Toshkent davlat yuridik universiteti


Soliq  huquqiy  munosabat  subyektlari  tushunchasi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   256
 
Soliq  huquqiy  munosabat  subyektlari  tushunchasi.  Yuridik 
adabiyotlarda  huquq  subyektlari  bo‘yicha  turlicha  fikrlar  bildirilgan. 
Aksariyat  huquqshunos  olimlarining  fikricha,  soliq  huquqi  subyektlari 
ikkiga bo‘linadi: individual subyektlar va jamoa subyektlar.  
 
Individul  subyektlar  –  bu  fuqarolar,  xorijiy  davlatning  fuqarolari  va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, davlat xizmatchilaridir.  
Jamoa  subyektlariga  –  turli  ko‘rinishdagi  davlat  va  nodavlat 
tashkilotlari  kiradi.  Birinchi  guruhga  -  davlat  organlari  kirsa,  ikkinchi 
guruhga esa tijorat va notijorat tuzilmalar kiradi.  
Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda soliq huquqining subyektlari sifatida 
quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan:  
a) davlat organlari (mansabdor shaxslar); 
b) soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) 
Soliq  huquqi  subyekti  hamma  vaqt  huquq  subyekti  hisoblanadi. 
Huquqning  subyektlari  bir  vaqtning  o‘zida  bir  necha  huquqy  munosabat 
subyekti sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.  


55 
 
Masalan,  fuqaro  bir  vaqtning  o‘zida  ma’lum  bir  daromadga  ega  bo‘lib  soliq,  davlat 
boshqaruv  organlari  bilan  munosabatga  kirishib  ma’muriy,  fuqarolik  shartnomalar  tuzish  orqali 
fuqarolik yoki ma’lum bir tashkilotda ishlab mehnat huquqi tomonidan tartibga solinadigan huquqiy 
munosabatlar subyekti bo‘lishi mumkin.  
 
Soliq  huquqiy  munosabatlarning  mohiyati  –  huquq  layoqati 
tushunchasi, uning xususiyati, mazmuni va hajmi orqali yoritib beriladi. 
Soliq  huquq  layoqati  va  muomala  layoqati  –  subyektlar  soliq-
huquqiy holatining asosini tashkil etadi. 
Subyektning huquq layoqati uning yuridik huquq va majburiyatlarini 
o‘z  ichiga  oladi.  Odatda,  u  aniq  bir  shaxsning  subyektiv  huquq  va 
subyektiv majburiyatga ega bo‘lish qobiliyatini anglatadi.  
Soliq  huquq  layoqati  –  bu  ma’lum  bir  huquqlarga  ega  bo‘lish  va 
majburiyatlarni  bajarish,  harakatlarni  amalga  oshirish  va  qarorlar  qabul 
qilish,  soliq  qonunbuzilishlari  bo‘yicha  ishlarni  ko‘rib  chiqish,  huquqiy 
normalarni  buzish  va  qonun  bilan  o‘rnatilgan  talablarga  rioya  etmaganlik 
uchun javobgarlikka tortilish qobiliyatiga ega bo‘lishdir.  
Shunday  qilib,  soliq  huquq  layoqati  aniq  bir  soliq  huquqiy 
munosabatlarining  vujudga  kelishida,  mazkur  huquqiy  munosabatlar 
ishtirokchilarining  aniq  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo‘lishida  xizmat 
qiladi.  Soliq  huquqi  subyektlari  tomonidan  huquq  va  majburiyatlarning 
amalga  oshirilishi  –  huquqiy  munosabatlarni  vujudga  keltiruvchi  yuridik 
faktlar bilan ta’minlanadi.  
 
Soliq  huquqiy  munosabatlari  faqatgina  uning  subyektlari 
huquq layoqatiga ega bo‘lganidagina, ya’ni huquqiy munosabatlarga 
kirishish  uchun  asos  bo‘ladigan  huquq  va  majburiyatlarga  ega 
bo‘lganida  vujudga  kelishi  mumkin.  Qonunchilik  hujjatlari  bilan 
ma’lum  bir  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo‘lgan  soliq  huquqi 
munosabatining  har  bir  ishtirokchisi  –  soliq  huquqining  subyekti 
sifatida tan olinadi.  
 
Soliq  huquqi  normalari  bilan  o‘rnatilgan  huquq  layoqatiga  ega 
bo‘lgan  subyektlar,  ularga  berilgan  huquq  layoqatini  amalda  ro‘yobga 
chiqarishlari  orqali,  soliq  huquqiy  munosabatlarining  ishtirokchilariga 
aylanadilar.  Shu  sababli,  soliq  huquqi  subyektlari  soliq  huquqi  layoqati 
bilan  bir  vaqtda  soliq  muomala  layoqatiga,  ya’ni  ularga  tegishli  bo‘lgan 
soliq sohasidagi huquqlarni amalga oshirish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi 
kerak.  Jismoniy  yoki  yuridik  shaxsning  muomala  layoqati  –  bu  ularning 
o‘z  qarorlari  va  harakatlari  (harakatsizligi)  bilan  huquqlarga  ega  bo‘lishi 


56 
 
va  amalga  oshirishi,  o‘zlariga  va  boshqa  shaxslarga  majburiyatlarni 
vujudga  keltirishi,  ularni  bajarishi  hamda  fuqarolarning  huquqlari  va 
erkinliklarini ta’minlash qobiliyatiga ega bo‘lishidir.  
Soliq  huquqi  subyektlarida  muomala  layoqati  turlicha  vujudga 
keladi.  Muomala  layoqati  vujudga  kelishining  asosiy  sharti  bo‘lib, 
subyektlar  huquqlari,  majburiyatlari  va  vakolatlarining  xususiyatlari 
hisoblanadi.  Muomala  layoqatiga  ega  bo‘lishning  huquqiy  asoslari 
normativ huquqiy aktlarda o‘rnatiladi.  
Demak, jismoniy  va yuridik shaxslarning, davlat organlari va davlat 
xizmatchilarining  soliq  huquqi  subyekti  sifatida  namoyon  bo‘lishi  hamda 
soliq huquqiy munosabatlarida ishtirok etishi ko‘p jihatdan huquq layoqati 
va muomala layoqatining mavjudligiga bog‘liqdir.  
 
Masalan, yuridik shaxslar tashkil qilingan vaqtdan boshlab ham soliq huquqi subyekti, ham 
soliq  huquqiy  munosabat  subyektlari  bo‘lishi  mumkin.  Jismoniy  shaxslar  tug‘ilishlari  bilan  huquq 
subyekti  bo‘ladilar,  qachonki  ularda  soliq  to‘lash  majburiyati  yuzaga  kelganda  ular  munosabat 
subyektlariga  aylanadilar.  Jismoniy  shaxslar    soliq  sohasida  fuqarolik  qonunchiligi  bo‘yicha  14 
yoshdan  mustaqil  daromadga  yoki  yoshidan  qat‘i  nazar  mol-mulkka,  yerga  egalik  qilib,  mehnat 
huquqi  normalari bo‘yicha  esa  16  yoshdan  yuridik  salohiyatga  ega bo‘ladilar,  chunki  shu  davrdan 
boshlab  ular  tegishli  soliq  to‘lovlari  obyekti  bo‘lgan  daromadlar  va  mulkning  egalari  bo‘lishi 
mumkin. 
 
Yuqorida  ta’kidlab  o‘tkanimizdek  soliq  huquqiy  munosabat 
subyektlari  bo‘lib  soliq  to‘lovchilar  va  vakolatli  davlat  organlari 
hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  soliq  agentlari  hamda  soliq  to‘lovchining 
vakillari  ham  soliq  huquqiy  munosabat  subyektlaridir.  Amaldagi  soliq 
qonunchiligiga  asosan,  soliq  to‘lovchilar  –  zimmasiga  soliqlar  va  boshqa 
majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  majburiyati  yuklatilgan  jismoniy  shaxslar, 
yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalaridir.  
Soliq  agentlari  –  zimmasiga  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni 
hisoblab  chiqarish,  soliq  to‘lovchidan  ushlab  qolish  hamda  budjetga  va 
davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  o‘tkazish  majburiyati  yuklatilgan 
shaxslardir.  
Soliq  to‘lovchining  vakillari  esa  qonunga  yoki  ta’sis  hujjatiga 
muvofiq soliq to‘lovchining vakili bo‘lishga vakolatli shaxslardir. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish