Pedagogika va aniq fanlar


O‘quvchini psixologik xususiyatlariga mos keladigan kasb-hunarga yo‘naltirish



Download 5,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/168
Sana10.09.2021
Hajmi5,62 Mb.
#171128
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI OQITISH METODIKASI

O‘quvchini psixologik xususiyatlariga mos keladigan kasb-hunarga yo‘naltirish 
kerak.  Inson  ruhiyatini  o‘rganish,  tadqiq  qilish  va  rivojlantirishga  jiddiy  e’tibor 
berish  masalasi  barcha  davrlarda  ham  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  yetakchi 
vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. 
Bugun barcha taraqqiy etgan mamlakatlar birinchi navbatda, o‘z fuqarolarining 
ma’naviy,  intellektual,  jismoniy  va  ruhiy  barkamolligiga,  undan  ijtimoiy 
manfaatlar  uchun  samarali  foydalanish  yo‘llarini  izlashga  e’tibor  qaratayotganini 


 
 
87 
 
ko‘rishimiz  mumkin. Misol uchun, ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq 
uning  kelajagi  to‘g‘risida  o‘ylaydi.  Farzandlarining  qiziqishi  va  qobiliyatini 
kuzatish orqali ularning kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishini aniqlashga harakat 
qiladi.  Shunday  ekan,  maktab  jamoasi  va  ota-onalar  o‘quvchi-yoshlarni  kasb-
hunarga  yo‘naltirishda  turli  yosh  davrlariga  oid  psixofiziologik  bilimlarga  ega 
bo‘lishlari  uchun  maktab  amaliyotchi  psixologlari  psixologik  ma’rifat  ishlarini 
talab  darajasida  olib  borishlari  hamda  yosh  davrlariga  xos  amaliy  bilimlarga 
tayangan holda faoliyatini tashkil etishlari kerak. 
Jumladan,  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilarini  erta  yoshdan  kasb-hunarga 
yo‘naltirish  umumta’lim  maktablarida  ta’lim-tarbiya  ishlari  bilan  birgalikda  olib 
boriladigan  uzluksiz  jarayonlardan  biri  sanaladi.  Boshlang‘ich  sinflarda  kasbga 
yo‘naltirish  ishlari  dars  va  darsdan  tashqari  soatlarda  o‘quvchilarning  yosh 
xususiyatlarini inobatga olgan holda kasb turlari bilan tanishtirish hamda o‘yinlar 
orqali ularda turli kasblarga bo‘lgan ilk qiziqishlarini aniqlashdan iborat. Shuning 
uchun  1-sinfda  kasbga  yo‘naltirish  mashg‘ulotlari  o‘yin  tarzida  tashkil  etilishi 
lozim. 6-7 yoshga kelib bola biror-bir buyumni qismlarga bo‘lib, ularni yana qayta 
yig‘a oladigan bo‘ladi. Ammo bu qobiliyatning rivojlanishi boladagi badiiy, ijodiy 
faoliyatning  paydo  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Shuni  inobatga  olgan  holda 
mashg‘ulotlarni  bolalarning  qiziqishlariga  qarab  rejalashtirish  kerak.  Bolalarga 
ertaklarni  tinglash  va  muhokama  qilish,  unga  o‘z  fikrini  bildirishi,  rebus,  turli 
boshqotirmalarni 
yechish 
bilan, 
ularning 
aqliy-intellektual 
qobiliyatini 
rivojlantirish orqali kasbga bo‘lgan ilk qiziqishi rivojlantirib boriladi. 
12-13  yoshga  kelib  esa  o‘quvchilarni  ko‘plab  mashhur  insonlar  –  olimlar, 
yozuvchilar,  bastakorlar,  rassomlarning  ilm-fanga,  adabiyot,  musiqa  va  san’atga 
bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirib borish mumkin. 
15-16  yoshlarda  o‘quvchilarni  kasbiy  ma’lumotlar,  kasblarning  insonlarga 
qo‘yadigan  talablari,  mehnat  jarayonlarining  xususiyatlari,  mazkur  kasblarni 
egallash  borasida  o‘quvchilar  o‘rtasida  har  xil  so‘rovnomalar,  suhbatlar  tashkil 
etish maqsadga muvofiq. Ularni o‘ziga yoqqan kasbga qat’iy qiziqish hosil qilishi 
uchun  zarur  ma’lumotlar  bilan  tanishtirish,  to‘g‘ri  maslahatlar  berib,  o‘zining 
individual-psixologik  xususiyatlariga  mos  keladigan  kasb-hunarga  yo‘naltirish 
foyda  beradi.  Mazkur  ishlarning  dastlabki  bosqichi  albatta,  umumiy  o‘rta  ta’lim 
maktablarida  faoliyat  yuritayotgan  psixologlar,  kasbga  yo‘naltiruvchilar,  fan 
o‘qituvchilari, sinf rahbarlari tomonidan olib boriladi. 
Xulosa  o‘rnida  aytish  mumkinki,  kasb-hunarga  tayyorlash  o‘quvchilarni 
barkamol  shaxs  sifatida  tarbiyalash,  ijodkorlik  qobiliyatlari,  ko‘nikma  va  shaxsiy 
sifatlarining  shakllanishida  muhim  bosqich  bo‘lib,  o‘quv  fanlari  va  darsdan 
tashqari mashg‘ulotlarga ijodiy yondashish, ta’lim jarayoni hamda kasbiy tarbiyani 
muammoli ta’lim asosida umumlashtirishga asos bo‘ladi. 


 
 
88 
 

Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish