Personal salohiyati – xodimlarning professional darajasini
belgilovchi ko‘rsatkichlar, jamoa oldida joriy vaqt va istiqboldagi
muammolarni hal qilish imkoniyatlari. Xodimlarning ta’lim va
kasb-hunar ko‘nikmalarini, shaxsi, yoshi va jinsiga doir jismoniy
rivojlanish xususiyatlarini ifodalovchi mezon.
Professional standart - korxonada insonning salohiyatini
boshqarish uchun kerakli miqdordagi bilim va malaka, ish uslublari,
ko‘nikma, qobiliyat, mayl, mehnat bilan bandlik darajasining
me’yoriy talablari.
Reaktiv uslubdagi kadrlar siyosati - kadrlar siyosatining bir
turi hisoblanib, xodimlarning mehnat jarayonida salbiy holatlarga
yo‘l qo‘ymasliklari uchun kuchli nazorat mexanizmi va ijtimoiy-
mehnat munosabatlarida yuzaga keluvchi muammolarning oldini
olish maqsadida belgilangan korxona rahbarlarining maqsadli
tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |