Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Jahon bozorini segmentlash usullari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
4.2. Jahon bozorini segmentlash usullari 
 
Jahon  iqtisodiyoti  globallashib  borgan  sari  universal  tovarlarga  talabni  yaratish 
imkoniyatlari o’sib boradi. Bu esa xalqaro bozorni segmentlash zaruratini tug’diradi. 
Undan  maqsad  turli  mamlakatlar  yoki  mintaqalarda  milliy  va  madaniy  farqlarga 
qaramay, tovarga talablari  bir  xil bo’lgan  xaridorlar  guruhini aniqlashdan  iborat. Bu 
segmentlar  har  bir  mamlakatda  juda  ham  kichik  bo’lsada,  umuman  xalqaro  firma 
uchun jalb qiluvchan imkoniyatlarni ifodalashi mumkin. 
Tashqi bozorni ikki yo’nalish bo’yicha segmentlash mumkin: 
makrodarajada  –  mamlakat  yoki  mintaqaning  geografik  joylashuvi,  iqlimi, 
davlat  tuzilishi,  aholining  zichligi,  yosh  va  jinsiy  tarkibi,  ta’lim  tizimi,  madaniy 
qadriyatlar kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi; 
mikrodarajada  –  daromadni  taqsimlash,  mulkiy  holat,  xaridorlik  odatlari  kabi 
ko’rsatkichlar qo’llanadi. 
Xalqaro bozorni mamlakatlar guruhlari bo’yicha segmentlash: 
Xalqaro segmentlashning birinchi va eng sodda varianti bu iqtisodiy va madaniy 
jihatdan  bir  turdagi  mamlakatlar  guruhiga  yo’nalganlikdir.  Ko’plab  tovarlar  har  bir 
mamlakat  uchun  alohida  modifikatsiya  talab  qilmaydi  va  iqlimi,  tili,  infratuzilmasi, 
tijorat va axborot sharoitlari o’xshash mamlakatlar uchun bir xil bo’lishi mumkin. 
Xalqaro  segmentlashning  ikkinchi  varianti  bu  xalqaro  marketing  tovar 
siyosatining  tovarlarni  tashqi  bozor  talablariga  maksimal  darajada  moslashtirishga 


 
86 
yo’naltirishdir.  Bu  asosiy  mahsulotning  texnik  va  iste’mol  ko’rsatkichlarini 
modifikatsiyalash,  mahsulotning  tashqi  ko’rinishi  talab  darajasida  bo’lishini 
ta’minlash hamda tovarlarga xizmat ko’rsatish tizimini taqdim etish zaruratini yuzaga 
keltiradi.  Xalqaro  bozor  uchun  tovarlarni  modifikatsiyalash  zaruratini  xaridorlarning 
hohish-istak  va  ehtiyojlari,  ularning  to’lov  layoqati,  ta’mirlash  va  xizmat  ko’rsatish 
tashkilotlarining  mavjudligi  bilan  asoslash  mumkin.  Modifikatsiyaga  importchi 
mamlakatning urf-odatlari – milliy an’analar, iqlim sharoitlari, texnik talablar, tarif va 
hokazolar  ta’sir  ko’rsatadi.  Reklama  vositalari  va  tovar  o’rami  ham  turli 
mamlakatlarning xususiyatlarini – hajmi, rangi va matnini hisobga olishi lozim. Agar 
eksport  qilinuvchi  tovarga  zarur  xizmat  ko’rsatilmasa,  unga  mahalliy  tashkilotlar 
xizmat  ko’rsatishi  lozim.  Demak,  marketing  mutaxassislari  mahalliy  korxonalar 
asosida ta’mirlash va servis xizmatini yo’lga qo’yish ustida bosh qotirishlari lozim. 
Umumiy ko’rinishda eksportning turli xil tashkiliy shakllarini tanlashni quyidagi 
shartlar bilan ifodalash mumkin: 
•  bozor  shartlari  –  erkinlashtirilgan  va  markazlashmagan  iqtisodiyot 
sharoitlarida  faoliyat  ko’rsatuvchi  ilg’or  yoki  qoloq  savdo  tuzilmasiga  ega  bo’lgan 
ochiq yoki yopiq bozor; 
•  tovar bilan bog’liq shartlar – firma mahsuloti yoki oddiy tovar, texnik xizmat 
ko’rsatish bilan yoki usiz, oson va qiyin eksport qilinadigan; 
•  korxona  faoliyati  bilan  bog’liq  shartlar  –  cheklangan  yoki  kengaytirilgan 
maqsadlar,  xalqaro  bozor  sharoitlarida  ishlash  tajribasining  bor  yoki  yo’qligi, 
rivojlangan  yoki  yaxshi  rivojlanmagan  resurslar  salohiyati  (moliya,  kadrlar  tarkibi, 
ishlab chiqarish quvvatlari va hokazo). 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish