S xolmuratov korxonada kadrlar


Tajribadan  misol. Birinchi  voqea



Download 1,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/130
Sana10.09.2021
Hajmi1,64 Mb.
#170966
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
Bog'liq
2321-Текст статьи-5722-1-10-20200702

Tajribadan  misol. Birinchi  voqea 
 
Aholi uchun keng iste’mol mollarini  ishlab chiqarishga ixtisos-
lashgan  mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  mahsulot  assortimentini 
doimo  kengaytirgan  holda  faoliyat  yuritib  kelmoqda.  Korxonaning  
rivojlanish imiji, maosh miqdorining oshib borishi sezilarli darajada, 
ammo kadrlar qo‘nimsizligi so‘nggi paytlarda ko‘paydi, quyi va o‘rta 
bo‘g‘in  menejerlari  xodimlarning  katta  qismini  tashkil  etadi. 
Korxona  rahbariyatini  bu  muammo  xavotirga  solmoqda,  chunki 
menejerlarning tez-tez o‘zgarib turishi oddiy personalning ish sifatiga 
salbiy  ta’sir eta boshladi.  
Top-menejerlar  rahbar  kadrlar  zaxirasi  bilan  ishlash 
muammosi bo‘yicha  maxsus yig‘ilishda to‘plandilar.  
Muammolar 
bo‘yicha  menejerlarga  berilgan  savollar 
quyidagicha: 
Korxonaning  rahbar  xodimlarida    mavjud  asosiy  muammolar 
nimalardan iborat?  
Sizning fikringizcha, rahbar kadrlar zaxirasi  o‘zi nima? 
Rahbar  kadrlar  zaxirasini  shakllantirish  korxona  kadrlar 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan  biri hisoblanadimi? 
Rahbar kadrlar zaxirasini yaratish maqsadlari qanday? Zaxira 
bilan ishlashning eng muhim prinsiplari nimalardan iborat? 
Korxonaning  maqsad  va  strategiyalari,  tashqi  va  ichki  muhi-
tidan  kelib  chiqib,  birinchi  navbatda  qaysi  lavozimlarga  zaxira 
tayyorlash kerak? 
Zaxira bilan ishlash va uni tashkil etish hamda  tezkor ishlashi 
uchun  javobgarlikni kimning  zimmasiga yuklash  kerak? 
Zaxiraning  tuzilishi  qanday  bo‘lishi  kerak  va  uning  asosida 
nima bo‘ladi?  
Muayyan  lavozimlarga  zaxirani  shakllantirish  manbalari  qan-
day? 
Zaxira qanday lavozimlar  uchun  shakllanishi mumkin? 
Rahbarlik  lavozimlariga  qancha  zaxira  xodim  tayyorlanishi 
kerak?  
Zaxiraga    nomzodlar  bo‘yicha  takliflarni  kim  kiritishi  mum-
kin? 


40 
Turli  boshqaruv  darajalarida  yuqori  lavozimlarga  da’vogar 
bo‘lishi uchun xodimlar qanday fazilatlarga ega bo‘lishlari lozim? 
Zaxira  qanday  shakllanishi  kerak,  uni  shakllashtirishning 
asosiy bosqichlari nimalardan iborat?  
Zaxiradagi shaxs qanday huquqlarga ega bo‘lishi kerak? 
Zaxiradagilarning 
rejalashtirilgan 
lavozimini 
egallashga 
tayyorgarlik darajasini qanday aniqlash mumkin? 
Zaxirani tayyorlashning asosiy shakllari qanday? 
Nomzod  xodim  zaxira  tarkibida    qancha    vaqtgacha  bo‘lishi 
mumkin?  
Rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash kim nazorat qiladi? 
Rahbar  kadrlar  zaxirasi  bilan  ishlash  tartibi  va  izchilligini 
qaysi hujjatlarda belgilash kerak? Ular kerakmi o‘zi? 
Bundan  keyin,  korxonaning  kadrlar  bo‘limi    rahbar  kadrlar 
zaxirasiga bag‘ishlangan kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat bilan 
tanishib, muhokamaga tayyorlandi. Uni quyida keltiramiz. 
“Rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish” kadrlar siyosatining 
ustuvor  yo‘nalishi  hisoblanadi.  Zaxirani  shakllantirishning  asosiy 
maqsadi  boshqaruv  ishlari  uchun  va  shu  asosda  korxonani  boshqa-
rishning  izchilligi,  uzluksizligi,  samaradorligini  belgilash,  Shuning-
dek,  uning  barqaror  rivojlanishi  uchun  tayyorlangan  xodimlar 
guruhini  shakllantirishdan  iborat.  Rahbar  kadrlar  zaxirasi  o‘z 
professional, ishchanlik va shaxsiy fazilatlari bilan eng yuqori darajali 
bo‘sh  rahbarlik  lavozimlarini  egallashga  qodir,    maxsus  shakllangan 
va tayyorlangan xodimlar guruhidir. 
Zaxirani tuzish  maqsadi quyidagilardan iborat: xodimni yangi 
lavozimga  moslashtirish  muddatini  ixchamlashtirish;  korxona 
xodimlari  orasida    sadoqat  tuyg‘ularini  shakllantirish;  avlodlar 
o‘rtasida  ziddiyatning  asta-sekin  o‘zgarishi,  buning  natijasida 
korxonadagi    ishlab  chiqarish  texnologiyalari  va  madaniyatni 
saqlash  imkoni  bo‘ladi.  Korxonaning  strategiyasi  ichki  kadrlar 
hisobiga rahbar kadrlar zaxirasini tayyorlashga qaratilgan. 
Korxonaning  rahbari  zaxira  bilan  ishlash  uchun  shaxsiy 
javobgarlikni  o‘z  zimmasiga  oladi,  zaxira  bilan  ishlashni  tashkil 
etish rahbarning o‘rinbosarlaridan biriga topshiriladi. 


41 
Aniq  lavozim  yoki  ba’zi  lavozim  guruhlariga  zaxirani 
shakllantirish manbalarini korxona  rahbari (uning o‘rinbosarlari), 
tarkibiy  bo‘linma  boshliqlari,  Shu  jumladan,  kadrlar  xizmati 
boshlig‘i  belgilaydi.  Korxonadagi  zaxira  mutaxassis  va  rahbarlar 
sonidan,  shuningdek  boshqa  korxonalardagi  boshqaruv  xodim-
larining  quyi,  o‘rta  va  yuqori  bo‘g‘in  lavozimlari  hisobidan  
shakllanadi. 
Xodimlarning  lavozim  o‘sishi  istiqbollariga  qarab  zaxira 
tezkor  va  strategik  mo‘ljallarga    bo‘linishi  mumkin.  Tezkor 
zaxirada rivojlanish salohiyati kamroq bo‘lgan va lavozim o‘sishi  
cheklangan  xodimlar  shakllantiriladi.  Strategik  mo‘ljalga    esa 
istiqbolda  rivojlanish  salohiyatiga  ega  bo‘lgan  zaxiradagi 
xodimlar kiradi. 
Zaxira 
tarkibi, 
rejalashtirilgan 
lavozimni 
egallashga 
tayyorgarlik darajasiga ko‘ra,  shartli ravishda uch turga bo‘linishi 
mumkin:  tayyor  mutaxassis,  istiqbolli  mutaxassis  va  maxsus 
lavozimlar  uchun  mutaxassis.  Kadrlar  xizmati  zaxiradagilarning 
keyingi ta’lim tizimini  ishlab chiqadi. 
Korxonada  zaxiradagilardan  doimiy  rivojlanishga  qaratilgan 
yuqori  darajali  manfaatini  saqlab  qolish  uchun  muayyan  choralar 
ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. 
Xodimlar  faol  zaxira  tarkibidan,  odatda,chiqarilmaydi,  balki  
muayyan  lavozimga  faol  zaxira  bo‘lish  muddati  ishchan, 
maqsadga  muvofiqligi,  unga  kiritilgan  shaxslarni  mansab 
pog‘onalaridan  ko‘tarish  va  ma’lum  yoshga  erishish  istiqbollari 
bilan belgilanadi. 
Zaxiradan  qat’iy  chiqarish  harakatlari    uchun  asoslar 
quyidagicha:  
– 
zaxirada  bo‘lgan  shaxsni  intizomiy,  ma’muriy  va  axloqiy 
javobgarlikka tortish;  
– 
attestatsiya komissiyasining xodim egallab turgan lavozimiga 
mos emasligi to‘g‘risidagi xulosasi;  
– 
egallab  turgan  lavozim  bo‘yicha  ishining  qoniqarsiz 
natijalari;  
– 
ishdan bo‘shatish, mansabli (xizmat) ishga o‘tish va zaxirada 
qolish imkonini bermaydigan boshqa holatlar. 


42 
Xodimni    zaxira    tarkibidan  chiqarish  to‘g‘risidagi  qaror 
korxona rahbari yoki uning oliy kollegial organi – ishlab chiqarish 
va  texnologik  kengash,  kengash,  pedagogik  kengash  va  h.k. 
(ko‘pchilik ovozi bilan) tomonidan qabul qilinadi.  
Zaxira  bilan  ishlashni  nazorat  qilish  doimiy  ravishda  amalga 
oshiriladi  va    korxonaning  kollegial  organi  yig‘ilishida  korxona  
rahbarining  o‘rinbosari,  kadrlar  xizmati  rahbari,  tarkibiy  bo‘lin-
malar  rahbarlari  tomonidan  tayyorlangan  hisobotlarni  tinglash 
yoki zaxira  bilan ishlash to‘g‘risidagi analitik xatlar shaklida har 
yili jamoaga e’lon qilib boriladi». 
Korxonaning    kadrlar  siyosati  to‘g‘risidagi  hujjatda  rahbar 
kadrlar  zahirasini  shakllantirish  to‘g‘risida  bo‘limiga  asosan 
kadrlar  xizmati  zaxira    bilan  ishlash  to‘g‘risida  alohida  nizomni 
tayyorlaydi.  
 
(Hujjatdan parchalar keltiramiz.) 
 
TASDIQLAYMAN 
Korxona direktori  
Imzo_______ 
Sana___________ 
 

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish