YOsh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda komil inson, ijtimoiy hamkorlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag„rikenglik tamoyillarining ahamiyati.
Komil inson --milliy istiklol mafkurasining asosiy g‗oyalarilan biri. Komil inson g‗oyasi
va uni amalga oshirishga bo‗lgan itilishlar insoniyat sivilizatsiyasining ma‘no –mazmunini
tashkil qiladi
YUrtimiz mustaqil bo‗lib, o‗z oldiga ezgu maqsad–kelajagi buyuk davlat barpo etish
vazifasini qo‗ygandan keyin, sog‗lom va barkamol insonni voyaga etkazish muhim ustuvor
amaliyotga aylandi. Bu haqda Prezident I.Karimovning quyidagi fikri diqqatga sazovordir: «Biz
sog‗lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishimiz kerak. Sog‗lom kishi deganda, faqat jismoniy
sog‗lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‗oyalar ruhida kamol topgan
insonni tushunamiz»
197
. YUrtboshimiz ilgari surgan fikrdan ko‗rinib turibdiki, bugun
jamiyatimizga sog‗lom fikrli, barkamol insonlar kerak.
Tarixga nazar tashlasak, har qanday jamiyatda komillikning eng asosiy ko‗rsatkichi
insonning ezgullika, ijtimoiy baxt-saodatga, gumanistik g‗oyalarga munosabatida hamda ularga
asoslangan amaliy faoliyatida namoyon buladi. YA‘ni jamiyatning umumiy rivojiga, insoniyat
sivilizatsiyasiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi komillik mezoni insonni, shaxsni barkamol qilish
orqali jamiyatni baxtli-saodatli qilishdan iborat bo‗lib kelgan.
Komillik mehr-muruvvat, adolat, to‗g‗rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat
kabi ko‗plab asl insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir.
Kishilik tarixidan ma‘lumki, komillik sifati faqatgina insonga nisbatan qo‗llaniladi.
Komil inson azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma‘naviyatini uzviy bir qismi bo‗lib
kelgan.
197
Каримов И. Фзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. –Б.57.
Zardo‗tishtiylikning muqqaddas kitobi «Avesto»da halol mehnat komillikning asosiy
mezoni sifatida talqin etilagan. Komil inson g‗oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada kenroq
ma‘no-mazmun kasb etgan.
Insondagi komillik, eng avvalo uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat erkinligini
anglashidadir. SHu ma‘noda buyuk yunon faylasufi Suqrotning «O‗z-o‗zingni bil» , degan
da‘vati ham insonning o‗z nasl-nasabini, hayot mazmunini, kishining kelajak avlodlari oldidagi
mas‘uliyat va majburiyatini anglashga qaratilgan chaqiriqdir.
«Ey darvesh, axloqiy xislatlarla bezanmagan, o‗zini tanimagan odamlar ko‗p, ammo ular
hali komil emas. Go‗zal xislat-la bezangan bo‗lib, lekin o‗zini tanimaganlar bor. Bular ham
komil emas. Binobarin, insonning kamolotga erishishi tugal axloqqa ega bo‗lish va o‗z-o‗zini
tanish bilan amalga oshadi»
198
., deydi mutasavvuf mutafakkir Aziziddin Nasafiy
Har bir kishi yaxshilik, ezgulik, haqiqat, oliyjanoblikka taqlid qilishga urinsagina
komillikka intilganligi ayon bo‗ladi.
YUrtimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - inson tafakkurida
«o‗z-o‗zini anglash», «o‗zlikni anglash», «o‗zinig haqiqiy dunyoqarashiga, tafakkuriga ega
bo‗lish» vazifasi turibdi.
Sir emaski, hozirgi jamiyatimizda ham kiyinishda, mol-dunyo yig‗ishda, so‗zlashishda
va hatto san‘atda ham taqlid qiluvchilar topiladi, bu esa insonni haqiqiy tafakkur tarzidan
yiroqlashtiradi. Har bir inson o‗z hatti-harakatida, ijodida o‗z vijdoni, tafakkuri bilan yondashishi
insonning haqiqiy mohiyatini ko‗rsatadi.
«Bugungi kunimizga xos xususiyatlardan biri millatning o‗zligini anglashidir. Nihoyat,
qaysi zamonda yashayotganimizni his etish, qanday go‗zal va qadimiy yurt farzandi ekanimizni
tugal anglash fursati keldi. Hayotimizda, umuminsoniy qadriyatlarga intilish bilan birga, SHarq
falsafasi munosib o‗rin topyapti
199
.», deydi Prezident I.Karimov.
Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash
haqidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma‘naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan
bog‗langan.
Abu Nasr Forobiy yozadi «Aqlli deb shunday kishiga aytamizki, unda o‗tkir aql zehn-
idrok bo‗lishi bilan birga, u fazilatli ham bo‗lsin. Bunday kishi o‗zining aql-idrokini yaxshi
ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o‗zini saqlashga va tortishga qaratgan bo‗lmog‗i
lozim shunday odamnigina aqlli va to‗g‗ri fikr yurituvchi deb atash mumkin. To‗g‗ri fikrlashga
intilmoq axloqning asosi mana shu
SHunday asosga ega aholigina insonni yomonlikdan, loqaydlikdan va ahloqsizlikdan
halos etadi. Abu Ali ibn Sino «Donishnoma» asarida nazariy va amaliy ilmlarni ta‘riflab, Amaliy
ilm ham uch turga bo‗linishi zarur birinchisi- mamlakatni idora qilish, ikkinchisi- uyni idora
qilish deydi. Inson aytib o‗tilgan ilmlardan ikkitasini o‗rganmasligi mumkin, lekin albatta o‗z-
o‗zini idora qilishni, nega dunyoga keldim, yashashdan maqsad nima, Vatanga halqqa nima
berdim deb o‗ziga-o‗zi savol berishi kerak SHudagina inson loqaydlikka, befarqlika,
qat‘iyatsizlikka, ikkiyuzlamachilikka ko‗r-ko‗rona taqlidga qarshi chiqadi, insoniylik
xususiyatlarini takomillashtirishga kirishadi.
«Komil inson» masalasi Bedil asarlarida ham muhim o‗rin tutadi.
Buyuk shoir va mutafakkir Mirzo Bedil komil insonning o‗zini tanishga, buyukligini
anglashga da‘vat etadi. Uning ta‘kidlashicha, insonda nafaqat ikki dunyoning asrori mujassam,
balki u ikki dunyodan ulug‗roqdir.
Mirzo Bedil inson komilligini tahlil etishda, boshqa tasavvuf shoirlaridan farqli tarzda
insondan ilohga qarab boradi.
Inson-tilsimotlar va sehru san‘at koni, ayni vaqtda, iztirob va poklanish, tinimsiz kamolot
ham insonga xos.
198
Қаранг: Азизиддин Насафий. Зубдат ул ҳақойиқ (Ҳақиқатлар қаймоғи)-Т.: Камалак. 1995. -Б. 39.
199
Каримов И. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2 жилд.-Т.: Фзбекистон. 1996.-Б. 296.
Inson dunyoga kelgach, o‗z-o‗zini tanishga majburdir, degan g‗oyani ilgari suradi Bedil.
CHunki, dunyodagi mavjudot ichida eng aqlli va eng ongli mavjudot insondir. Bedil nuqtai
nazariga ko‗ra, insonda uch xil kuch bor:
1. Jismoniy kuch.
2. Aqliy kuch.
3. Ruhiy kuch.
200
SHu uch kuchning mukammalligi insonni kamolotga undaydi. SHoir tasavvuricha,
jismoniy kuch belgisi insonning harakati, mehnat qilishidir.
Aqliy quvvatning allomati esa insonning o‗zini, borliqni, YAratganni bilishi, atrof-muhit
va o‗zgalarga munosabatini anglashi.
Ruhiy kuchning belgisi-insonning Xudoni bilishga urinishidir. Iymon-e‘tiqod ham ruhiy
kuchdan bahra oladi. Mirzo Bedil insonning kamoloti haqida fikr bildirganda, insonning
vujudidagi ilohiylik, uning komilligiga asos bo‗lishini isbotlashga harakat qilganligini
ko‗rishimiz mumkin. Insonni sevish,ilm, axloqiy fazilatlar, ruhni poklash inson kamolotining
mezoni sifatida qaraladi. Bedil dunyoqarashidagi axloqiy qadriyatlar umumlashgan holda komil
inson vujudida aks etadi.
Komil inson- erkin inson. Uning uchun aql va ko‗ngil ozodligidan ortiroq baht yo‗q.
Komil inson uchun eng muhimi – xalq tashvishi, doimo El oldida o‗rtanib yashashdir.-
YAngi davlatchilik konsepsiyasiga ko‗ra, buyuk davlatni sog‗lom, barkamol insonlargina
yarata oladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda barkamol insonlarni tarbiyalash davlatimiz oldida
turgan nihoyatda dolzarb vazifadir, ya‘ni, Avloniy so‗zi bilan aytganda, «Tarbiya bizlar uchun
yo hayot, -yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat –yo falokat masalasidir»
201
Komil inson g‗oyasini milliy istiqlol g‗oyasidan ajratib bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda
komil insonning mohiyati avvalo jamiyatni barkamol qilish yo‗lidagi sa‘yi harakatlarida
namoyon bo‗ladi.
Komil inson va jamiyat munosabatlarida o‗zaro bog‗liq bo‗lgan ikki jarayonni ko‗rish
mumkin:
1. Komil insonning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir qilishi. Komil inson g‗oyasining
mavjudligi va u bilan bog‗liq amaliyot jamiyat rivojlanish darajasini belgilaydigan me‘zon
sifatida namoyon bo‗ladi. Zero, biz har qanday jamiyatni unda yashayotgan kishilarni hatti-
harakatlariga qarab baholaymiz.
2. Jamiyatning xarakteri uning komil insonni tarbiyalash borasidagi imkoniyatlarida unga
bo‗lgan munosabatida namoyon bo‗ladi, ya‘ni erkinlik, mustaqillik komil inson g‗oyasini amalga
oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratadi. SHuning uchun ham O‗zbekistonda komil insonni
tarbiyalash uchu ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy tashkiliy vazifalar qboli bo‗lmaydi.
Komil inson – ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo‗lgan, odamzotga xos
eng yuksak ma‘naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan. Uni hamisha ezgulikka
undaydigan oliyjanob g‗oyadir.
Komil inson g‗oyasi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Jismoniy barkamollik, aqliy barkamollik, ma‘naviy barkamollik, milliy qadriyatlarga sodiqlik,
umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish.
200
Мыминов И. Мирза Бедил. –Т.: Фан. 1964. –Б.69.
201
Авлоний А. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. –Т.: Фқитувчи. 1992. –Б.14.
Do'stlaringiz bilan baham: |