Attestatsiya jarayonini baholash uslublari
11-jadval
Uslub nomi
Uslubning qisqacha
tavsifi
Natija
1. Manbashunoslik
(bibliografik)
Kadrlar ma’lumoti,
kadrlarni hisobga olish
varag‘i, shaxsiy arizalar,
avtobiografiya, ma’lumot
haqidagi hujjatlar,
tavsifnomalar tahlili
Oilasi, ma’lumoti,
lavozim o‘sishi,
fe’l-atvor
xususiyatlari
haqidagi mantiqiy
xulosalar
2. Intervyu olish yoki
suhbatlashish
Inson haqida qo‘shimcha
ma’lumotlar olish uchun
avvaldan tuzilgan yoki
erkin shaklda “savol–
javob” orqali xodim
bilan suhbat o‘tkazish
Savolnomaga
kiritilgan
javoblarga ko‘ra
tahlil qilish
3. O‘zini baholovchi
anketa to‘ldirish
Shaxsiy xususiyatlarni
shaxsan baholash va
ularni keyin tahlil qilish
uchun maxsus anketa
yordamida so‘rov
o‘tkazish
Bo‘sh ish o‘rniga
da’vogar anketasini
tayyorlash
4. Ijtimoiy
so‘rovnoma
Turli toifalardagi,
baholanayotgan inson
(rahbar, hamkasb, qo‘l
ostidagi xodim)ni yaxshi
biluvchi xodimlar
o‘rtasida anketa so‘rovi
va shaxsiy xususiyatlar
diagrammasini tuzish
Insonni ijtimoiy
baholash anketasi
bo‘yicha uning
xususiyatlari
diagrammasi
5. Tashqi kuzatuv
Lahzali kuzatuvlar va
ish kunini fotosuratga
olish uslubi bilan
baholanayotgan
xodimni norasmiy (dam
olishda, maishiy
hayotda) va ish
jarayonida kuzatish
Kuzatuv to‘g‘risida
hisobot
147
11-jadvalning davomi
6. Test yordamida
so‘rov o‘tkazish
Kasbiy bilim va
mahorat, ruhlanish
qobiliyati, shaxs
psixologiyasini maxsus
testlar yordamida
aniqlash va maxsus
“kalitlar” uslubida
ularni tahlil qilish
Xodimning
psixologik
portretini
shakllantirish
7. Ekspert baholari
Korxonaning ekspertlar
guruhlarini
shakllantirish, ish joyi
sifat talablari majmui
yordamida ideal yoki
real ish joyiga ekspert
bahosini berish
Ish o‘rni modeli
8. Favqulodda hodisa
Favqulodda vaziyatni
sun’iy yaratish va
xodimning o‘sha jara-
yondagi harakatlarini
kuzatish (mojaro,
murakkab qaror qabul
qilish, kulfatda o‘zini
tutishi, xatto, ayollarga
bo‘ladigan munosabat)
Hodisa ro‘y
berganda
xodimning xatti-
harakati haqida
hisobot
9. Amaliy
ishchanlikni
aniqlovchi o‘yinlar
o‘tkazish
Tashkiliy, amaliy va
texnik o‘yinlar o‘tka-
zish, ma’lum bilimlar
va mahoratni tahlil
qilish, o‘yinchilarning
rollarini mavqei
bo‘yicha taqsimlash
chiqish(“g‘oyalar
generatori”, “tashki-
lotchi”, “ekspert”, “ish
yurituvchi”,
“kuzatuvchi” va sh.k.)
O‘yinni
tashkillashtirish
to‘g‘risida hisobot
berish.
O‘yinchilar va
ularning ijro etgan
rollarini baholash
148
11-jadvalning davomi
10. Qo‘yilgan
baholarni qo‘shimcha
talablarga muvofiq
darajalash
Baholanayotgan
xodimlarni o‘zaro
boshqa uslublar bilan
qiyoslash va tanlangan
mezonlar bo‘yicha
darajalarning kamayishi
yoki ko‘payishi ko‘ri-
nishida joylashtirish
(guruhdagi o‘rni)
Xodimlar
(nomzodlar)ning
darajalangan
ro‘yxati
11. Imtihon (sinov,
biznes-reja himoyasi)
Kasbiy bilimlar va
mahorat borasida
baholanuvchini
muayyan fan (muam-
molar doirasi) bo‘yicha
oldindan tayyorligini
nazorat qilish va
imtihon komissiyasi
oldida so‘zga chiqish
Biznes-reja
baholari keltirilgan
imtihon varag‘i
12. Xodimlarni
attestatsiyadan
o‘tkazish
Boshqa uslublardan
foydalanuvchi xodim-
larni baholash maj-
muviy uslubi (intervyu,
anketalash, test olish,
attestatsiya komissiyasi
tomonidan nomzodning
bo‘sh ish o‘rniga
muvofiqligini aniqlash
uchun ekspert baholari)
“Attestatsiyadan
o‘tuvchilarning”
anketasi, ekspert
komissiyasi
bayonnomasi,
direktor buyrug‘i
Yuqorida qayd etilgan uslublar bo‘yicha xodimlarni baholash
jarayoni yakunida quyidagi hujjatlar shakllantiriladi:
- shaxsning ijtimoiy-psixologik portreti;
- ishga layoqatlilik to‘g‘risida tibbiy xulosa;
- amaliy va ma’naviy xususiyatlar;
- zararli odat va mayllar tahlili;
- ishlab chiqarish malakaviy darajasini baholash;
- attestatsiya komissiyasi xulosasi.
149
Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari:
1. Korxonaning chiziqli tuzilmasi nima?
2. Xodimlarning funksional tuzilmasi nimalarni qamrab
oladi?
3. Matritsali tuzilma qanday tuzilma?
4. Korxonani shtat tuzilmasi maqsadi va asosiy ijtimoiy-
iqtisodiy vazifasi nimalardan iborat?
5. Korxonaning funksional boshqaruv tuzilmasi nimalardan
iborat?
6. Nima
uchun
muntazam
ravishda
xodimlarni
attestatsiyadan o‘tkazib turish kerak?
7. Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish qaysi
sabablarga ko‘ra tashkil qilinadi?
8. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazishning huquqiy asoslari
nimalardan iborat?
9. Qaysi
vaziyatlarda
korxonada
xodimlar
o‘rtasida
so‘rovnoma o‘tkazish mumkin?
10. Korxonada xodimlar sonini belgilash jarayoni qachon
o‘tkaziladi?
150
Do'stlaringiz bilan baham: |