Didaktik o’yin. Didaktik o’yin texnologiyalari mazmun-mohiyati Didaktik
o’yinlar texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda kata
ahamiyatga ega. 12 Didaktik o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va
harakatli hamda aralash o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy,
jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirlik, mehnat va boshqa
ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan
o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va
qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik
o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli,
ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter
vositasidagi didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlar
o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o’lchash,
yasash, sanash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish,
guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o’rgatish, nutq o’stirish, til
o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga
yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi. Didaktik o’yinlardan alohida foydalanish orqali
boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni
amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud
bo’lib, ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy
o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni
funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi.
Bularning orasida dilaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega. O’yinlar maktab
yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanali. Bu esa pedagog va
psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning ta’limtarbiyaviy
ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos
bo’ladi. Natijada, oldingi asrning 60 –yillari boshidan AQShda, so’ngra boshqa
g’arb mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshladi. Ishchanlik o’yinlari
tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat
deb ta’kidlaganlar. 13 Didaktik o’yinlarning yana bir turi – aqliy hujum usulini
birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb
nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi: -muammoli vaziyat
yaratish: -g’oyalarni shakllantirish: -eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baholash va
uni yechish bo’yicha iloji boricha ko’p, ba’zan, batamom kutilmagan g’oyalarni
berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg’uloti samaradorligini
belgilaydi. Didaktik o’yin texnologiyasi tushunchasi. Didaktika (grekcha
“didaktikos” – o’qituvchi, “didako” o’rganuvchi), texnologiya – qo’yilgan
maqsadga erishish yo’lida qo’llaniluvchi usul, metod va ta’sirlar
89
majmuasi(zamonaviy g’arb sostiologiyasi ta’rifi). Didaktik o’yin texnologiyalari
maqsadi: bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning shaxsiy faoliyati
tavsifida bo’lishini ta’minlash. Mohiyati: o’quv axborotlarini qayta ishlash va
o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil bilish faoliyati. Mexanizmi: o’quvchilarni
ijodiy faoliyatiga jalb etishning o’yin metodlari. Didaktikaning asosiy turkumlari
o’qitish, o’rganish, o’rgatish, ta’lim berish,bilim, bilish, ko’nikma, shuningdek
maqsad, mazmun, tashkil qilish, turlar, shakllar, metodlar, vositalar, o’qitishdan
iborat bo’lib, didaktika – o’rgatish va ta’limning maqsadi, mazmuni, metodlari,
vazifalari, ta’limni tashkil qilish, erishilgan natijalar to’g’risidagi fandir. Didaktik
o’yin texnologiyasi – bu ta’lim berish jarayonida, ko’zlangan maqsadga erishish
yo’lida, usul va metodlar majmuasini, o’quvchilarga o’yin yordamida ta’limni
tashkil etishga qaratilgan. Didaktik o’yin jarayonida o’quvchilar o’yin qoidalariga
qat’iy rioya qilishga o’rganadilar, inoqlik his – tuyg’ulari, dunyoqarashlari
shakllanib boradi. Ayniqsa, o’yin jarayonida ularning idroki, zexni, xotirasi, bilim
olish ishtiyoqi va extiyoji mustaxkamlana boshlaydi, ziyrakligi, diqqati, topqirligi,
ortib boradi. O’quvchilarning istedodi, ijodiy, qobilyati namoyon bo’la boshlaydi.
14 Didaktik o’yin texnologiyasi, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida
maktabgacha ta’lim, boshlangich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, akademik listey va
kasb – hunar kollejlarida va oliy ta’limda, ta’lim(tarbiya) samaradorligini oshirish
va aniq bir maqsadga erishish uchun didaktik o’yin texnologiyasini qo’llash
metodlari,shakl va usullarini tatbiq etish maqsadiga qaritilgan. Bu davrda bola
atrof muhitni o’rganish, turli xil eshitgan ertaklarini obrazlarini yaratish, yaxshi –
yomonni ajrata boshlaydi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bollarga ta’lim(tarbiya)ni
yosh hususiyatiga ko’ra tashkil etilishi kerak, didaktik o’yinlar ko’rgazmalilik va
o’yinga qaratilgan bo’lib bu davrda, bolani toliqtirmaslik, zeriktirmaslik
imkoniyatini beradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga didaktik o’yin
metodlari turli xilma – xil tarzda tashkil etish mumkin. Qo’g’irchoqlar, rasmlar,
tarqatma materiallar va turli xil geometrik shakllardan foydalanish mumkin.
“O’yla, top” o’yini. Bu o’yin boshlang’ich sinf va undan yuqori sinf o’quvchilari
bilan o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Mazkur o’yinda ma’lum bir kasbga oid
so’zlar olinib, boshlovchi biror kasb egasiga taqlid qilib xarakat qiladi, o’yin
ishtirokchilari bu xarakat qaysi kasbga oid so’zni ifodalashini topishlari kerak.
Bekitilgan so’z kartochkaga yozilgan bo’lib, so’zni to’g’ri topgan o’quvchiga
ko’rsatiladi. Albatta , to’g’ri javob topgan o’quvchilar g’olib bo’ladi. “Kim ko’p
so’z biladi” o’yini. Ushbu o’yin xam o’quvchilarning lug’at boyligini o’stirishga
katta yordam beradi. Buning uchun sinf 2 guruxga bo’linadi va xar gurux bir uchun
aloxida topshiriq beriladi. 1-gurux o’quvchilariga ikki tomoni bir xil unli bilan
yoziladigan, ikkinchi guruxga esa ikki tomoni bir xil undosh yoziladigan, so’zlarni
doskaga yozish topshiriladi. Masalan: 1-gurux: ikki, alla kabi. 2-gurux: qiziq, katak
90
kabi. Xar bir gurux o’quvchilari birma-bir chiqib, so’zlarni yozadilar. So’z
topolmay to’xtagan gurux yutqazgan xisoblanadi. “Kim nima qiladi?” o’yini.
O’quvchilar 2 guruxga bolinib, doska yoniga xar bir guruxdan bittadan o’quvchi
taklif etiladi. Doskaga birinchi gurux ishtiokchisi “kim?”so’rag’iga javob
bo’ladigan so’zlarni yozsa,ikkinchi gurux 15 ishtirokchisi “nima qiladi?”
so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni yozsa, ikkinchi guruh ishtirirokchisi “nima
qiladi?” so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni yozadi. Natijada yig’iq gaplar
vujudga kelishi kerak: 1 – guruh Shifokor, davolovchi, vrach, o’qituvchi,
o’quvchilar, qishloq, shamol, gullar, paxta, yomg’ir,quyosh. 2 – Davolaym, shifo
beradi, o’qitadi, o’quvchilar, sayraydi, esadi, o’sadi, ochiladi, yog’adi, isitadi.
Qolgan ishtirokchilar esa gaplarni daftarlariga ko’chirib oladilar. Bunda
o’quvchilarning yozma savodxonligi ham hisobga olinadi. Qaysi guruh a’zosi
topshiriqni bexato bajarsa, shu guruhga “rag’bat” kartochkasi beriladi. Iqtidorli
ilg’or o’quvchilarga ushbu ish turini ijodiy davom ettirish, ya’ni so’zlarning
sinonimlari vositasida boyitishga yordam beradi. “Kim tezroq?” o’yini. Har bir
guruh a’zosiga yig’iq gaplar beriladi. O’quvchilar esa ushbu gaplarni yoyiq
gaplarga aylantirib, daftarlariga yozishlari lozim. Bahor. Daraxtlar gullaydi. Gullar
ochiladi. Qushlar sayray boshlaydi. Navro’zi olam kirib keldi. Doshqozonlar
qaynaydi. Sumalaklar pishadi. Mashqni hammadan tez, to’g’ri va bexato bajargan
o’quvchi yuqori baho yoki ball qo’yib rag’batlantiriladi. “Gapni davom ettir”
o’yini. Bu o’yinning qoidasiga ko’ra, bir o’quvchi bitta qisqa gap aytadi, boshqa
o’quvchi aynan shu gapga so’z qo’shib boraveradi. Masalan: 1 – o’quvchi: Men
ko’ylak tikdim. 2 – o’quvchi: Men chiroyli ko’ylak tikdim . 3 – o’quvchi: Men
kecha chiroyli ko’ylak tikdim va h.k. Qaysi o’quvchi so’z qo’sha olmasa yoki
xatoga yol qo’ysa, o’yinni tark etadi. 6 – 7 daqiqalik o’yin mobaynida ishtirokchi
bo’lib qolgan o’quvchilar g’olib bo’ladilar va baholanadilar. “Maslahat zanjiri”
o’yini. Bunda o’quvchilar bo’sh vaqtni o’tkazish uchun taklif kiritishlari, ya’ni
ularning har biri bugun kechqurun, ertaga tushdan keyin yoki dam olish kunlari
nima bilan shug’ullanishlarini aytishlari kerak. 16 Masalan: 1 – o’quvchi
kechkurunlari men musiqa bilan shug’ullanaman. 2 – o’quvchi: Men esa bobom
bilan shaxmat o’ynayman. 3 – o’quvchi... 4 - o’quvchi: Men esa... Kim o’z taklifini
to’g’ri ayta olmasa yoki aytilgan fe’lni takrorlasa, o’yindan chiqadi. O’yinda
oxirigacha qolgan g’olib bo’ladi. Boshlang’ich ta’lim davrida o’quvchilarning
aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga
ega. Didaktik o’yinlar o’quvchilar aqlini charxlaydi, so’z boyligining oshishi,
og’zaki nutqining rivojlanishida, mukammal inson bo’lib kamol topishida g’oyat
katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. Didaktik o’yinlar jarayonida, o’quvchilar o’yin
qoidalariga qat’iy rioya qilishga o’rganadilar, inoqlik his – tuyg’ulari,
dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ayniqsa o’yin jarayonida ularning idroki, zehni,
91
xotirasi, bilim olish ishtiyoqi va ehtiyoji mustahkamlana boshlaydi, ziyrakligi,
diqqati, topqirligi ortib boradi. O’quvchilarni iste’dodi, ijodiy qobiliyati namoyon
bo’la boshlaydi. Ta’lim jarayonida didaktik o’yinlar o’quvchilarning yosh
hususiyatiga ko’ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni
yengillashtirishga, ko’rgazmalilikni ta’minlashga qaratilgan bo’lib, o’quvchilarni
toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkoniyatini yaratadi. Didaktik o’yinlar xilma – xil
tarzlarda tashkil qilish mumkin. Qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar, rasmlar va
tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Didaktik
o’yinlar maqsadiga ko’ra 4 omilni o’z ichiga oladi. 1.O’yinning vazifasi.
2.O’yinning harakati. 3.O’yinning qoidasi. 4.O’yinning yakuni. 17 Har bir didaktik
o’yinni boshlashdan oldin o’quvchilarga o’yinning qoidasi, mazmuni, yakuni
nimadan iborat ekani o’qituvchi tomonidan tushintiriladi. O’quvchilar uni
tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Didaktik o’yinlar texnologiyalari
o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o’quvchi
shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi va rivojlantirishning amaliy
echimlarini aniqlash va amalga oshirishda kata ahamiyatga ega. Didaktik
o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash
o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy,
psixologik, estetik, badiiy, tadbirlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda
ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini
oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik o’yinlardan
foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va
boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi
didaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega . Didaktik o’yinlar o’quvchilarda tahlil
qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o’lchash, yasash, sanash,
kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki
jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob o’rgatish, nutq o’stirish, til o’rgatish, yangi
bilimlar o’rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan
o’yinlarga ajratiladi. Didaktik o’yinlardan alohida foydalanish orqali boshqa
usullar yordamida erishish qiyin bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga
oshirish ko’zda tutiladi. Turli o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib,
ular shu fanlarni sifatli o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o’yinlar
nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni funksional,
mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga ajratiladi. Bularning
orasida dilaktik o’yinlar alohida ahamiyatga ega. O’yinlar maktab yoshidagi
bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanali. Bu esa 18 pedagog va psixolog
olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning ta’limtarbiyaviy ahamiyatini
o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo’ladi.
92
Natijada, oldingi asrning 60 –yillari boshidan AQShda, so’ngra boshqa g’arb
mamlakatlarida ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshladi. Ishchanlik o’yinlari
tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat
deb ta’kidlaganlar. Didaktik o’yinlarning yana bir turi – aqliy hujum usulini
birinchi marta 1939 yilda A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb
nomlagan. U muammolarni quyidagicha echishga asoslanadi: -muammoli vaziyat
yaratish: -g’oyalarni shakllantirish: -eng yaxshi g’oyalarni tekshirish, baholash va
uni yechish bo’yicha iloji boricha ko’p, ba’zan, batamom kutilmagan g’oyalarni
berish uchun eng qulay sharoit yaratilishi aqliy hujum mashg’uloti samaradorligini
belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |