligiga tadbiq etilib kelinayotgan
va sinalgan turi, ya’ni rejali-ogohlantiruvchi tizimi mavjud. Bu turning
mohiyati shundan iboratki ma’lum vaqt o ‘tgandan keyin texnika vosita-
12. l-rasm.
Parrandachilik fermalarida texnika vositalariga servis xizmati
ko‘rsatish tizimi.
150
larining holati nazardan o‘tkaziladi, texnik qarov o‘tkaziladi, lozim bo‘lsa
ta’mirlanadi. Bu ishlarni o‘tkazish vaqti, bajariladigan ish hajmi, texnik
vositalaming tuzilishi, ishlash sharoiti, kun davomida ishlash vaqti va
boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Parrandachilik fermalaridagi texnika vositalariga o ‘tkaziladigan
rejali-ogohlantiruvchi tizim quyidagi turlarga boiinadi.
Pan^mdachilik fermalarda tashkil etiladigan rejali servis xizmati o ‘z
navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
- kunlik servis xizmati;
- servis xizmati № 1;
- servis xizmati №2.
*
Kunlik servis xizmatida bajariladigan asosiy ishlar:
- mashinalami tozalash va yuvish;
- mashinalaming tashqi birikmalarini tekshirish va qotirish;
- mashina va qurilmalarda/ moy oqish-oqmasligini tekshirish va
bartaraf etish;
- mashina va qurilmalarning moylash qismlarini tekshirish va lozim
bo‘lgan hollarda moylash;
- mashina va qurilmalarning yurgizish va himoyalash mexanizmlarini
tekshirish va sozlash;
- mashina va qurilmalarning ishchi qismlarini tekshirish.
Kunlik servis xizmati fermalarda ishlatiladigan texnika vositalarining
to ‘xtovsiz ishonchli ishlashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega va
mashinalarga servis xizmati ko‘rsatishdagi jami ishlaming 70 % gacha
bo‘lgan miqdorini tashkil etadi.
Servis xizmati №1 va servis xizmati №2 larda, kunlik servis xiz-
matidagi barcha ishlar bajariladi va undan tashqari har bir mashina va
qurilmaning xususiyatlariga va ishlashiga qarab individual holda qo‘-
shimcha ravishda turli xil ishlar bajariladi, jumladan: moylarni almash-
tirish; mashina va qurilmalarning ishlab chiqarish mexanizmlarini
rostlash; diagnostika-tekshirish ishlarini bajarish; texnika vositalarini
mavsumiga moslashtirib rostlash; ichki moylash tizimlarini tozalash va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: