Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan
tushum – realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan
(olinishi lozim bo‘lgan) mablag‘lar summasi, shu jumladan realizatsiya
qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to‘lash yoki qarzni uzish
hisobiga tushadigan mol-mulk qiymati.
Tovarlarni eksport qilish – O‘zbekiston Respublikasining bojxona
hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish.
To‘lov manbai – soliq to‘lovchiga to‘lovlarni amalga oshiruvchi
yuridik shaxs.
Umidsiz qarz – sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi,
qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud da’vo
qilish muddati o‘tishi oqibatida uzish mumkin bo‘lmagan qarz.
Do'stlaringiz bilan baham: |