S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxona tarkibiy bo‘linmalari  nizomlarini



Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/130
Sana10.09.2021
Hajmi1,64 Mb.
#170966
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130
Bog'liq
2321-Текст статьи-5722-1-10-20200702

5.5. Korxona tarkibiy bo‘linmalari  nizomlarini 
ishlab chiqish tartibi 
 
Ishlab  chiqarish  jarayoni  va  aholiga  xizmat  ko‘rsatish 
sohasidagi  yirik  va  o‘rta  korxonalarda  boshqaruv  vazifalari 
mustaqil,  ba’zan  hududiy  jihatdan  alohida  bo‘lgan  va  xo‘jalik 
hamda  ma’muriy  mustaqillikka  ega  bo‘linmalar  (yoki  filiallar) 
tomonidan  bajariladi.  Bu  bo‘linmalarning  boshqaruv  tizimini 
samarali  muvofiqlashtirish  maqsadida  ularning  faoliyati  korxona 
direktori tasdiqlagan bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga 
solinishi lozim. 
Tuzilmaviy  bo‘linma  to‘g‘risidagi  nizomda  bo‘linmaning 
korxonadagi  o‘rni  va  ahamiyatini,  uning  tarkibiy  tuzilmasi, 
boshqaruvning asosiy funksiyasi va vazifalari, bo‘linma xodimlari 
huquqlari,  javobgarligi  va  ularni  rag‘batlantirish  shakllarini 
tartibga soluvchi asosiy me’yorlar aks ettiriladi. 
Bo‘linma  to‘g‘risidagi  nizom  korxona  rahbari  tomonidan 
sana  ko‘rsatilgan  holda  tasdiqlanadi  va  muhr  qo‘yiladi.  Bo‘linma 
va filiallar nizomlarida  quyidagi tashkiliy, huquqiy va moliyaviy 
talablar o‘rin egallagashi lozim: 


138 
•  tuzilmaviy  bo‘linmalar  o‘rtasida  boshqaruv  funksiya-
larining  rasman muvofiqlashgan taqsimlanishini belgilanganligi; 
•  bo‘linma  zimmasiga  biriktirilgan  asosiy  boshqaruv 
vazifalar;  funksiya  va  vazifalar  bajarilishi  talablari;  mehnatni 
tashkillashtirish,  uning  davomiyligi  va  kalendar  muddatning  aniq 
belgilaganligi; 
• har bir boshqaruv vazifasi kompleksi bo‘yicha tuzilmaviy 
bo‘linmalar o‘rtasida funksional o‘zaro aloqaning o‘rnatilganligi; 
•  bo‘linmada  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatishning 
miqdoriy 
ko‘rsatkichlarini 
kiritish 
evaziga 
boshqaruv 
funksiyalarining o‘z vaqtidaligi va ishonchliligini oshirganligi; 
•  qarorlar  qabul  qilish  va  korxona  hisobidan    ajratilgan  
resurslardan  samarali  foydalanish    talablari  va  Shu  borada 
bo‘linmaning huquqlari belgilanganligi; 
•  boshqaruv  funksiyalarini  o‘z  vaqtida  va  sifatli  bajarish 
maqsadida  bo‘linma  xodimlarining  jamoaviy  va  individual 
javobgarligi belgilanganligi; 
• ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati natijalariga 
ko‘ra  xodimlarni  moddiy  va  ma’naviy  rag‘batlantirishni  amalga 
oshirish talablarining belgilanganligi. 
Tuzilmaviy  bo‘linma  to‘g‘risidagi  nizom  besh  bo‘limdan 
iborat  bo‘lishi  kerak:  umumiy  bo‘lim,  funksiyalar  va  vazifalar, 
huquqlar, javobgarlik, rag‘batlantirish. 
Funksiyalarga  bo‘linma  tuzilmasiga  biriktirilgan  vazifalar 
majmui  kiradi  (funksiyalar  ro‘yxati,  o‘zaro  aloqa,  ularni  davriy 
bajarish funksiyalari). 
Huquqlarga  tuzilmaviy  bo‘linmalarga  biriktirilgan  bosh-
qaruv funksiyalarini bajarish (masalan, vazifalarni bajarish uchun 
tuzilmaviy  bo‘linmalardan  kerakli  axborot  taqdim  etishni  talab 
etish;    kutubxona,    laboratoriyalar  xizmatlaridan  foydalanish; 
bo‘ysunuvchi  xodimlar  uchun  lavozim  yo‘riqnomalarini  ishlab 
chiqish  va  sh.k.)  uchun  turli  resurslar  (mehnat,  axborot,  texnik, 
material,  moliya,  energetik)dan  foydalanish  imkoniyatini  taqdim 
etish kiradi. 
Javobgarlikka  korxonaning  mulkchilik  shakli  va  turidan 
qat’iy  nazar,  tuzilmaviy  bo‘linmaning  barcha  xodimlari  iqtisodiy 


139 
rivojlanishning  yillik  (chorak,  oylik,  haftalik,  kunlik)  rejasida 
shakllantirilgan,  korxonaning  o‘z  maqsad  va  vazifalarining 
bajarilishi  uchun  differensial  javobgarlik  (individual  yoki 
jamoaviy)ka ega bo‘lganligini belgilaydi. 
Korxona  rahbari  va  xodimlar  quyidagi  huquqbuzarliklar 
yuzasidan javobgarlikka tortilishi mumkin: 
        •  boshqa  tuzilmaviy  bo‘linmalar  va  yuqori  turuvchi 
tashkilotlarga  hal  etilayotgan  vazifalar  bo‘yicha  asosiy  axborotni 
o‘z vaqtida va sifatli yetkazmasligi uchun; 
        •  boshqaruvning  barcha  funksiyalari  bo‘yicha  reja  va 
hisobotlarning  asossiz  va  sifatsiz  ishlab  chiqilishi  va  iqtisodiy 
rivojlanish 
rejasi 
vazifalarining 
tuzilmaviy 
bo‘linmalari 
tomonidan bajarilmasligi; 
        •  xodimlarga  munosib  mehnat  sharoitlarini  yaratmaslik, 
mehnat  muhofazasi,  xavfsizlik  texnikasi,  yong‘in  xavfsizligi 
qoidalarining buzilish hollarida; 
   
•  mehnat  resurslaridan,  moddiy-texnik  baza  imkonlaridan 
samarasiz  va  maqsadsiz  foydalanish,  energetik  va  moliyaviy 
resurslardan oqilona foydalanmaslik; 
        • bo‘linmaga belgilangan shtat birligi, byudjet yoki daromad 
manbalaridan  tejamkorlik  talablarini  inkor  etib,  moliyaviy 
intizomni  buzish,  jamoaviy  shartnoma  shartlari  va  ish  haqini 
to‘lash nizomining buzilishi. 
Bo‘limda  xodimlarni    rag‘batlantirish  talablari  3  ta  asosiy 
qismdan iborat: 
1.  Bo‘limning  boshqaruv  vazifalarini  o‘z  vaqtida  va  sifatli 
bajarish  uchun  xodimlarni  moddiy  va  ma’naviy  rag‘batlantirish-
ning aniq shakllari ko‘rsatiladi:  
 - jamoa oldida minnatdorchilik bildirish; 
 - pul mukofoti berish;  
 - qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;  
 -  korxona  yoki  yuqori  tashkilotning  faxriy  yorlig‘ini 
topshirish;  
 - faxriy xodimlar peshtaxtasiga kiritish. 
      2.  Korxonaning  umumiy  ishlab  chiqarish  va  xizmat 
ko‘rsatish  faoliyati  natijasi  bo‘yicha  asosiy  ijtimoiy  va  iqtisodiy 


140 
ko‘rsatkichlaridan  kelib  chiqqan  tarzda  tuzilmaviy  bo‘linma 
faoliyati ko‘rsatkichlari belgilanadi.  
       Bo‘linmada mehnatni tashkil etish va  faoliyat natijasi  sama-
radorligini  baholash  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  tashkiliy  ko‘rsatkichlar 
yakuniga  qarab    amalga  oshiriladi.  Ularga  quyidagilar  kiradi: 
qarorlar  ishonchliligi,  hujjatlarni  rasmiylashtirish  sifati,  qabul 
qilinuvchi  qarorlarning  o‘z  vaqtidaligi,  personal  yuklanishi  bir 
tekisdaligi va mehnat intizomi darajasi. 
3.  Funksional  bo‘linmaga  biriktiriladigan  ko‘rsatkichlar 
ro‘yxati  ko‘rsatiladi.  Masalan,  korxona  rahbari  uchun  –  pul 
mablag‘larining  tushum  miqdori,  korxonadagi  foyda  miqdori, 
rentabellik  darajasi  va  sifat  talablari;  reja  bo‘limi  uchun  –  tovar 
mahsuloti hajmi  o‘sishi,  mehnat unumdorligi  o‘sishi, foyda  miqdori 
o‘sishi, xodimlarning o‘rtacha ish haqi fondi o‘sish sur’atlari.  
 

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish