Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 


 
38 
 1.1-jadval 
Korxonaning xalqaro marketingga jalb qilinishi foydasiga  
xizmat qiluvchi dalillar
1
 
Rozi 
Qarshi 
1.  Xizmat  ko’rsatilayotgan  bozorlarning  o’sishi 
hisobiga foyda miqdorining o’sishi 
2.  Turli  xil  lokal  bozorlarda  talabning  o’zgarishini 
o’zaro 
kompensasiyalash 
hisobiga 
talabni 
barqarorlashtirish 
3.  Jami  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  chet  el 
bozorlarida sotiluvchi bir qator tovar nomenklaturasi 
pozisiyalarini oshirish hisobiga pasaytirish 
4.  Tovarning hayotiylik davrini oshirish 
5.  Tashqi iqtisodiy aloqalardagi tajribani oshirish 
6.  Firma yoki kompaniyaning nufuzini oshirish 
7.  Davlat 
tomonidan 
qo’llab-quvvatlanish 
imkoniyati 
1. Valyuta  kurslarini  prognozlashning 
qiyinligi 
2. Tashqi 
bozor 
kon’yunkturasi 
yomonlashishi 
3. Marketing 
dasturi 
xarajatlarining 
o’sishi 
4. Firma yoki kompaniya nufuzi, narx 
o’sishidan olinuvchi yutuqning bu 
o’sishga mos kelmasligi 
5. Davlat 
siyosatida 
eksportga 
munosabatning o’zgarishi 
6. Tashqi  savdo  davomida  muayyan 
ko’rashdagi mag’lubiyat 
 
Hozirgi  paytda  bozor  sub’yektlarining  xalqaro  bozorga  kirib  borishida 
ekspordan  tashqari  boshqa  usullar  ham  mavjud.  Eksport  shartnomasini  ikki  yoki 
undan  ortiq  mamlakatlarning  korxona  va  tashkilotlari  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv 
resurslarini birlashtirgan holda tuzishi mumkin.  
Bu holatda gap xalqaro konsorsium haqida xalqaro bozorlarga kirib borish usuli 
sifatida  bormoqda.  Ishlab  chiqarish,  ilmiy-tadqiqot,  loyiha-konstruktorlik,  injiniring, 
savdo,  moliya  va  sug’o’rta  kompaniyalari  konsorsium  ishtirokchilariga  aylanishi 
mumkin.  Konsorsiumga kiruvchi barcha bozor sub’yektlari o’z  mustaqilligini saqlab 
qoladi.  Konsorsium  buyurtmachi-eksportchi  oldida  barcha  ishtirokchilarning 
majburiyatlari  uchun  umumiy  javobgarlikni  o’z  bo’yniga  oladi.  Xalqaro 
konsorsiumlarni  tashkil  etish  xalqaro  shartnoma  aloqalarining  eng  moslashuvchan 
shakli  hisoblanadi.  Xalqaro  konsorsiumlar  aviakosmos  tarmog’ida  ilmiy-texnik 
hamkorlik sohasida hamda yirik sanoat ob’yektlari qurilishida keng tarqalgan. 
Korxonalarning  tashqi  bozorlarga  chiqishida  jahon  amaliyotida  qo’shma 
tadbirkorlik  usuli  ham  keng tarqalgan. Qo’shma tadbirkorlik turli davlat a’zolarining 
u  yoki  bu  sohada  qo’shma  faoliyatni  amalga  oshirish  jarayonidir.  Qo’shma 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:Дашков  и  Ко, 
2018 – 48c. 


 
39 
tadbirkorlikni  tashqi  iqtisodiy    faoliyatning  boshqa  turlaridan  ajratib  turuvchi  asosiy 
jihati  bu  xo’jalik  faoliyatini  boshqarishda  qo’shma  boshqaruvning  mavjudligidadir. 
Ma’lumki,  hamkorlar  ilmiy-texnik  salohiyati  bir  xil,  tanlangan  sohada  ITTKI 
o’tkazuvchi,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  kiritish  mo’ljallanayotgan  xalqaro 
bozorni  o’rganuvchi,  texnik  jihati  va  sifati  bo’yicha  ilgari  mustaqil  ishlab 
chiqaruvchilar  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlardan  ustun  bo’lgan 
korxonalarning qo’shma faoliyati uzoq muddatli va samarali bo’ladi. 
Xozirgi  paytda  quyidagi  kushma  tabdirkorlik  faoliyatining  turlari  mavjud: 
lizensiyalash,  pudrat  ishlab  chiqarish,  shartnoma  bo’yicha  shartnoma,  kushma 
faoliyat yuritish. 
Litsenziya  shaklidagi  qo’shma  korxonalar  ko’pincha  patentlar,  Litsenziyalar, 
texnologik  bilim  va  tajribalardan  birgalikda  foydalanish  uchun  tuziladi.  Bunday 
korxonalarning  yaratilishi  ixtirolarni  o’zlashtirish  muddatini  qisqartirish,  boshqa 
mamlakatlarning  bojxona  to’siqlari  va  valyuta  cheklovlarini  aylanib  o’tish,  yangi 
tovarlarni  chet  elda  ishlab  chiqarishni  tezroq  yo’lga  qo’yish  va  ularni  turli 
mamlakatlar  bozorlarida  sotishga  imkon  beradi.  Litsenziyali  qo’shma  korxonalar 
tuzish bir qator salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin bo’lib, bu Litsenziatning 
chet  el  texnologiyalariga  bog’lanib  qolishining  kuchayishida  namoyon  bo’ladi.  Bir 
qator  hollarda  esa  bu  milliy  ilmiy  tadqiqotlarning  to’xtatib  qo’yilishi  natijasida  yuz 
beradi, pirovardida mahalliy fan va texnikaning rivojlanishi sekinlashtiradi.  
Pudrat  ishlab  chiqarishi  xalqaro  tadbirkorlik  faoliyatining  shakllaridan  biri 
sifatida  so’nggi  yillarda  keng  tarqaldi.  U  avtomobilsozlik,  aviasozlik,  elektronika, 
stanoksozlik  kabi  tarmoqlarda  firmalararo  munosabatlarda  rivojlanmoqda.  Bunday 
qo’shma xalqaro faoliyat yurituvchi kompaniyalar pudrat shartnomasi imzolab, unga 
ko’ra  buyurtmachi  buyurtmani  bajarishning  chizma  va  modellarda  aks  ettirilgan 
texnik  shartlarini  ta’minlovchiga  taqdim  etish,  shuningdek,  unga  texnik  yordam 
ko’rsatishni  o’z  zimmasiga  oladi.  O’z  navbatida  ta’minlovchi  unga  buyurilgan 
mahsulotlarni  belgilangan  muddatda,  belgilangan  miqdorda  va  talab  qilinuvchi 
sifatlarda etkazib berish majburiyatini oladi. Pudrat shartnomasida etkazib beriluvchi 
mahsulot narxi qat’iy belgilab qo’yiladi.  


 
40 
Qo’shma  tadbirkorlik  faoliyatining  turlaridan  yana  biri  bu  shartnoma  bo’yicha 
boshqarishdir.  Mazkur  usul  tashqi  bozorga  chiqishda  eng  kam  xarajatlarga  yo’l 
qo’yilishi  va  faoliyat  boshidanoq  daromad  olinishini  ta’minlaydi.  Bu  usuldan 
dunyoning  turli  burchaklarida  o’z  mehmonxonalariga  ega  bo’lgan  «Xilton»  firmasi 
foydalanadi.  Firma  chet  ellik  hamkorlarga  boshqaruv  sohasida  nou-xauni  taqdim 
etadi, chet ellik hamkor esa kapital bilan ta’minlaydi. 
Birgalikda  egalik  qilish  korxonalari  turli  mamlakat  firmalarini  birlashtirish 
orqali tuziladi. Bunday korxonalarni yaratish shakllari quyidagicha bo’lishi mumkin: 
aksiyadorlik  kapitalini  ta’sischilar  o’rtasida  paritetlik  asosida  yoki  mamlakat 
qonunchiligida ko’rsatilgan nisbatlarda taqsimlashi, chet ellik firma tomonidan milliy 
firma aksiyalar paketini sotib olish  va  hokazo. Bunday qo’shma korxonalarni tuzish 
aniq  maqsadlarni  ko’zlaydi:  xo’jalik  faoliyatining  turlaridan  birida  hatti-harakatlarni 
birlashtirish,  imtiyozlarga  ega  bo’lish  va  mahalliy  bozordagi  ulushni  kegaytirish, 
korxona  joylashgan  mamlakatning  tabiiy  resurslaridan  foydalanish  va  hokazo.  Bu 
turdagi  korxonalar  rivojlangan  mamlakatlarda  ham,  rivojlanayotgan  davlatlarda  ham 
tuzilib, turli maqsadlarni ko’zlaydi.  
Xalqaro  qo’shma  tadbirkorlik  ishlab  chiqarish  profili  deyarli  bir  xil  bo’lgan 
firmalar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Yakuniy  mahsulot  ikki  usul  yordamida  ishlab 
chiqarilishi mumkin.
1
 
1.  Birinchi  usul  bo’yicha  qo’shma  faoliyatdagi  hamkorlar  o’rtasida    yakuniy 
mahsulot  komponentlarini  ishlab  chiqarishni  taqsimlab  olish  ko’zda  tutiladi.  Bunga 
misol qilib «Volvo» (Shvesiya), «Klekner-Gumbold-Doych» (Germaniya), «Seviem» 
(Fransiya)  va  «DAF»  (Niderlandiya)  kabi  firmalar  tomonidan  avtomobil  ishlab 
chiqarishni ko’rsatish mumkin. Ushbu firmalar ular o’rtasida tuzilgan shartnomalarga 
asosan  avtomobil  ishlab  chiqarishda  qo’shma  faoliyatga  o’z  hissalarini  qo’shadilar. 
Masalan, «Volvo» firmasi kabinalar uchun javob bersa, «Seviem» firmasi haydovchi 
uchun  qulaylik  yaratishni,  «Klekner-Gumbold-Doych»  esa  konstruksiyalarning 
ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. 
                                                
1
 
Аникеева-Науменко  Л.О.,  Пересветова  Е.Б.  Международный  маркетинг:  Учебное  пособие  для 
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. 44c.  


 
41 
2.  Yakuniy  mahsulot  ishlab  chiqarishning  ikkinchi  usuli  hamkorlarning  yanada 
jipsroq  ishlashi  va  kooperasiyasining  chuqurlashuvini  nazarda  tutadi.  Bu  holda 
moddiy  va  moliyaviy  resurslardan  tashqari  ishlab  chiqarish  apparati  ham 
birlashtiriladi,  murakkab  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  qo’shma  dastur  yaratiladi 
va  ITTKIni  amalga  oshirishda  hatti-harakatlar  birlashtiriladi.  Tuzilgan  qo’shma 
korxona mahsulot xaridori bilan asosiy shartnomani imzolaydi, so’ngra u buyurtmani 
ta’sischi  firmalar  o’rtasida  bajariluvchi  ishlar  hajmini  taqsimlaydi.  Ikkinchi  usul 
asosidagi  qo’shma  faoliyat  natijasida  Buyuk  Britaniya  va  Fransiya  ishtirokida 
«Konkord»  samoletlarini  ishlab  chiqarish  dasturi  tayyorlangan.  Bunda  ulardan 
tashqari «Aerospesiyal», «BAK», «Rolls-Roys» va «SNEKMA» kompaniyalari ham 
ishtirok etgan. 
Korxonalarning  tashqi  bozorga  chiqishida  keng  tarqalgan  usullardan  biri 
bevosita  investisiyalash,  yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  chet  elda  korxonaning 
sho’’ba  bo’limlarini  yaratishdir.  Bu  katta  miqdorda  investisiyalar  kiritishni  talab 
qilsada,  biroq  xom-ashyo  va  ishchi  kuchining  juda  arzonligi  sababli  qo’shimcha 
daromad  keltirishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  chet  elda  sho’’ba  korxonalari  tuzar 
ekan, firma o’z kapital qo’yilmalarini nazorat qilishi mumkin bo’ladi.  

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish