Sog‗lomlashtirishga qaratilgan dam olish industriyasi;
Ehtiyojni qondirishni boshqarish va individual, shuningdek, jamoa foydalanadigan
xizmatlar, takliflarni rag‗batlantirish tizimini tashkil etish (reklama, imidjmeykerlik va hokazo).
Har xil o‗yinlar, mexanik o‗yinlardan tortib, elektron, kompyuter va boshqa
vositalardan foydalanish;
3
SHunday qilib ―ommaviy madaniyat‖ – bir o‗lchamli hodisa emas. U o‗ziga xos tur
va darajaga egadir. Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning
uchta asosiy darajasini ko‗rsatadilar;
Kich – madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)
Mid – madaniyat (―o‗rtamiyona‖ madaniyat);
Art – madaniyat (ma‘lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat).
―Kich‖ so‗zi nemislarning ―kitschen‖ olmoshidan hosil bo‗lgan va saviyasi past,
arzon va jo‗n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san‘at durdonalari soyasida
paydo bo‗ladigan bo‗sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‗oya va
syujetlarni qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‗ralashib qolgan qatlamga
mo‗ljallangan madaniyat asarlarini yaratish.
Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an‘anaviy
madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita
taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‗ljallangan ommaviy
madaniyatdir. Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an‘anaviy madaniyat
standartlariga yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba‘zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida
turini –
popmadaniyat va
rokmadaniyatni ham ko‗rsatadilar, chunki hayot ularning ham
yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko‗rsatdi.
Buning boisini amerikalik siyosatshunoslar ham tanolishdi. Bu haqda Zbignev
Bjezinskiy shunday degan edi: ―Agar Rim dunyoga – huquqni, Angliya – parlamentni, Fransiya
– madaniyat va milliy respublikachilikni bergan bo‗lsa, AQSH – dunyoga ilmiy-texnika
revolyusiyasini va ommaviy madaniyatni tortiq qildi‖.
AQSHda bo‗sh vaqt, ya‘ni dam olishni sanoat asosiga ko‗chirgan. Aholining badiiy
jihatdan unchalik yuksak bo‗lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu talablarni shakllantirish)
maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, ―ayollar‖ romani)
dunyoga keldi. SHuningdek, arzon-garov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning
g‗oyasi va o‗lchami bitta – odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish, musiqa
janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi.
XX asrda
jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa madaniyatini
o‗zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning tomiri negrlarning an‘anaviy
madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora
tanlilarning ―sprichuels‖, regtaym va blyuz kabi o‗ziga xos o‗yinlarini eslatib turadi.
XX asrda o‗yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. U bo‗sh
vaqtni o‗tkazish vositasiga aylandi. Dansing va diskotekaga sig‗inish yuzaga keldi. Musiqa
shaklining rivojlanishi, eskilarining yo‗qolishi va o‗yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga
sabab bo‗ldi. 1920 yillarda
“CHarlston” modada bo‗lsa, keyinchalik uning o‗rnini
“step”,
Do'stlaringiz bilan baham: