Korporativ madaniyat – 1) korxonada tashqi va ichki
integratsion muhitga uzoq muddatli moslashuv jarayonida mehnat
jamoasi a’zolari orasida shakllangan xatti-harakat shakllari;
2) mehnat jamoasining barcha a’zolari tomonidan qabul
qilingan va jamoada umumiy xulq-atvorni belgilovchi qoidalar
majmui.
Kadrlar siyosatining ijro etilishini ta’minlovchi moddiy-
texnika bazasi – korxonanining kadrlar siyosati ijrosini moddiy-
texnik qo‘llab-quvvatlash manbalari; korxonadagi kadrlar bo‘limi
tomonidan mavjud texnik imkoniyatlardan samarali foydalanilishi;
mehnat resurslari boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha menejer va
mutaxassislarga tashkil qilinadigan ta’lim jarayoni uchun zarur
o‘quv va texnik asbob-uskunalari; kadrlar siyosatini tashkil etish,
boshqarish va ijro etishni moliyalashtirish manbalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |