4-BOB. XALQARO MARKETINGNING TAHLILIY FUNKSIYASI
4.1. Tashqi bozorlarni kompleks o’rganishning xususiyatlari
Xalqaro marketing xususiyatlarini birinchi navbatda raqobatchilik ko’rashi
yuqori bo’lgan tashqi bozorda taklif etilayotgan tovar sifati, xizmat ko’rsatish va
reklamaga qo’yiluvchi talabning yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Bunda jahon
bozori 180ta milliy bozorlar yig’indisidan iborat ekanligini nazardan qochirmaslik
kerak. Bu bozorlarning har biri umumiy va faqat o’ziga xos bo’lgan jihatlarga ega.
Xalqaro bozorning imkoniyatlarini aniqlash va korxonaning tashqi savdo salohiyatini
baholash xalqaro marketing strategiyasining boshlang’ich pozisiyalaridir. Bozorni
yaxshi bilmasdan turib eksport imkoniyatlariga to’g’ri baho berish qiyin, chunki bu
baho korxona faoliyatining mos keluvchi ko’rsatkichlarini bozor talablari va
elementlari bilan solishtirishni talab qiladi.
Oxirgi yigirma yillik ishlab chiqarishning baynalminallashuvi, milliy
iqtisodiyotlarning tashqi bozor uchun ochiqligining o’sib borishi bilan tavsiflanadi.
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashuvi natijasida korxona va
tashkilotlar xalqaro bozorga chiqish huquqiga ega bo’ldilar. Xalqaro bozorga
chiqishni
rejalashtirayotgan
korxona
avvalo
marketing
harakatlarini
mujassamlantirishi lozim bo’lgan muayyan bozorni tanlashi kerak. Xalqaro bozorni
tanlashda uchta ko’rsatkichni o’rganishga e’tibor qaratiladi
1
:
1) ushbu bozorning salohiyati va sharoitlari. Bozor salohiyati avvalo uning
sig’imi (rivojlanish istiqbollari, unga chet ellik korxonalarning vaqt va mablag’larni
katta miqdorda sarflamasdan kirib borish uchun ochiqligi) bilan ifodalanadi. Tashqi
bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxona oldida turuvchi asosiy to’siqlar
quyidagilardan iborat: bojxona to’siqlari, notarif cheklovlari, huquqiy to’siqlar.
2) qo’llanayotgan raqobatchilik usullarining intensivligi. Tashqi bozorni
tanlashda ikkinchi ko’rsatkich raqobatchilarning amaliy usullari va intensivligini
o’rganish hisoblanadi.
1
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. – М.:Дашков и Ко,
2018 – 95c.
82
Raqobatchilikni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’rganish lozim:
• samarali faoliyat ko’rsatayotgan raqobatchilarni aniqlash;
• raqobatchilik strukturasini, ya’ni raqobatchilar soni va ularning bozor ulushlari
taqsimlanishini aniqlash;
• raqobatbardoshlik mezonlarini (masalan, narx, texnik yangilik, sotuvdan
keyingi xizmat ko’rsatish va boshqalar) belgilash.
3) korxonaning maqsad va imkoniyatlari. Tashqi bozorni tanlashda inobatga
olinuvchi uchinchi ko’rsatkich korxonaning maqsad va imkoniyatlarini aniqlash bilan
bog’liq. Dastlab korxonaning tashqi bozordagi amaldagi holati tahlil qilinishi,
faoliyatining kuchli va zaif tomonlari anqlanishi, so’ngra korxonaning ichki va tashqi
bozorlarda muvafaqiyatli foydalanish mumkin bo’lgan zahiralari aniqlanishi lozim.
Xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirishda korxona o’z oldiga turli xil
maqsadlarni qo’yadi
1
:
• hajmi va salohiyatiga ko’ra eng muhim bozor hisoblanuvchi mamlakatlarda
strategik o’rin egallash;
• ishlab chiqarish va yig’ishda past narxlardan foydalanish;
• standart tovarlarni yaratish;
• bozorga proteksionlik choralari bilan himoyalangan tovar va xizmatlarni
kiritish;
• bitta xorijiy bozordan boshqasiga kirib borishga ko’maklashuvchi tajriba
to’plash;
• turli mamlakat bozorlarida faoliyat miqyosini kengaytirish hisobiga
mablag’larni tejash.
Korxonalarning tashqi bozorga chiqishi bir qator shartlarga rioya qilinishini
talab qiladi:
• chetdan olinuvchi va o’zining xususiy moliyaviy mablag’larining mavjudligi;
• tijorat-xo’jalik faoliyati asoslanuvchi tovar yoki xizmat konsepsiyasi;
• bozordagi etkachilarning tovarlari sifatiga mos keluvchi tovarlar sifati;
1
Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, методика, практика: учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2012. - 208 с.
83
• xaridorlarni qondiruvchi narxlar;
• tovarlarni sotuvdan avvalgi tayyorlash;
• mijozlarni «bog’lab olish»ga imkon beruvchi sotuvdan keyingi xizmat
ko’rsatish;
• korxonaning siyosiy hukumatlar, jamoatchilik fikri va matbuot bilan o’zaro
munosabatlarini o’rnatish.
Tashqi bozorlarni o’rganish va ularni baholash ishlari uch xil variantda: bevosita
eksportchi korxona tomonidan, axborot-maslahat firmalari bilan hamkorlikda va faqat
axborot-maslahat firmalari kuchi bilan amalga oshirilishi mumkin. Barchasi
eksportchi tadqiqot bo’linmasiga egaligi va uning imkoniyatlari qay darajada
ekanligiga bog’liq bo’ladi. Eksportchi uchun zarur ma’lumotlar boshqa tashkilotlarda
mavjud bo’lib, ularga taqdim etilishi yoki barcha uchun ochiq manbalarda joylashgan
bo’lishi ham mumkin. Ularni olish uchun xarajatlar miqdori bir marta telefon orqali
gaplashish xarajatlariga teng bo’lishi mumkin.
Xalqaro marketingda tashqi bozorni o’rganish uchun mos keluvchi manbalardan
foydalaniladi
1
:
1. Nashriyot mahsulotlari: davriy matbuot (gazeta va jurnallar, iqtisodiy
byulletenlar); maxsus nashrlar (monografiyalar, tadbirkorlar va savdo ittifoqi
nashrlari, savdo shartnomalari to’plami, bozor sharhlari, bank nashrlari, reklama
agentliklari, ayrim firma va tashkilotlar nashrlari, hukumat qonunlari va tashqi savdo
bo’yicha takliflarini aks ettiruvchi to’plamlar); BMT, turli xalqaro tashkilotlar va
ayrim mamlakatlarning umumiy va maxsus xarakterli statistika to’plamlari; yirik
brokerlik kompaniyalari axboroti; telegraf agentliklari byulletenlari.
2. Kompyuter axboroti (internet tarmog’i);
3. Maxsus spravochniklar: maxsus muassasa va tashkilotlar; konsullik apparati;
savdo palatalari; mos keluvchi tarmoqlar federasiya va assosiasiyalari; maxsus
xususiy axborot agentliklari; ilmiy-tadqiqot muassasalari va firmalar; kredit-
ma’lumotnoma idoralari.
1
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. – М.:Дашков и Ко,
2018 – 101c.
84
4. Sotsiologik tadqiqot va so’rovlar: tovarni sotish joylarida; yarmarka,
ko’rgazma va birjalarda; konferensiya va simpoziumlarda; ishbilarmonlik
suhbatlarida, telefon va telefaks orqali; manzilli axborot jo’natish orqali.
Xalqaro bozor sub’yekti bozorni tanlash, baholash va ranglarga ajratishni amalga
oshiradi. Bu marketing tadqiqotlarining barinchi bosqichi bo’lib, eksportchining
vazifasi tanlashga, ya’ni potensial bozorlar sonini har tomonlama va chuqur tahlil
o’tkazishga imkon beruvchi optimal songa etkazishga borib taqaladi. Baholash
solishtirma tasniflash jadvallari yordamida amalga oshirilib, tanlangan tavsifnomalar
bo’yicha tanlangan mamlakatlar bo’yicha bozor talablari darajasi va o’ziga
xosliklarini taqqoslash mumkin. Bunda ko’rsatilgan talablarni baholash uchun ball
tizimidan foydalanish mumkin.
Saralash kutilayotgan eksport bozorlari soni kamaytirilgandan so’ng amalga
oshiriladi. Ularni tijorat muvaffaqiyatiga (ustivorlik qatorida) erishish imkoniyati
darajasi bo’yicha yoki ma’lum bir ko’rsatkichlarga (hajm, talab dinamikasi, import,
mazkur bozorga kirib borishning qiyinligi, raqobat darajasi va boshqalar) asosan
joylashtirish lozim.
Bozorlarni ranglarga ajratishda eng ahamiyatli ko’rsatkichlar tovar va muayyan
eksportchiga bog’liq bo’ladi. Eksport bozorlarini to’plash, baholash va ranglarga
ajratish tahliliy-baholash ishlarining keyingi bosqichiga o’tish imkonini beradi. U
tanlangan tovar bozorlarining asosiy ko’rsatkichlarini chuqur o’rganishga borib
taqaladi. Bu qatorga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorni segmentlash, tovar va
uning bozor salohiyatining solishtirma tavsifnomalari, iste’molchilar turlari va
ularning hohish-istaklari, raqobatchilarning xususiyatlari va bozorning firma
tuzilmasi, tanlangan bozorda ishlash usul va shakllari.
Bozor sub’yektlarining asosiy qismi xorijiy bozorlarni ketma-ketlikda, kaskad
usulida egallab olish taktikasiga amal qiladi. Bunda quyidagi sxemalarga rioya
qilinadi
1
:
• eng qulay mamlakat yoki mintaqani tanlash;
• ushbu bozorda bo’lish usulini aniqlash;
1
Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, методика, практика: учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2012. - 208 с.
85
• bozorga moslashtirilgan tovar va xizmatlar, ularning narxi bo’yicha tijorat
takliflarini aniqlash;
• tijorat siyosati, sotuv siyosati, kommunikatsiyalarni aniqlash va savdo
xodimlarini tanlash.
Xalqaro marketingda umumiy (jahon tovar bozori kon’yunkturasining ahvoli,
dunyodagi siyosiy vaziyat) va o’ziga xos (bojxona qoidalari, raqobat darajasi,
talabning o’ziga xosliklari, qonunchilikning tovar tavsifnomasiga qo’yuvchi talablari)
xarakterga ega bo’lgan, eksportchining tashqi bozordagi muvaffaqiyatini belgilab
berishi mumkin bo’lgan asosiy omillar yig’indisini kompleks hisobga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |