Antilimfotsitar globulin bilan davolash-splenektomiya va boshqa davo choralari samara
bermaganda qo’llaniladi.Preparat 120-160 mgdan kunda 1 mahal 10-15 kun davomida vena ichiga
quyiladi.Preparat darrov gemoglobin va eritrotsit,neytrofillar miqdorini 2 baravarga
oshiradi.Limfotsitlar va trombotsitlar miqdori esa davo tugaguncha pasayib turadi. Antilimfotsitar
globulin bilan davolash infeksion-yallig’lanish asoratlariga ,gemorragik sindromga,terida urtikar
toshmalar toshishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |