Lizosomalar. Differensial sentrifugalash metodi bilan mitoxondriya va mikrosomalar orasida
alohida zarrachalar va ularning to`plamlari tafovut qilinadi. Bu zarrachalar - belgiyalik bioximik De
Dyuv tomonidan ochilgan bo`lib lizosoma (yunon. lysis - eritish, soma - tana) deb ataladi. Ular
kislotali sharoitda ta’sir etuvchi gidrolitik fermentlarga boy. Lizosomalar sut emizuvchilarda, qushlar,
amfibiylarda va boshqa hayvon va odam organizmi hujayralarida topilgan.
Elektron mikroskop ostida zarrachalar kattaligi o`rtacha - 0,4 mkm bo`lib, dumaloq shaklga
ega. Bu tanachalar bir konturli, qalinligi 8 nm keladigan qobiq bilan o`ralgan. Lizosomalar moddasi
turli xil tabiatli bo`lib, ko`pincha, qoramtir ko`rinishga ega. Lizosomalar qobig`i buzilganda gidrolitik
fermentlar ajraladi. Lizosomalarda hozirgi davrgacha 40 dan ortiq ferment (kislotali fosfataza,
kislotali ribonukleaza, arilsulfataza, beta-glyukuronidaza, beta-galaktozidaza, katepsin va boshqalar)
aniqlangan. Lekin lizosomalarda lipidlarni (xususan, fosfolipidni) erituvchi fermentlar bo`lmaydi.
Shuning uchun lizosomalarda parchalangan moddalardan (fosfolipidlardan) tashkil topgan
miyelinsimon struktura qoladi.
Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida moddalarni hazm qilishdagi
rolidir. Bu xulosa fagotsitoz qiluvchi hujayralarda lizosomalarning ko`p bo`lishi bilan tasdiqlanadi.
Birlamchi va ikkilamchi lizosomalar farqlanadi.
Birlamchi lizosomalarga Golji kompleksi atrofida joylashuvchi va kislotali gidrolizlarga mo`l
mayda vezikulalar (yig`uvchi granula) kiradi. Birlamchi lizosomalar ichida hali hech qanday
parchalanayotgan moddalar yo`q.
Ikkilamchi lizosomalar fagotsitoz va pinotsitoz jarayonida hujayraga tushgan moddalarning
birlamchi lizosomalar bilan birlashuvi natijasida hosil bo`luvchi lizosomalardir (16-rasm).
16-rasm. Lizosomalar. Hujayra ichida modda parchalanishining elektron mikroskopik
sxemasi.
1-Endoplazmatik to`r; 2- yig`uvchi granula; 3 -autofagiya qiluvchi vakuola; 4- endotsitoz;
5-fagosoma; 6-lizosoma; 7-hazm qiluvchi vakuola; 8-qoldiq tanacha; 9-
chiqarish (I. V. Almazov
va L. S. Sutulovdan, 1978).
Ikkilamchi lizosomalarning ikki turi farqlanadi: a) fagolizosomalar yoki geterofagosomalar.
Bu lizosomalar fagotsitoz jarayonida hujayraga tushgan moddalarni birlamchi lizosomalar bilan
31
qo`shilishidan hosil bo`ladi; b) autofagosomalar birlamchi lizosomalarni nobud bo`layotgan
mitoxondriya, ribosoma, endoplazmatik to`r komponentlarini va ba’zi boshqa tuzilmalarni qamrab
olishi hisobiga hosil bo`ladi.
Qoldiq tanachalar yoki telolizosomalar. Gidrolitik parchalanish natijasida ba’zi moddalar
oxirigacha parchalanmaydi va lizosoma ichida parchalanmagan moddalar yig`iladi. Bu lizosomalarni
qoldiq tanacha deb yuritiladi. Qoldiq tanachalar qavatli tuzilmalarni hosil qilishi mumkin. Ba’zan
qoldiq tanacha ichida pigmentlar yig`ilishi mumkin. Qari odamlarda miya nerv hujayralarida, jigarda
va mushak to`qimalarida qarilik pigmenti «lipofustsin» to`planadi.
Lizosomalarning hosil bo`lishi Golji kompleksi bilan bog`liq. Birlamchi lizosomalar mayda
pufakchalar yoki zich tanalar shaklida Golji sisternalari atrofida joylashadi. Kislotali fosfatazaning
Golji kompleksida bo`lishi lizosomalarning hosil bo`lishida Golji kompleksining roli borligini
ko`rsatadi. Lizosoma fermentlari esa endoplazmatik to`rda sintez bo`ladi. Lizosomalar takomilining
boshqa manbai plazmatik membrana xisoblanadi. Bu membranadan pinotsitoz va hazm vakuolalari
hosil bo`ladi. Ana shu vakuolalar, birlamchi lizosomalar bilan birlashadi. Bu holatni hujayraga har xil
yot moddalar - xren peroksidazasi, kolloid oltin va boshqa moddalar kiritilib tekshirilgan
eksperimentlarda ko`rish mumkin.
Har xil patologik jarayonlarda lizosoma fermentlari sintezining buzilishi, birlamchi
lizosomalar rivojlanishining kuchayishi yoki susayishi ular membranasining erishi va gidrolizlarning
sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |