Soliq tekshiruvi – davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan
amalga oshiriladigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini
tekshirish.
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami – muayyan soliq
to‘lovchi hisobga qo‘yilganda unga beriladigan raqam.
Soliq huquqi – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash,
joriy etish, hisoblab chiqarish, to‘lash hamda soliq majburiyatlarini
bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |