Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Tog`ay  to`qimasining  hujayra  elementlari



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Tog`ay  to`qimasining  hujayra  elementlari.  Tog`ay  to`qimasida  2  xil  asosiy  tog`ay 

hujayralari: xondrotsitlar va xondroblastlar (yoki xondroblastotsitlar) farq qilinadi. Xondrotsitlar oval 

yoki yumaloq bo`lib, hujayra yuzasida mikrovorsinkalar tu-tadi. Hujayralar hujayralararo moddadagi 

maxsus  bo`shliqlarda  yakka-yakka  yoki  to`p-to`p  bo`lib  joylashadn.  To`p-to`p  bo’lib-joylashgan 

hujayralar  umumiy  bo`shliqda  yotib  bir  dona  boshlang`ich  hujayraning  bo`linishi  natijasida  hosil 

bo`ladn. Bu to`p hujayralar izogen gruppa deb nomlanadi. Har bir hujayrada bitta yoki ikkita yadrocha 

tutuvchi  yumaloq  yadro bo`ladi. Hujayraning sitoplazmasi  bir oz bazofil  bo`lib, tor halqa shaklida 

yadro  atrofini  o`raydi.  Hujayra  organellari  ko`p  emas.  Rivojlanayotgan  tog`ay  hujayralar 

sitoplazmasida  ko`p  miqdorda  mitoxondriyalar,  Golji  kompleksi  va  endollazmatik  to`r  joylashadi. 

Tog`ay  hujayralarini  gistoximik  usullar  bilan  o`rganilganda  unda  glikogen,  lipidlar  mavjudligini 

hamda  bir  qator  fermentlarning  (ishkoriy  fosfataza,  lipaza,  oksidaza)  yuksak  aktivligi  aniqlangan. 

Tog`ay  hujayralarining  ikkinchi  turi  xondroblastlardyr.  Ular  tog`ay  usti  pardasining  ostida,  tog`ay 

to`qimasining  periferiyasida  joylashgan  bo`lib,  yassilashgan  shaklga  ega  va  yakka-yakka  bo`lib 

hujayralararo moddada yotadi. 

Xondroblastlar  xondrotsitlarga  nisbatan  kengroq  sitoplazmaga  ega  bo`lib,  ribonuklein 

kislotaga  boy  bo`lganligi  sababli  sitoplazmasi  bazofil  bo`yaladi.  Elektron  mikroskop  ostida 

xondroblast  hujayralarida  endoplazmatik  to`rning  parallel  membranalari  ko`rinadi.  Bu  holat 

hujayraning 

yuqori 

sintetik 

faoliyatidan'darak 

beradi. 


Sitoplazmada 

glikogen 

va 

mukopolisaxaridlarning  katta  to`plamlari  aniqlanadi.  Ba’zan  endoplazmatik  to`r  membranalari 



hujayra qobig`iga  yaqinlashadi. Hujayraning bunday tuzilishi sekret ishlovchi hujayralarga xos-dir. 

Xondroblastlar takomillashish natijasida xondrotsitlarga aylanadi. 

Tog`ay ustida qon tomir kapillyarlariga boy bo`lgan biriktiruvchi to`qima yotadi. Qon tomirlar 

va  nerv  oxirlari  atrofida  uzun  fibroblast  tipidagi  hujayralar  va  kollagen  tolalarning  tutamlari 

joylashadi.  Bu  tuzilma  tog`ay  usti  pardasi  -  perixondr  (yunon.  peri  -oldi,  chondros  -  tog`ay)  deb 

nomlanadi.  Tog`ay  to`qimasining  oziqlanishi,  regsneratsiyasi  va  ba’zi  bir  gistoximik  xususiyatlari 

tog`ay usti pardasiga bog`liq. Tog`ay usti pardasida qon tomirlari joylashgan siyrak tolali biriktiruvchi 

to`qimadan  iborat  tashqi  qavat,  o`zida  xondroblastlar  va  ularning  boshlang`ich  hujayralari  bo`lgan 

prexondroblastlar tutuvchi ichki qavat ajratiladi. Tog`ay usti pardasining bevosita  ostida duksimon 

shaklga  ega  yosh  xondrotsitlar  joylashadi.  Perixondr  tog`ay  to`qimasining  o`sishida  va 

regeneratsiyasida  muhim  o`rin  tutadi.  Bundan  tashqari,  tog`ayning  hujayralararo  moddasida  qon 

tomirlar  yo`qligi  uchun  moddalar  diffuziya  yo`li  bilan  tog`ay  usti  pardalaridagi  qon  tomirlardan 

boradi.  Tog`ay  usti  pardasi  yo`q  joyda  (bo`g`im  tog`aylarida)  oziq  moddalar  sinovial  suyuqlikdan 

diffuziya yo`li bilan kiradi. Tog`ay hujayralararo moddasi kolloid bo`lgani uchun suv va tuz o`tishi 

osondir.  Tog`ay  oziqlanishining  yomonlashuvi  tog`ay  hujayralararo  moddasida,  ayniqsa,  gialin 

tog`ayida Ca

++

 tuzlarining o`tirishiga olib keladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish