Toshkent davlat yuridik universiteti


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining huquqiy maqomi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   256
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining huquqiy maqomi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining huquqiy  maqomi 1992 yil 
23 noyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Moliya vazirligi 
haqidagi Nizomda belgilab qo‘yilgan. Ushbu nizomda soliq sohasidagi bir 
qator  maqsad  va  vazifalari  belgilab  qo‘yilgan.  Unga  ko‘ra  O‘zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  respublikaning  markaziy  moliya-iqtisodiy 
organi  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasining  moliyaviy,  narx  siyosatini 
hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil 
etish  faoliyatiga  umumiy  rahbarlikni  amalga  oshiradi.  Vazirlik 
O‘zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish 
uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish 
va  ijro  etishni,  uning  daromad  qismi  barqarorligini  ta’minlashni,  valyuta 
rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni 
ta’minlaydi.  Moliya  vazirligi  respublika  budjeti  ham  daromadlar,  ham 
xarajatlar 
bo‘yicha  ijro  etilishi  uchun,  moliyaviy  resurslarni 
umumrespublika  ehtiyojlariga  safarbar  etish  ishlarini  tashkil  etish  uchun 
javob beradi. 
Ana  shu  maqsadlarni  amalga  oshirishda  O‘zbekiston  Respublikasi 
moliya  tizimi  tarkibiga  kiruvchi  organlar  faoliyatini  kelishilgan  Yagona 
moliyaviy,  soliq,  valyuta  va  narx-navo  siyosatini  shakllantirish  ishlarini 
olib  borishga,  oltin  zaxirasini  ko‘paytirish  yo‘li  bilan  O‘zbekiston 
Respublikasining  moliyaviy  mustaqilligini  ta’minlashga,  respublika 
iqtisodiyotini  sog‘lomlashtirishga,  bozor  munosabatlarini  shakllantirish 


61 
 
sharoitida  narx-navoni  tartibga  solishning  iqtisodiy  usullari  rolini 
kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi. 
Moliya  vazirligining  asosiy  vazifalaridan  biri  moliya  tizimining, 
soliq  va  narx-navo  siyosatining  O‘zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanishiga  faol  ta’sir  ko‘rsatishini,  ishlab  chiqarish 
samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar 
daromadlarining  va  boshqa  moliyaviy  resurslarning  o‘sishini  ta’minlash, 
moliya-kredit  vositalarining  xo‘jalik  mexanizmining  boshqa  elementlari 
bilan  aloqalarini  mustahkamlash;  moliya,  budjet,  valyuta  va  soliqni 
rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish; soliq 
solish,  narx  belgilash,  sug‘urta,  valyuta-moliya,  auditorlik  va  tashqi 
iqtisodiy  faoliyat,  shuningdek  soliq  maslahati  bo‘yicha  faoliyat  sohasida 
qonunchilik  va  me’yoriy  aktlarni  ishlab  chiqishda  qatnashish;  moliya, 
soliq,  narx  belgilash,  sug‘urta,  valyuta,  auditorlik  va  tashqi  iqtisodiy 
faoliyat,  shuningdek  soliq  maslahati  bo‘yicha  faoliyat  sohasida  ilmiy-
tadqiqot ishlarini amalga oshirish; budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 
daromadlari  va  xarajatlarining  mutanosibligini  ta’minlash;  budjetdan 
tashqari  Pensiya  jamg‘armasi  tomonidan  unga  yuklangan  vazifalar  va 
funksiyalarning,  ayniqsa  pensiyalarni  va  boshqa  tegishli  to‘lovlarni 
tayinlash  va  to‘lashning  belgilangan  qoidalarini  qo‘llash  yuzasidan 
bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat.  
Soliq  huquqiy  munosabatlar  sohasida  vakolatli  bo‘lgan  davlat 
organlarining oxirgi turiga boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini 
amalga  oshiruvchi  davlat  organlari  va  tashkilotlar  kiradi.  Ya’ni  yuqorida 
ta’kidlaganimizdek  Soliq  kodeksida  belgilangan  davlat  maqsadli 
jamg‘armalariga  majburiy  pul  to‘lovlari,  bojxona  to‘lovlari,  shuningdek 
vakolatli  organlar  hamda  mansabdor  shaxslar  tomonidan  yuridik 
ahamiyatga  molik  harakatlarni  to‘lovchilarga  nisbatan  amalga  oshirish 
uchun,  shu  jumladan  muayyan  huquqlarni  yoki  litsenziyalar  va  boshqa 
ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, 
davlat  bojini  undirish  vazifasini  amalga  oshiruvchi  davlat  organlari  va 
tashkilotlar tushuniladi.  
 
Jumladan,  Davlat  boji  quyidagilardan  undiriladi:  sudlarga  beriladigan  da’vo  arizalaridan, 
organlarning  va  ular  mansabdor  shaxslarining  harakatlari  (qarorlari)  ustidan  berilgan 
shikoyatlardan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, sudlarning qarorlari ustidan 
beriladigan apellyasiya, kassatsiya shikoyatlaridan va arizalaridan, nazorat tartibida protest keltirish 
to‘g‘risidagi  shikoyatlar  va  arizalardan,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorlarini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi  arizalardan,  hakamlik  sudining  qarorlarini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi 
berish  to‘g‘risidagi  arizalardan,  shuningdek  sudlar  tomonidan  hujjatlarning  nusxalarini  berganlik 
uchun; da’vo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizalardan, 
nizo  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talablarni  bildirgan  uchinchi  shaxs  sifatida  ishga  kirishish 


62 
 
to‘g‘risidagi  arizalardan,  yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  aniqlash  to‘g‘risidagi 
arizalardan, xo‘jalik sudining qarorlari, ish  yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan berilgan, 
da’voni  ko‘rmasdan  qoldirish  to‘g‘risidagi,  sud  jarimalarini  solish  to‘g‘risidagi  apellyasiya  va 
kassatsiya  shikoyatlaridan,  hakamlik  sudining  qarorlarini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi,  hakamlik 
sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik 
sudining  hakamlik  sudi  qarorlarini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi,  shuningdek  hakamlik  sudining  hal 
qiluv  qarorlarini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasini  berish  to‘g‘risidagi  va  ijro  varaqasini 
berishni  rad  etish  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha  ajrimlari  ustidan  berilgan  apellyasiya  va  kassatsiya 
shikoyatlaridan;  notariuslar  va  O‘zbekiston  Respublikasining  konsullari  tomonidan  notarial 
harakatlarni  amalga  oshirganlik  uchun;fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  etganlik  uchun, 
shuningdek  fuqarolarga  fuqarolik  holati  dalolatnomalari  qayd  etilganligi  to‘g‘risida  takroriy 
guvohnoma  berganlik  uchun  hamda  fuqarolik  holati  dalolatnomalari  yozuviga  o‘zgartishlar, 
qo‘shimchalar,  tuzatishlar  kiritilishi  va  uning  qayta  tiklanishi  munosabati  bilan  guvohnoma 
berganlik  uchun;  chet  eldan  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelish  huquqini  beruvchi  hujjatlarni, 
O‘zbekiston  Respublikasiga  taklif  qilish  to‘g‘risida  hujjatlarni  berganlik  uchun;  yashash 
guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va 
respublika  hududidan  chet  elga  chiqish  huquqini  beradigan  chet  el  pasportiga  yoki  uning  o‘rnini 
bosuvchi  hujjatga  viza  berganlik  uchun,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligiga  qabul 
qilish  va  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligidan  chiqish  to‘g‘risida  beriladigan  arizalardan; 
O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  pasportini  yoki  uning  o‘rnini  bosuvchi  hujjatlarni, 
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolariga  chet  elga  chiqish  huquqi  uchun  hujjatlar  berganlik  uchun; 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik, turgan 
joyi  bo‘yicha  hisobga  olganlik  uchun,  shuningdek  chet  davlatlar  fuqarolarini  hamda  fuqaroligi 
bo‘lmagan  shaxslarni  turar  joyga  qayd  etganlik  va  ro‘yxatdan  chiqarganlik  uchun;  yuridik 
shaxslarni  va  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarni  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazganlik  uchun;  faoliyatning 
ayrim  turlarini  amalga  oshirishga  litsenziya  berganlik  uchun;ov  qilish  huquqiga  ega  ekanligi 
to‘g‘risida ruxsatnoma berganlik uchun.  
 
Umuman  olganda,  har  qanday  davlat  iqtisodiyotini  rivojlanishida 
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rni kattadir. Shuningdek, soliq va 
boshqa  majburiy  to‘lovlarni  o‘rnatish,  undirish  va  budjetlarga  kelib 
tushishini  ta’minlashning  samarali  mexanizmini  tashkil  qilish,  vakolatli 
davlat  organlarining  bu  boradagi  mas’uliyatini  oshirish  hozirigi  kundagi 
muhim bo‘lgan masalalardan biridir.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish