Soliq to‘lovchilar – Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan jismoniy
shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari.
Soliq to‘lovchining vakillari – qonunga yoki ta’sis hujjatiga
muvofiq soliq to‘lovchining vakili bo‘lishga vakolatli shaxslar.
Soliq hisoboti – soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy
to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-
kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va
soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjati.
Do'stlaringiz bilan baham: |