Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xalqaro marketing tamoyillari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
1.5. Xalqaro marketing tamoyillari 
 
Xalqaro marketingning asosiy tamoyili ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini 
chet  ellik  iste’molchilarning  haqiqiy  talab  va  istaklariga  yo’naltirishdir.  Bu 
tamoyildan bir qator talablar kelib chiqadi:
1
 
• 
xalqaro bozorni bilish, mazkur tovar(xizmat)ga talab dinamikasi va holatini 
har tomonlama o’rganish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va xo’jalik qarorlarini ishlab 
chiqish va qabul qilish jarayonida olingan ma’lumotlardan foydalanish; 
• 
korxona  faoliyati  samaradorligini  oshirish  uchun  ishlab  chiqarishni  bozor 
talablariga  maksimal  darajada  moslashtirish,  iste’molchilar  kutayotgan  tovarlarni, 
ya’ni sotilayotgan narsani ishlab chiqarish; 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:Дашков  и  Ко, 
2018 – 40c. 


 
31 
• 
bozor  va  iste’molchilar  talabiga  uni  korxona  uchun  zarur  yo’nalishda 
shakllantirish maqsadida barcha mumkin bo’lgan vositalar bilan ta’sir ko’rsatish; 
• 
korxonada  marketing  tadqiqotlari  natijasida  yuzaga  kelgan  texnik  va 
xo’jalik  muammolarini,  birinchi  navbatda  mahsulot  va  xizmatlar  sifatini  oshirish  va 
takomillashtirishga  oid  muammolarni  hal  qilishda  ijodiy  yondashuvni  rivojlantirish 
va rag’batlantirish; 
• 
tovarni  yakuniy  iste’molchini  qondiradigan  darajada  kerakli  joyga  kerakli 
miqdorda kerakli vaqtda etkazib berishni ta’minlash; 
• 
ilmiy  loyihalar,  ishlab  chiqarish,  sotish,  xizmat  ko’rsatish  –  barcha 
jarayonlarni maqsadli boshqarishni ta’minlash; 
• 
yangi,  ayniqsa,  o’z  sohasida  ilk  bor  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  bilan 
bozorga chiqishda kechikmaslik; 
• 
xalqaro  bozorni  iste’molchilarning  nisbatan  bir  xil  guruhlariga  taqsimlash 
(bozorni  segmentlash)  hamda  asosiy  e’tiborni  korxonaning  potensial  imkoniyatlari 
yuqori  bo’lgan  va  bozor  segmentining  o’ziga  xosliklarini  hisobga  olgan  holda 
mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’lgan segmentlarga qaratish; 
• 
bozorni eng yuqori sifatli va ishonchli tovarlar bilan egallab olish; 
• 
raqobatchilik  ko’rashida  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  sifati  va 
texnik darajasini  oshirish,  xaridorga  mahsulotga qo’shimcha ko’rsatiluvchi sifatli  va 
katta hajmdagi xizmat turlarini taklif qilish hisobiga ustunlikka ega bo’lish; 
• 
savdo  vositachilariga  texnik  muammolarni  hal  qilish  va  ularning 
xodimlarini o’qitish yo’li bilan yordam ko’rsatish; 
• 
marketing  strategiyasini  istiqbolga  yo’naltirish,  xalqaro  bozorni  egallab 
olish, savdo hajmini, ayniqsa, istiqbolli bozor sektorlarida kengaytirish bo’yicha aniq 
vazifalar qo’yish; 
• 
boshqaruvni  iloji  boricha  tovar  tamoyillari  asosida  tashkil  etish 
imkoniyatlarida  foydalanish,  bu  xodimlarning  ishlab  chiqarishni  boshqarish  va 
muayyan  mahsulot  turlarini  sotish  bo’yicha  yuqori  malaka  va  tajribaga  ega 
bo’lishariga  xizmat  qiladi  hamda  rahbariyatning  alohida  tovar  bozorlarida 
javobgarligini oshiradi. 


 
32 
Xalqaro  marketingda  asosiysi  –  maqsadli  yo’nalganlik  va  komplekslilik,  ya’ni 
tadbirkorlik,  xo’jalik,  ishlab  chiqarish  va  sotuv  faoliyatini  o’zaro  bog’liq  bo’lgan 
ketma-ketli  tizimga  birlashtirishdir.  Bu  marketing  faoliyatining  barcha  tarkibiy 
qismlarini  belgilangan  vaqt  davomida  barqaror  rentabelligini  ta’minlash  uchun 
birlashishini  anglatadi.  Xalqaro  marketing  tajribalaridan  ma’lumki,  ayrim  tarkibiy 
qismlardan, masalan, tovarni o’rganish yoki tovarni prognozlashdan tanlangan holda 
foydalanish  etarlicha  samara  bermaydi.  Faqat  kompleks  yondashuvgina  xalqaro 
bozorga o’z tovar va xizmatlari bilan muvaffaqiyatli kirib borishga imkon beradi. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish