Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari


Tasvirlarga raqamli ishlov berishni qo’llash sohalari



Download 4,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana09.09.2021
Hajmi4,54 Mb.
#169572
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
tasvirlarga raqamli ishlov berish

 
Tasvirlarga raqamli ishlov berishni qo’llash sohalari 
1960  yillar  oxiri  va  1970  yillar  boshida  tasvirlarga  raqamli  ishlov  berish 
meditsina,  yer  resurslarini  tadqiq  qilish,  astronomiyalarda  foydalanila  boshlandi. 
1970  yilning  boshida  rentgen  xisoblash  tomografiyasi,  qisqacha  Kompyuter 
tomografiyasi meditsina sohasida tasvirlarga ishlov berish maqsadida paydo bo’ldi.  
Tomografiya  algoritmi  –  halqa  sohasida  “o’tayotgan”  ob’ekt  tasvirini 
detektorda  yasash  ma’lumotlariga  asoslangan.  Harakatlanayotgan  ob’ekt  xalqa 
o’qidan  o’tayotganda  uning  ichki  tuzilishining  uch  o’lchovli  tasvirlari  paydo 


bo’ladi.  Tomografiya  bir  vaqtning  o’zida  bir  biridan  bexabar  ser  N.Godfiri  va 
professor  Alen  Kormak  tomonidan  ixtiro  qilingan  va  Nobel  mukofotiga  sazovor 
bo’lgan.  Qiziqarli  tomoni,  rengen  nurlari  1895  yilda  Vilьgelьmom  Kondarom 
Rengen tomonidan ixtiro qilingan va 1901 yilda Nobel mukofotini olgan. Bu ikki 
kashfiyot  100  yillik  farq  bilan  hozirgi  tasvirlarni  raqamli  ishlash  sohasidagi  katta 
o’zgarishlarga olib keldi.  
1960  yildan  beri  tasvirlarni  qayta  ishlash  sohasi  tez  sur’atlarda  o’sdi. 
tasvirlarni  qayta  ishlash  usullaridan  tibbiyot  va  koinot  ilovalaridan  boshqa  yana 
keng  sohada  foydalanilmoqda.  Tibbiyot,  biologiya  va  sanoat  sohasida  rengen 
nurlarini  sezish  va  ba’zi  tasvirlar  yorqinligini  oshirish,  intensiv  bosqichda  rangni 
shifrlash  uchun  Kompyuterlashtirilgan  vositalar  ishlatiladi.  SHu  kabi  usullar 
geografiyada  atrof-muhitni  ifloslanishini  o’rganishda  kosmik  suratlar  va  sun’iy 
yo’ldosh  oraqali  olingan  suratlardan  foydalanadi.  Tasvirlarni  takomillashtirish  va 
tiklash usullari yo’qolgan ob’ektlarni sifatsiz rasmlarini qayta ishlashda yoki qayta 
ishlanishi qiyin tajriba natijalarida qo’llaniladi. Masalan, arxeloglar yo’qolgan yoki 
zarar  ko’rgan  s’yomka  noyob  orginal  qiyofalarni  suratlarini  muvafaqqiyatli 
tiklashda  tasvirlarga  raqamli  ishlov  berish  usullaridan  foydalanadi.  Fizika  va 
Kompyuter  qayta  ishlash  sohalarida  tajribalar  davomida  olingan  tasvirlar  sifatini 
yaxshilash  uchun  foydalaniladi,  masalan,  elektron  mikroskop  yoki  yuqori 
temperaturali plazmada.   
Bu  misollar  inson  idrok  etishi  uchun  mo’ljallangan  qayta  ishlash 
natijalaridir. Tasvirlarni qayta ishlashning eng katta sohasi – tasvirni mashina idrok 
etishi  bilan  bog’liq  muammolardir.  Bu  holatda  tasvirdan  protseduralar  ba’zi 
ma’lumotlarni  chiqaradi  va  Kompyuterda  qayta  ishlash  shaklida  tasvirlaydi. 
Ko’pincha  bu  ma’lumotlar  tasvir  mazmunini  talqin  etuvchi  insonlar 
foydalanadigan  vizual  belgilarga  o’xshash  bo’ladi.  Bunday  axborot  misollari 
tasvirlarni  mashina  idrok  etadigan  qismi,  Furьe  koefitsienti  almashtirishlari  va 
boshqalar  bo’lishi  mumkin.  Bunday  mashina  idrok  qiladigan  belgilarni  tanishni 
avtomatlashtirish  masalalarga:  barmoq  izlarini  avtomatik  qayta  ishlash,  qon 
tahlilini tekshirish va rentgen tadqiqotlari natijalari, ob-xavoni prognozi maqsadida 
sputnik  va  aerofotosuratlarni  qayta  ishlash  kiradi.  Zamonaviy  Kompyuterlarni 
takomillashganligi,  telekommunikatsiya  tarmoqlari  salohiyati  va  Internet 
rivojlanishi tasvirlarga raqamli ishlov berish sohasining misli ko’rilmagan darajada 
kengaytirdi.  
 
Hozirgi  kun  texnikasida  tasvirlarga  raqamli  ishlov  berish  ta’sir  etmagan 
biror-bir  soha  yo’q.  Tasvirlarga  raqamli  ishlov  berish  qo’llash  sohasi  qandaydir 
tizimni bayon qilishda uning shartlarini qamrab olishi bo’yicha turlichadir. Oddiy 
usullaridan  biri  –  manbalari  ko’rinishiga  muvofiq  tegishli  tasvirlarni  hosil 
qilishning  amaliy  soha  klassifikatsiyalari  (optik,  rentgen  va  boshqalar)dir. 
Energiyaning  asosiy  manbai  elektromagnit  nurlanishlar  bo’lib  o’tgan  tasvirni 
qo’llash  formasiga  olib  kelishdir.  Energiyaning  boshqa  muhim  manbalari  deb 
ulьtratovush  to’lqin  tasvirlari  va  elektron  mikroskopda  qo’llaniladigan  elektron 
tambalar deb qarash mumkin.  


Tasvirni  elektromagnit  nurlanish  yaratgan  rentgen  diapozonda  yoki  spektr 
ko’rinishda  o’rganiladi.  Elektromagnit  yorug’lik  tezligidagi  harakatlanuvchi 
zarrachalar  bo’lsa  aniqlangan  chastotadagi  sinusoidaga  yoyiladi.  Har  bir  zarracha 
ma’lum bir energiyaga ega, lekin nolь  massa majud va u nur kvanti (foton) deb 
ataladi.   
Agar  foton  energiyasi  kamayish  tartibida  radiattsiya  diapazoniga 
taqsimlansa, 
5-rasmdagiday 
gamma 
nurdan 
(maksimal 
energiyadan) 
radioto’lqingacha cho’ziladi.  
Foton energiyasi 
 
       Gamma                    Rentgen                        Ulьtra-    Ko’rinib  Infra-            Mikroto’lqin                      
Radioto’lqin 
                          binafsha  turgan    qizil 
5-rasm. Foton energiyasini kamayish tartibidagi elektronmagnit tarqalish spektri 

Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish